Stilistik figuralar
Download 123.67 Kb.
|
STILISTIK FIGURALAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- ‘’tong yaqin, tong
- Ritorik so’roq
Boshin qo’yib , tuproq yuziga ,
Sel quyadi bo’g’ot tagida Shumshaygancha mudrar musicha Ko’zlarini mahkan yumvolib, Cho’miladi shoxida g’uncha. (Tursunoy Sodiqova) Simvol Qadimgi greklarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birlarini bilishlari uchun qo’llangan shartli belgi. Hayotiy voqea tushuncha va narsalarning ifodasi uchun so’zlarni ma’lum ravishda ko’chma ma’noda ishlatishga simvol deyiladi. Ko’chma ma’noda ishlatilgan ko’chma nom qandaydir bir xususiyati bilan ma’lum hayotiy voqea va tushunchalarni eslatib turishi kerak. Masalan , tong quvnoqlik , yoshlik , baxt ramzi. G’ofur G’ulomda tong – g’alaba ramzi. U “Sen yetim emassan’’ sh’erida ‘’tong yaqin, tong yaqin , oppoq tong yaqin’’ deb g’alaba yaqinligiga ishonishga chaqiradi. Hayotda simvol ko’p ishlatiladi. O’zbekiston gerbidagi humo qushi – baxt ramzi. Olimpiadadagi besh halqa – beshta qit’a ramzi. Non – to’qchilik ramzi va hakozo. Ironiya Yunoncha so’z bo’lib , bilmaganga olish degan ma’noni bildiradi. Bu tropda muallif voqeani bamaylixotir, liddiy holda hikoya qiladi, ammo so’zlarni o’z ma’nosiga nisbatan qarama- qarshi ma’noda ishlatadi. Bu bilan o’zining biror kishi yoki hodisa ustidan ustunligini ko’rsatadi. Ironiya shunday tropki, sirtdan qaraganda , so’zlovchi jiddiy gapirayotganga o’xshaydi, ammo uning tagida kesatiq, piching, yashirin kulgi yotadi. Uyg’un va Izzat Sultonning ‘’Alisher Navoiy” navoiy xizmatkorga nisbatan shunday deydi: “Qo’rqma! (uzukni olib tomosha qiladi) qimmatbaho uzuk. Katta xizmatlar evaziga mukofot qilib bersa, arziydigan uzuk. Ma! Qo’qon shahrida o’zining duoxon va tabibligi bilan ma’ruf va mashhur bo’lib, ko’p bemorlarni osongina tinchitib qo’yadigan “cho’loq domla” biroz fursat ishni yig’ishtirib qo’ygan edi. ( Abdulla Qahhor) Ritorik so’roq Nutqda ifodalangan fikrni so’roq shaklida tasdiqlaydi va javob talab qilmaydi. Chunki ritorik so’roqqa murojaat etishdan maqsad javob olish emas, balki tinglovchilarni fikrlash jarayoniga jalb etish, notiq bilan birgalikda ko’tarilgan muommolarga xayolan javob izlashga undashdir. Bu o’z navbatida, bir tomondan, tinglovchi diqqatini faollashtirishga, ikkinchi tomondan esa, nutqning ohangini kuchaytirishga yordam beradi. Notiq savol-javob shaklidan, undov da’vatlaridan mohirona foydalana bilsa, auditoriyada nafaqat hamfikrlilikni uyg’ata oladi, balki uni o’z tuyg’ulariga sherik qiladi. “Rus va jahon adabiyoti klassiklaridan qaysi biri o’qib bo’lmaydigan kitob yozgan? Bularning dunyoni zabt qilganlariga birdan-bir sabab – kitoblarining o’qishli bo’lganligi emasmi?” Download 123.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling