Stilistik figuralar
Do’stlar , yaxshilarni avaylab saqlang ! Salom
Download 123.67 Kb.
|
STILISTIK FIGURALAR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olam zimiston , Men tong bilan turdim , menga Borliq nurafshon . (Erkin Vohidov) Anafora
- Birga
Do’stlar , yaxshilarni avaylab saqlang !
Salom degan so’zning salmog’in saqlang ! O’lganda toz soat ishlab turgandan – Uni tirigida bir soat yo’qlang! (Maqsud Shayxzoda) Antiteza(tazod) Grekcha so’z bo’lib , qarama-qarshi qo’yish ma’nosini bildiradi . Antitezadan ifodalilikni kuchaytirish uchun , qarama-qarshi tushunchalarni , fikr , obraz , narsalarni , shaxslarning harakterlarini qiyoslash yoki bir xil narsa – hodisalarning daraja jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlash uchun foydalaniladi. Ikki qarama-qarshi holat , belgi yoki xususiyat esa biri ikkinchisini inkor etadi . Masalan , Sen kech turding , lanjsan , senga Olam zimiston , Men tong bilan turdim , menga Borliq nurafshon . (Erkin Vohidov) Anafora Yuqoriga ko’tarilish degan ma’noni bildiradi . Bunga har bir misra , abzas va gap boshida bir xil , takrorlanuvchi konstruktsiyalar ishlatiladi . Bular so’z , so’z birikmasi , gap shaklida bo’lishi mumkin . Masalan , Birga tug’ilmoq bor , birga turmoq yo’q. U alla aytmasa , tonglar otmaydi , U alla aytmasa , quyosh botmaydi , U alla aytmasa , dillarning g’ashin Kulgilar yuvmaydi va yo’qotmaydi . (Saida Zunnunova) Assonans Assonans ham takrorning hosil bo’lishida katta ahamiaytga ega . U talaffuzi yaqin unlilarning takrorlanishi natijasida yuzaga keladi . Assonans nafis , larzakor tuyg’ularning satrlariga “singishi”ga yordam beradi . Bu she’rga ohangdoshlik baxsh etadi . A’zam O’ktam she’rlarida assonansga ham misollar toppish mumkin : O’ylar kelaver bosib paydar-pay , O’zimdan o’tganin bilaman o’zim . (A’zam O’ktam “Nazorat”she’ridan ) Allegoriya (grekcha allos – o’zga va agocheio- gapiraman ) biror mavhum tushuncha yoki fikrni konkret narsa yoki hodisa orqali ifodalash . Nutqda allegoriyalardan foydalanishning bir qator yutuqli tomonlari bor . Avvalo , allegoriya notiqqa tinglovchi bilan ochiq ziddiyatga bormaslikka yordam beradi . O’zbek xalqida “Qizim senga aytaman , kelinim sen eshit ” degan ibora bor . Bejiz aytilmagan , zero kishiga aybini ochiq aytish uning hamiyatiga tegishi , natijada to’g’ri gapni ham qabul qilmasligi mumkin . Ikkinchidan , aksariyat allegoric obrazlarning kelib chiqishi xalqning madaniy an’analari , urf-odatlari , mentaliteti bilan bog’liq . Download 123.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling