Stomatologiya propedevtikasi


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

48-rasm. Periodont
elementlariga fibroblast, (bulutsimon) 
bog ‘lamlari
semiz va plazmatik huj ayralar, gistiotsit,
sementoblast, osteoblast hamda tish hosil qiluvchi epiteliy qoldiqlari 
kiradi. Periodontning hujayra elementlari uchun yuqori modda 
almashinuvi darajasi xosdir. Jumladan, hujayralarning ferment 
sistemasining faollik darajasi periodontal yoriqning turli joy larida 
tu rlic h a . M asalan , sem en t va a lv e o la r suy ak y a q in id a g i 
hujayralaridagi ferment sistemasining faolligi yuqori hamda ular 
birinchi b o iib chaynov bosimini o ‘zgartiradi. Yoshi ulg‘aygan sari 
periodont strukturasida turli o ‘zgarishlar kuzatiladi. Ushbu 
o‘zgarishlar nafaqat tolalarda, balki hujayra elementlarida ham 
kuzatiladi. Ushbu o ‘zgarishlar quyidagi uchta davr mobaynida 
rivojlanadi:
I davrga (20-24 yosh) periodontning rivojlanishi va shakllanishi, 
kollagen tolalaming yakuniy yo‘nalishi (oriyentatsiyasi) va yetilishi 
xosdir.
II davrga (25-40 yosh) periodontning tuzilishi turg‘unligi xos.
III davrda (40 yoshdan keyin) - periodontda destruktiv 
o ‘zgarishlar, kollagen tolalaming buzilishlari, ulaming tinktorial 
xususiyatlarining o‘zgarishlari - argirofil tolalar kabi kumush bilan 
impregnatsiyalanishi kuzatiladi. Tolalaming destruktiv o ‘zgarishlari 
ko‘proq tishning bo‘yin sohalarida, alveolar suyak bilan ildiz sementi


orasidagi tolalarda esa kamroq kuzatiladi. Lekin yoshi ulg‘aygan 
sari ushbu tolalarda ham o ‘zgarishlar keehadi - alveolar suyagiga 
teshib kiruvchi Sharpey tolalari dag‘allashadi va qalinlashadi. Ayrim 
mualliflaming aytishicha, periodontning zich to‘qimasida elastik 
tolalaryo‘q, siyrakbiriktiruvchito‘qimadaqontomir va nerv tolalar 
yaqinida bu tolalar kam m iqdorda uchraydi. Periodontning 
xususiyatlaridan bittasi - bu oksitalan tolalar mavjudligidir. Oksitalan 
tolalar kislotalarga nisbatan turg‘un b o iib , ko‘proq tishning bo‘yin 
va periapikal sohalarida uchraydi. Oksitalan tolalar elastik tolalami 
eslatadi. Muhimi shundaki, yuqori funksional bosim koiaruvchi 
tishlar periodontda oksitalan tolalaming hajmi va miqdori ko‘payadi. 
Oksitalan fibrillali kollagen tolalar orasida zich tumi hosil qilib, qon 
tomirlar bilan ulanib turadi. Periodont yaxshi oziqlanadi. Qon bilan 
ta’minlash ikki guruh arteriyalari hisobiga bajariladi: xususiy tish 
va alveolalararo arteriyalar. Periodontning qon tomirlari milk va 
pulpa tomirlari bilan anostomozlanadi. Periodontda ko‘p miqdorda 
limfatik kapillarlar bor. Limfa tomirlari ildiz sohasi bo‘ylab yo‘naladi 
va chuqur joylashgan milkning va tish pulpasini limfatik tomirlari 
bilan anostomozlashadi. Periodontning limfasi ja g ‘ osti, iyakosti, 
limfa tugunlariga qo‘yiladi. Ildiz cho‘qqisi sohasidagi periodontning 
innervatsiyasi uch-shoxlik nervni tish chigallari hosil qiluvchi periferik 
tarmoqlari, o‘rta va bo‘yin sohasida esa milk va alveolaning alveolar 
to‘siqlaridan suyak devorini teshib o ‘tgan nerv tolalari hisobiga 
amalga oshiriladi. Periodontda turli shakldagi sezuvchi nerv oxirlari 
(sirtmoq, klubok, kustik va h.k.) - reseptorlar hisobiga chaynov 
bosimining reflektor regulatsiyasi amalga oshiriladi. Periodont -
murakkab tuzilgan to‘qimalar majmuasi b o iib , tish-jag‘ tizimining 
ayrilmas qismi hisoblanadi va quyidagi vazifalami bajaradi:
1. Tayanch ushlab tumvchi;
2. Bosim tarqatuvchi;
3. Plastik;
4.Trolik;
5. Sensor;


6. Barer yoki himoya.
Periodontning tayanch - ushlab turuvchi funksiyasi tolalar 
hisobiga amalga oshiriladi. Chunki periodont alveolar katakda turli 
yo‘nalgan tolalar yordamida tishni ushlab turadi. Fibrozli tolalar, 
yonbosh anostomozlar va ildizning cho‘qqi sohasida ko‘p bo‘lgan 
siyrak biriktiruvchi to‘qima hisobiga periodont bosimni taqsimlash 
x ususiyatiga ega. U ndan tashqari p erio do n t 60% to ‘qim a 
suyuqligidan tomirlardagi qon va limfa bo‘lgani sababli gidravlik 
sistema kabi chaynov bosimini alveola suyak devoriga barobar 
taqsimlab beradi. Periodontning plastik funksiyasi undagi hujayra

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling