Stilistik figuralar
Download 123.67 Kb.
|
STILISTIK FIGURALAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- “O’tinamen… yalinamen… qochmangiz, qaytingiz!”; “Yutdim butun qayg’ularning, motamlarning og’usin”
- Bir juft qaro koʻz
Tavtologiya
Tavtologiya (aynan bir ta’rif yoki so’zning boshqa so’zlar bilan takrorlash)ga yo’l qo’yilishi notiqning so’zlardan noo’rin foydalanishi, tilining kambag’alligi yoki fikrini aniq ifoda etish malakasining ozligidan dalolat beradi. Ammo tajribali notiq tavtologiyani nutqning ta’sirchanligini oshirish, ifodaliligini kuchaytirish vositasiga aylantira olishi mumkin. Taniqli tilshunos olim A.Potebnya bu borada shunday deydi: “ Bir so’zning o’zini nutqda chuqurlashtirishi yangi ob’ektiv yoki sub’ektiv ma’no beradi”. Masalan, “O’tinamen… yalinamen… qochmangiz, qaytingiz!”; “Yutdim butun qayg’ularning, motamlarning og’usin” (Fitrat); “Tentak bermay tentakka to’rin, qurimadi tentakning sho’rin” (Erkin Vohidov). Tavtologiya xalq maqol va matallarida ma’noni kuchaytirish vositasi sifatida ko’p uchraydi. Tazmin Tazmin (“bir narsani ikkinchi narsa orasiga qo’ymoq”) she’rga o’zga bir shoir asaridan biron misra, bir yoki bir necha bayt kiritish san’atidir. Tazmin uchun olingan misra she’rning mazmunini ochishda uning oxirgi nuqtasi bo’lishi ham mumkin. Iqbol Mirzo “ Muqaddima” she’rida oxirida ko’chirma misra keltiradi, keyin uning ma’no va mohiyatiga mos misralarda semantic, shuningdek, kompazitsion butunlikni ta’minlaydigan so’zlarga murojaat qiladi. Ko’ngil qushdek uchti havoga yengil, Aylona-aylona alingga tushti Man kashang istarman, man gulxandadir, O’zim har joydaman ko’nglim sandadur. (Iqbol Mirzo) Sinekdoxa . Sinekdoxada narsalarning butun va qismlari orasidagi munosabat nazarda tutiladi bunda butun oʻrnida qismi va aksincha qism o’rnidabutunning nomi ishlatiladi. Misollar : Bir juft qaro koʻz dardida Mashrab devoni boʻldi , Shu jodu deb oʻz yurtidan Farhod begona boʻldi ( Tursunoy Sodiqova) Talabaning vazifasi ustozining soʻzini yerda qoldirmaslik. Besh qoʻlini ogʻziga tuman yil Respublikamizda gʻalladan moʻl hosil yetishtirildi . Birinchi misolda qismning nomi butun o’rnida , ikkinchi misolda butunning nomi qism o’rnida ishlatilgan. Epifora misralar oxirida ayni bir elementning takrorlanishidan iborat stilistik figuradir. Badiiy nutqni yanada ohangli, ifodali bayon etish uchun qoʻllaniladi. Koʻpincha sheʼriy asarlarda uchrab oʻzaro qofiyadosh , ohangdosh soʻzlarning yoki bir xildagi tovush va tushunchalarning takroriy asosida vujudga keladi. Epifora misralarda kelish oʻrniga koʻra anaforaga zid tushuncha hisoblanadi. Shuningdek, so’z shakllari asosida o’yinlarni turli shaklda tasvirlashga qaratilgan epiforalar oʻziga xos oʻringa ega : Barmoqlarning bilam nozik Labing , ey bokiram, nozik Yurakda bor yaram nozik- Bu ham inoyatdir manga (Iqbol Mirzo “Barmoqlaring“) Talmeh Talmeh (nazar solmoq) she’r yoki nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqolalarga ishora qilmoq san’atidir. Ushbu sanʼat asosida yaratilgan she’rlarda tarixiy hodisalar maʼlum bir maqsadni ko’zga tutib eslanadi. Ertaga Ust-boshini qoqib Er To’nga , Tulporiga urar egar-jabdugʻini Ertaga Ketamiz ermakka, Quyoshga talpingan titroq go’dakka’ Jilmayib qaraydi Solih Qoshg’ariy. Download 123.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling