Stomatologiya propedevtikasi


Tish pulpasi (pulpa dentis)


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

Tish pulpasi (pulpa dentis)
Tish pulpasi tishning yumshoq to‘qimasi b o iib , tish bo‘shlig‘i 
va ildiz kanallarida joylashadi. Pulpa shartli ravishda ikki qismga: 
toj va ildiz qismlarga b oiinadi. Toj pulpasi siyrak biriktiruvchi 
to ‘qim ada nafis tur hosil qiluvchi kollagen va prekollagen 
tolalardan, ko‘p xil hujayra elementlaridan tuzilgan. Elastik tolalar 
qo‘pol, bo ‘ylama qon-tomir va nerv tolalariga parallel joylashgan 
kollagen va prekollagen (argirofil) tolalardan tuzilgan. Hujayra 
e le m en tlarin i ta rk ib ig a qarab p u lp ad a p e rife rik o raliq -
subodontoblastik va markaziy qavatlarga b o iin ad i. Pulpaning 
p e rife rik q av ati b ir n ech a q a to r n o k sim o n h u ja y ra la ri -
odontoblastlardan tashkil topgan. Odontoblastlarning uzunligi 30 
mkm dan, eni esa 6 mkm dan oshmaydi. Uning sitoplazmasi mayda 
donador, bazofil bo‘lib, yadrosi hujayraning bazal qismida joylashgan. 
Bu hujayralar o ‘z funksiyasiga k o ia osteoblastlarga o‘xshab ketadi.
Odontoblastning apikal yuzasidan chiqqan o‘simtalari (toj iplari) 
dentin kanalchalariga kirib ketadi. Odontoblast hujayralarida 
ohaklanish jaray o n id a ishtiro k etuvchi ishqoriy fosfotaza,
46-rasm. Pulpaning tuzilishi: 1 - dentin; 2 - odontoblastning dentin 
о ‘simtasi; 3 - dentinning asosiy moddasi; - odontoblastlar;5
 -
gistiotsitlar; 
6 —fibroblastlar;
7— 
vena; 8 - arteriya ; 9 - adventitsial hujayralar;
10 — nerv tolasi; 11
 -
endotelial hujayralar


o‘simtalarida esa mukopolisaharidlar aniqlangan. Periferik qavatda 
odontoblastlardan tashqari prekollagen tolalar ham uchraydi. Bu 
tolalar hujayralar orasidan o ‘tib, dentinga kiradi va dentinning 
kollagen tolalariga qo ‘ shilib ketadi. Oraliq - subodontoblastik qavat 
prekollagen tolalardan va mayda kambial hujayralardan tashkil 
topganboiib, bu hujayralar takomillashib odontoblastlarga aylanadi. 
Pulpaning markaziy qavati siyrak joylashgan biriktiruvchi to‘qima 
hujayralari, tolalar va qon tomirlaridan iborat. Hujayra elementlari- 
fibroblastlar, gistotsit va makrofaglar b o iib , ularning orasida esa 
kollagen va argirofil tolalar joylashgan. Preodontoblastlarga 
aylanuvchi mayda, yulduzsimon, bir-biri bilan kalta о‘simtalari bilan 
b o g ianu vch i va pulpaning kambial elem entlari hisoblangan, 
takomillashmagan hujayralar aniqlanadi. Fibroblastlar - bu ko‘k 
o‘simtali, bazofil sitoplazmali, xromatin saqlovchi oval yadroli hujayra 
hisoblanadi. Ulaming o‘simtalari bir-biri bilan bogianib fibrozli hosila 
(sintitsiy)ni hosil qiladi. Y a llig ia n ish jarayonida (pulpitda) 
fibroblastlar yalligianish o ‘chog‘ini ajratuvchi fibroz kapsulani 
h o sil q ilis h d a is h tiro k q ila d i. G is tio ts itla r p u lp an in g
yalligianishidaharakatgakelib, fagotsitoz xususiyati ga ega b o iib
qoladi va makrofaglarga aylanadi. Undan tashqari yalligianish 
jarayonida gistiotsitlar fibroblastlardan, endotelial va advetitsiv 
hujayralardan transformatsiya qilib, himoya funksiyasini bajaradi. 
Pulpaning oziqlanishi ildiz cho‘qqisidan va qo ‘shimcha ildiz 
kanallardan tishga kiruvchi qon tomirlar hisobiga amalga oshiriladi. 
Undan tashqari periodontdan tishga kiruvchi qo‘shimcha qon 
tomirlari ham bor. Arteriya tarmoqlari venalar bilan yonma-yon 
joylashadi, ko‘p holda anostomozlar hosil qilishadi. Nerv tutamida 
uch-shoxlik nervning miyelin va nomiyelin tolalari mavjud. Nerv 
tolalari vegetativ nerv sistemasining simpatik va parasimpatik 
qismlaii bilan yaqin tutashgani aniqlangan. Limfa - pulpaning mayda 
limfa tomirlaridan boshlanib, jag ‘ osti va dahan osti limfa tugunlariga 
oqadi.



Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling