Stilistik figuralar


Download 123.67 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi123.67 Kb.
#1562408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
STILISTIK FIGURALAR1

Gradatsiya
(lotincha gradation – asta-sekin balandlatishi , kuchaytirishi) nutq parchalaridan birining ikkinchisi ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy vosita bo’lib , nutqning emotsional ohangini kuchaytiradi .
Bormi senga bizim kabi insonlar ,
Ikki yuzli ishbuzarlar shaytonlar ,
O’rtoq qonin qonmay ichgan zuluklar,
Qardosh etin qo’ymay yegan qoplonlar.
So’z yoki bir xil shakldagi so’z birikmalarini takrorlash intonatsion gradatsiyani vujudga keltiradi .
Turma – yugur , tinma- tirish , bukilma-yuksal,
Hurkma-kurash , qo’rqma- yopish , yo’rilma- qo’zg’al.
Yel yo’lini to’sib turgan eski bulutlarni
Yondirib qo’y , yertib tashla ,barchasin yo’q et .
Qilolmasang shu ishlarni!
Sening uchun xo’rlikdir bu…
Yiqil , yo’qol , ket !”
(A.Fitrat “O’gut”)

Gradatsiya
Bu so’z lotin tilidan olingan bo’lib zinapoya (ifodalilikning o’sib borishi yoki tushib ketishi ) ma’nosini bildiradi . Gradatsiya narsa , belgi , xususiyat , harakatni bir-biridan kuchliroq yoki kuchsizroq ma’no ottenkali sinonimlar va so’zlar vositasida kuchaytirib yoki pasaytirib boorish orqali tasvirlashdir. Bunda ta’sirchanlik birin-ketin kuchayib yoki pasayib boradi . Agar ta’sirchanlik kuchayib borsa klimans , pasayib borsa antiklimans bo’ladi . Masalan ,
KLIMANS :
Nido bergin qaydasan ? Sharpangga quloq tutdim .
Sirli tushlar ko’rib men , bor dunyoni unutdim .
Tongda turib yo’lingga ushbu she’rimni bitdim .
Dildagi ohim mening , birinchi muhabbatim
Yolg’iz Ollohim mening , birinchi muhabbatim .
(Abdulla Oripov)
ANTIKLIMANS:
Bu nigoh uning oromini buzar , yurak-bag’rini ezar, dadasining yoniga qaytgisi, bo’ynidan quchoqlagasi ,unga yaxshi-yaxshi gaplarni aytgisi kelardi .
(Saida Zunnunova)


Download 123.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling