Stomatologiya propedevtikasi


-rasnu Dentin kaitalclialarining tuzilishi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

45-rasnu Dentin kaitalclialarining tuzilishi: 1 - odontoblastlarning dentin 
о 'simtasi;2- odontoblastning dentin о 'simtasi anastomozi;3- dentin suyuqligi 
bilan soha;4- dentin kanalchasi atrof dentini;5- kanalchalararo dentin
1) Tashqi - emal va sementga yopishib joylashgan, tishga 
nisbatan radial yo‘nalgan tolalar - korf tolalari qismi;
2) Tangensial ham da k o ‘ndalang ketgan tolalar - ebner 
tolalaridan iborat oraliq qism;
3) Tangensial yo‘nalgan tolalardan tashkil topgan keng ichki 
qism.
Tashqi va oraliq qismlar yopqich dentin, deb ataladi. Elektron 
mikroskopda dentin tolalarida ko‘ndalang chiziqlar borligi aniqlangan. 
Odontoblastlar va dentin orasida predentin, y a’ni ohaklanmagan 
dentin qatlami yotadi. Dentin predentin qatlamlariga trikalsiy fosfat 
va gidroksiappatit tuzlarining cho‘kishi hisobiga o ‘sadi. Tuzlaming 
ayrim miqdori dentinga periodont va sement orqali ham o ‘tishi 
mumkin. Keksalarda, ayrim patologik jarayonlarda mineral tuzlar 
nafaqat dentinning asosiy moddasida, balki dentin kanalchalarida 
ham kuzatiladi. Kesimda ular och rangli radial chiziqlar bo‘lib 
k o ‘rinadi. Bunday dentin tiniq, deb ataladi. Tish pulpasining


odontoblastlar qatlami zararlanganda, dentin nayehalari to ‘q 
qoramtir rangda b o iad i. Tish rivojlanish jarayonida hosil b o ig an
dentin birlamchi dentin deyiladi. Tish o ‘sib chiqqandan so‘ng, 
pulpaning fiziologik faoliyati mahsuli b o iib rivojlangan dentin 
ikkilam chi (o iin b o s a r) dentin deb nom lanadi. Tish qattiq 
to‘qimalarining patologiyasida (kariyes, tishlar yemirilishi va h.k.) 
pulpaning himoya funksiyasi hisobiga strukturaviy o ‘zgargan 
uchlamchi (irregulator) dentin kuzatiladi.
Tish sementi (cementum). Sement tishning ildiz va bo ‘yin 
qism larida dentinning tashqi yuzasini qoplab turgan qattiq 
to‘qimadir. Sement dentin singari qattiq bo‘lmasada,kimyoviytarkibi 
jihatidan suyakka yaqin turadi, uning 30% ini organik, 70% ini 
anorganik birikmalar tashkil qiladi. Gistologik jihatdan birlamchi va 
ikkilamchi sement mavjud. Birlamchi (hujayrasiz) sement kollagen 
tolalar va amorf yopishqoq moddadan iborat b o iib , uning radial 
tolalari periodont orqali tish joylashgan alveolar suyakka teshib 
kiruvchi sharpey tolalarini hosil qiladi. Bu kollagen tolalaming ichki 
qismi dentinning radial yo'nalgan kollagen tolalari bilan tutashadi. 
Hujayrali yoki ikkilamchi sement tishning cho‘qqisi va ildiz oraligi 
bilan trifurkatsiya sohalarida joylashib, birlamchi sementning ustini 
qoplab turadi. Ikkilamchi sement sementotsit hujayralardan va 
asosiy moddadan tashkil topgan. Hujayrali sementda kollagen tolalar 
betartib joylashadi va shu sababli dag‘al tolali suyakni eslatadi. 
Lekin suyakdan qon tomirlarining boim asligi bilan farqlanadi. 
Sement periodontda joylashgan tomirlardan diffuz y o ii orqali 
oziqlanadi. Dentin kanalchalari bilan sementotsit hujayralarining 
o ‘siqlari o ita sid a anostomozlar b o iib , ular muhim ahamiyatga 
egadir. P u lp a n in g qon b ila n t a ’m in ia n ish i b u z ilg a n d a
(yalligianganda, pulpa olib tashlanganda yoki tish kanallari 
plombalanganda) ushbu anostomozlar orqali dentinning oziqlanishi 
ta’minlanadi. Ayrim patologik holatlarda tishning ildiz qismida haddan 
tashqari k o ‘p m iqdorda sem ent hosil b o ia d i, bunday holat 
gipersementoz deb ataladi.



Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling