Stomatologiya propedevtikasi


-rasm. Tishning bog'lov apparati


Download 7.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/114
Sana20.09.2023
Hajmi7.85 Mb.
#1682149
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
Bog'liq
terapevtik stomatologiya

49-rasm. Tishning bog'lov apparati: a - aylanma bog'lam; b - tish-milk 
tolalari tutami;d- tishlar am tolalar tutami
elementlariga b ogiiq boiadi. Jumladan, sementotsitlar - ikkilamchi 
sement, osteoblastlar esa suyak to ‘qimasining hosil b o iishida 
qatnashadi. Yaxshi rivojlangan qon tomir va nervlar hisobiga 
periodontning trofik vazifasi bajariladi. Bunda ildiz sementi hamda 
alveolaning kompakt plastinkasining oziqlanishi ta’minlanadi. 
Periodontning sensor vazifasi nerv oxirlari hisobiga amalga oshiriladi. 
Undan tashqari periodont tishning chiqishida, almashishida va 
shakllanishida qatnashadi. Periodontning himoya funksiyasi hisobiga 
organizm turli zararli omillardan (mikrob, toksin, dorilar va h.k.) 
ehtiyot qismini, ushbu zararliklarga to‘siq hosil b o iish i bilan


tavsiflanadi. Shunday qilib, periodont funksiyalari turlicha b o iib , 
tish va uning to ‘qimalari, parodont va butun organizm uchun 
ahamiyatli hisoblanadi.
50-rasm. Ildiz cho‘qqiperiodontining tuzilishi:A - ko'ndalang kesim. 
B-bo ‘ylama kesim. 1-alveolar suyak;2 - kortikal plastinka;3- alveolar aro 
to ‘siq qon-tomirlari;4-periodontning kollagen tolalari;5 - ildiz sementi;6~ildiz 
dentini; 7-ildizning donador dentin qavati;8-predentin;9-pulpa oldi 
dentin; 10- odontoblastlar; 11 - qon-tomir-nerv tutami; 12-ildiz uchi atrof 
periodonti; 13- arteriya; 14—vena; 15—nerv;16~ildizning qo ‘shimcha qon-tomir-
nerv kanalchalari


Parodont
Parodont - murakkab anatomik tuzilma b o iib , milk, periodont, 
alveolar suyak, suyak usti pardasi, ildiz sementi kabi to‘qimalardan 
tuzilgan. Parodont to‘qimalari funksional va genetikjihatdan butun 
boiib, bir-biri bilan innervatsiya va qon bilan ta’minianishi umumiy 
manbalardan amalga oshiriladi. Parodontning har bir qismini 
atroflicha ta’riflash lozim.
M ilk erkin va birikkan qism lardan iborat. Erkin qismini 
tishlararo s o i g i c h va milk jiyagi - qirg‘oqli milk tashkil qiladi. 
Birikkan m ilk alveolar suyak pardasiga yopishgan b o ia d i. 
Tishning bo‘yin qismida unga aylanma boylam tolalari qo‘shilib, 
boshqa tolalar bilan ham qalin membranani tashkil qiladi. Tish 
yuzasi va milk jiyagi orasida 1,0-1,5 mm chuqurlikda b o ig an
egatcha (jelebok) hosil b o iad i. Milkning birikkan qismi jiyak 
qismining davomi b o iib , u o ‘tuvchi burmagacha davom etadi. 
0 ‘tuvchi burmaga yaqin b o ig an joyi nutqda va ovqatlanganda 
muskullar hisobiga qimirlaydi. Milk egatchasi emal kutikulasiga 
birikib ketgan epiteliy bilan qoplanadi. Me’yorda milk egatchasini 
tubi emal - sem ent birikm asi sohasida jo y lash ad i va yosh 
ulg‘ayishi bilan chuqurlashadi. Gistologik jihatdan milk ko ‘p 
qavatli yassi epiteliy, shaxsiy va shilliq osti qavatdan tuzilgan. 
Milk epiteliysi bazal, tikanaksimon va donador qavatlardan iborat. 
Donador qavat tarkibida keratogialin donalari mavjud. Bazal qavati 
RNK ga boy b o iis h i isbotlangan. M ilk epiteliysi m e’yorda 
muguzlanadi va shu bilan birga tashqi noxush ta’sirlardan (mexanik, 
haroratli va kimyoviy) himoyalaydi. K o‘p qavatli yassi epiteliy 
h u ja y ra la ri o r a l i g id a g i y o p ish q o q m o d d a ta rk ib id a g i 
glukozaminoglikanlar, milkka mikrob va ulaming toksinlari kirishidan 
himoya qiladi. Nordon glukozaminoglikanlar yuqori molekular 
murakkab birikmahisoblanib, biriktiruvchi to‘qimalami oziqlantirish, 
qayta tiklash va o ‘stirish vazifalarini bajaradi. Milk epiteliysida 
glikogen oz miqdorda b o iib , u tikanaksimon qavat hujayralarida 
joylashgan. Yalligianishjarayoni rivojlanganda glikogen miqdori 
oshib ketadi. Alveolar suyak to ‘qimasi zich va g ‘ovaksimon 
moddadan tashkil topgan. Zich qismi alveolar o ‘sig‘ining ustki


qismini tashkil etib, suyak plastinkasi, osteonlar turkumidan iborat 
juda pishiq to‘qimadir. Zich qismining ichi g‘ovaksimon bo‘lib, suyak 
to‘siqlari va kanalchalardan iborat. Kanalchalarda sariyog‘-y o g ii 
suyak ijigi bor, ulardan qon limfa va nerv tolalari o'tadi. Alveolar 
suyak to ‘qimasi tanadagi boshqa suyaklardan farq qilmaydi. 
Tarkibida 60-70% mineral tuzlar, 30-38% organik moddalar va kam 
miqdorda suv bor. Mineral tuzlarining asosi kalsiy va fosfor b oisa, 
organik m oddalar kollagendir. Suyak to ‘qimasi hujayralari -
osteotsit, osteoblast va osteoklastlardir.
Parodontning vazifalari:
1. Trofik vazifasi asosan yaxshi rivojlangan qon va limfa kapillar, 
nerv oxirlari hisobiga amalga oshiriladi;
2. Tayanch - ushlab turuvchi vazifasi periodont, m ilk va 
alveolar o‘simtaning murakkab bogiam apparati, ayniqsa, alveolar 
devori va ildiz sementi orasidagi kollagen tolalar hisobiga amalga 
oshiriladi;
3. A m o rtiz a tsiy a lo v c h i v a z ifa si g ‘o v ak b irik tiru v c h i 
to‘qimaning gidravlik yo‘stig‘i b o iish i qon va limfa tomirlarining 
turi va to‘qima suyuqligi hisobiga amalga oshiriladi.
Himoya vazifasi parodont to ‘qimalarining morfologik butunligi, 
milkning epiteliy qoplamining himoyalash xususiyati bo im ish
muguzlanish jarayoni, fagotsitozni ta’minlab turuvchi hujayra 
e le m e n tla ri, ferm en t va b io lo g ik aktiv m o d d ala r hajm i, 
leykotsitlaming o g iz suyuqligiga emigratsiyasi hisobiga amalga 
oshiriladi. Plastik vazifasi - blast hujayralari va transkapillar 
almashinuvining faollashishi hisobiga amalga oshiriladi. Sezuv 
(reflektor) vazifasi tish tjatorini, parodont va shilliq pardaning 
butunligi, ozuqa xususiyatiga b o g iiq b o ig a n chaynov bosimini 
ta’minlab beruvchi murakkab nerv-reseptor apparati hisobiga 
amalga oshiriladi.

Download 7.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling