Stomatologiya propedevtikasi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Emal (enamelum). Emal tishning toj qismini qoplab turadi. 
Emalning qalinligi tishning hamma yerida bir xil emas. Tishning 
bo‘yin sohasida emalning qalinligi 0, 01 mm, chaynov yuzasida 
1,62-3,5 mm. Emalning qattiqligi asosan mineral tuzlarga boyligi 
bilan vakristallamingjoylashishi bilan ta’minlanadi. Qattiqlikjihatidan
Tishlarning gistologik tuzilishi
Tish qattiq va yumshoq qismlardan tuzilgan b o iib , qattiq 
to‘qimalariga emal, dentin va sement kirsa, yumshoq to‘qimalariga 
pulpa va periodont kiradi.


emal kvars va appatit o ‘rtasida turadi. Emalda mineralli tuzlar 
miqdori 96% ni tashkil qiladi. Anorganik moddalaming ko‘p qismini 
kalsiy karbonat va kalsiy fosfat tuzlari tashkil qiladi. Kalsiy ftor 
birikmasi 4% ni tashkil qiladi. Organik moddalarga mukoproteid va 
oqsillar kirib, ular 3,5% ni tashkil qiladi. Emalning yuzasi yupqa 
strukturasiz b o ig an organik qobiq - kutikula (nasmit parda) bilan 
qoplangan b o iib , keyinchalik yo‘qolib ketadi va faqat tishning toj 
qismining kontakt yuzalarida saqlanib qoladi. Bu parda tishning 
bo‘yin qismida milk epiteliysi bilan tutashib ketadi va epitelial birikma 
deb nomlanadi. Emalning asosiy strukturali elementi emal prizmalari 
hisoblanadi. Emal prizmalari dentin - emal birikmasidan boshlanib,
43-rasm. Emalning tuzilishi: 1- emal prizmasi;2 - emal prizmasi membranasi
S simon buraladi, keyinchalik radial yo ‘nalib tishning toj qismida 
tugaydi. Emalning yo‘g‘onligi 3-6 mkm, bo‘yi esa buralmalar hosil 
qilgani sababli butun emalning qalinligidan oshadi. Emal prizmalari 
cho'ziq b o iib , 5-6 qirralik tuzilmadir. Ushbu prizmalarning 10-20


tasi radial joylashgan emal tutamlarini hosil qiladi. Har bir emal 
prizmalar orasida kamroq ohaklangan, yelimlovchi organik ipsimon 
to‘r joylashadi. Ushbu to ‘r oralig‘ida esa mineral tuzlar kristallari 
joylashadi. Elektron mikroskopik kuzatishlarga qaraganda emal 
prizmalari ko‘ndalang kesimda arkadasimon shaklga egadir, ya’ni 
ular «qulf teshigi»ni eslatadi. Uning uzunchoq dum qismi pastroqda 
joylashgan pri
2
malarining yo‘g‘on qismlari orasidajoylashgan. Emal 
prizm alari va prizm alar oraliqlari q at’iy tartibda y o ‘nalgan 
gidroksiappatit kristallaridan tashkil topgan, ulaming uzunligi 50- 
100 nm ni tashkil qiladi. Emal prizmalarining markaziy qismlardagi 
kristallar prizmaning b o‘ylami o ‘qiga parallel joylashadi, prizma 
qirg‘og‘ida esa 45-50° burchak ostida b oiadi. Emal prizmalarining 
yo‘nalishi murakkab b o iib , bo ‘ylama kesimda emalning to‘q va 
och rangdagi dentin - emal birikmasiga parallel y o ila r kuzatiladi. 
Ushbu y o ila r Shreger y o ila ri deb ataladi. Emalning ko‘ndalang 
kesimidagi ingichka qiyshiq chiziqlar esa Retsius chiziqlari deb 
ataladi. Bu chiziqlar ohaklanish davri bilan bogiangan, uning 
kengayishi emal hosil bo‘hshidabujarayonning o‘ta sekin borishidan 
dalolat beradi. Emal tarkibida kristallik suv (1 % ni tashkil qiladi) 
kristallaming ichki gidrat qobig‘ini yaratadi va o ‘z ichida organik 
va anorganik moddalami saqlab, «emal limfa»sini hosil qiladi. 
Emalning organik qismida aminokislotalardan - gistidin, arginin, 
glitsin, lizin, sistin, nordon mukopolisaharidlar, lipidlar va ishqoriy 
fosfotazalar mavjud.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling