Stilistik figuralar


Download 123.67 Kb.
bet1/12
Sana18.06.2023
Hajmi123.67 Kb.
#1562408
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
STILISTIK FIGURALAR1


STILISTIK FIGURALAR

Alliteratsiya
Misradosh so’zlarda bir xil undosh tovushlarning takror qo’llanishidan hosil bo’ladi .
Ko’zlarimdan ko’ra hayotni
Yelkalarim ko’ribdi ko’proq.
(Shavkat Rahmon)
Anafara
Faqat nutqning bezagi , tashqi belgisi bo’lib qolmay , balki ma’noni kuchaytirishga ham xizmat qiladi . Anafora yangilik o’ramidan iborat bo’lgan holda , fikrni taraqqiy ettira borishi asnosida ‘’eng yangi’’ning kelib chiqishiga xizmat qiladi. Yoki u ‘’eng yangi’’ga aloqador diqqat qaratilgan eng asosiy nuqta bo’lgani uchun ham takrorlanganligi kuzatiladi .
Yaxshiyam, bilaman yetti pushtimni,
Yaxshiyam, tug‘ildim ota yurtimda.
Yaxshiyam, bolalar sen deb gapirmas,
Yaxshiyam, rafiqam ko‘tarmas qadah.
Yaxshiyam , so’z o’ynab topmasdan boylik.
Yaxshiyam , bilaman halol mehnatni .
Yaxshiyam , bir kuni o’lsam do’stlarim
Karnay-surnay chalib , ichishmas aroq
(A’zam O’ktam , ‘’Yaxshiyam’’)

Allegoriya
Yunoncha so’z bo’lib , qochiriq , kesatiq degan ma’noni bildiradi. Bu trop ham so’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslanadi . Ijodkor mavhum tuchunchalar to’g’risida aniq tasavvur qilish niyatida uni biror xususiyati bilan yaqinlashtiradigan narsalar orqali tasvirlaydi . Mumtoz shoir Gulxaniyning ‘’Zarbulmasal’’ asari allegoriyaga asoslangan . Undagi ‘’Tuya bilan bo’taloq’’ , ‘’Toshbaqa bilan chayon ‘’ , ‘’Maymun bilan najjor’’ kabi masallardagi obrazlar allegorik xususiyatga ega . “Tuya bilan bo’taloq “ masalida erki o’zida bo’lmagan kishining fojiasiga , “Toshbaqa bilan chayon”da do’st tanlashda adashmaslik kerakligiga ishora qilinsa , “Maymun bilan najjor” masalida esa qo’lidan kelmagan ishga uringan kishi , albatta, sharmanda bo’ladi , degan fikrlar ifodalanadi .
Maqollarda allegoriya ko’plab uchraydi . Masalan , ko’rpangga qarab oyoq uzat , bo’yingga qarab to’n bich , men ne deyman , qo’bizim ne deydi kabilar .

Antifraza
Ironiyaning bir ko’rinishi bo’lib , biror shaxs yoki narsaga xos bo’lgan u yoki bu xususiyat kulgili intonatsiya bilan inkor qilinadi:

  1. Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynotasi ­_­­­­­­- Egamberdi paxtafurushning oldiga olib bordi . Paxtafurush cholning holiga ko’p achingan bo’ldi va yerni haydab olgani bitta emas ikkita ho’kiz berdi , lekin kichkinagina sharti bor . Bu shart kuzda ma’lum bo’ladi.

  2. Yashang! Xotiningiz ham kayfi oshsa xiqichoq tutib , xuddi o’zingizday juda shirin bo’lar ekan .

(Abdulla Qahhor)

Apostrofa
Bunda jonsiz narsa harakat qilmaydi , balki unga jonli narsadek murojaat qilinadi . Ya’ni bu o’rinda jonlantirilayotgan murojaat qilayotgan kishiga nisbatan nofaol holatda bo’ladi. Masalan ,
Qizg’aldog’im , qirdan bo’lak koshonang yo’q ,
Kokil yoysang yerdan bo’lak toshoynang yo’q .
O’ksib-o’ksib turganingda o’zim borib ,
Peshonangdan o’pay desam , peshonang yo’q…
.Qalbim uzra xilpirab tur , qizg’aldog’im,
Muhabbatdan bo’lak do’st-u devonang yo’q…
(Muhammad Yusuf )
Apostrafaning yana bir ko’rinishlaridan o’zi yo’q kishiga suhbatda ishtirok etayotgannday murojaat qilinadi .

Download 123.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling