Sulfatlar sinfi minerallari
Download 50.02 Kb.
|
Sulfatlar sinfi minerallari
Labrador — Izomorf aralashmasi: An—50— 70%, A1 — 50—30% dan iborat. Qattiqligi —5—6, solishtirma og‘irligi —2—7 g/sm3. SHishasimon, sadafsimon yaltiroq. Rangi to‘q, kulrang yashil, qora jigarrang, chizig‘i rangsiz. Ulanish yuzasi juda mukammal. Ulanish yuzalaridan nur o‘tib, biri ikkinchisi bilan qo‘llaniladi va tovlanib ko‘rinadi. Triklin singoniyali, labradorlarga kislotalar ta’sir etmaydi. Labrador magmatik gidrotermal, metamorfik jarayonlar natijasida kelib chiqadi. U asosan asosli magmatik tog‘ jinslari (gabbro, bazalt, ba’zan diorit)ning tarkibiga kiradi. Labrador rangi va yaltirashi chiroyli bo‘lgani uchun imoratlarni va haykallarni bezashda ishlatiladi.
41. Nefelin — Na [A1 SiO4], uzluksiz to‘qimali bo‘lgan silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi—5—6, solishtirma og‘irligi—2,6 g/sm3. SHishasimon va moysimon yaltiroq, rangsiz, oq, kulrang, chizig‘i rangsiz, ulanish yuzasi yo‘q. Geksagonal singoniyali. Nefelin mo‘rt, noto‘g‘ri sinishlar beradi. Xlorid va sulfat kislotalarda eriydi. Kelib chiqishi: nefelin magmatik tog‘ jinsi, u natriy oksidiga boy. Kremnizyomi kam boltan magmadan hosil bo‘ladi. Nefelin sienit, fonolit, pegmatitlarning tarkibida ko‘p uchraydi. Nefelin ishqorli magmatik tor jinslari hosil qiluvchi mineraldir. Uning tarkibida kaliy bo‘lganligidan apatitli nefelindan qishloq xo‘jaligida o‘rig‘ olishda ishlati-ladi. Bundan tashqari, nefelin oyna sanoatida qo‘shimchasiz yashil rangli shisha va oynalarni tayyorlashda, chinni olishda, emal ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. 42. Pirit — temir kolchedani —FeS2 yoki sulfidlar sodda oltingugurtli birikmalar sinfiga kiradi, qattiqligi —6—6,5, solishtirma og‘irligi —4,9— 5,2 g/sm3. Metallsimon yaltiroq. Rangi latunsimon sariq, oltinsimon sariq, chizig‘inipg rangi och yashil-qora, ulanish yuzasi juda noaniq, kub singoniyali. Pirit mo‘rt, chig‘anoqsimon sinishlar hosil qiladi, elektr tokini kuchsiz o‘tkazadi. Pirit nordon va asosli magmalardan, issiq suv eritmalari sovishidan kvars tomirlarida hosil bo‘ladi. Bulardan tashqari, pirit cho‘kindidi jinslar orasida va metamorfik jarayonlar natijasidan kelib chiqadi. Piritdan oltin, kumush, kobalt va boshqa elementlar olinadi. 43. Kvars — SiO2, oksidlar sinfiga kiradi. Qatttiqligi—7, solishtirma og‘irligi—2,6—2,7 g/sm3. SHishasimon yaltiroq, rangi oq, bipafsha, yashil, pushti, kora, chiziq bermaydi. Ulanishi yo‘q. Geksagonal singoniyali. Uning turlari: tog‘ xrustali — rangsiz tiniq, ametist — binafsha rangli, tiniq; morion— rangi qora, tipiq emas, xira; prazem — yashil rangli; rauxtonaz — tutun rangli kvars. Kvars chig‘anoqsimon sinadi, yarim qimmatbaho toshlardir. Kvars nordon magma jinslarining va issiq suv eritmalarning sovishidan tomirlarda paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, metamorfizm va gipergen ustki jarayonlari natijasida kelib chiqadi. Kvars minerali granit, granodiorit, kvarsli porfir, linart, andezin va boshqa magmatik jinslarniig tarkibiy qismini tashkil qiladi. Kvars texnika va ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Tog‘ xrustali optik priborlar, kimyo va fizika laboratoriyalari uchun har xil idishlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Tiniq kvarslardan ishlangan pezokvars plastinkalar ra-diotexnikada muhim rol o‘ynaydi. Kvars oyna sanoatida oyna tayyorlashda, chinni zavodlarida, har xil xrustal idishlar yasashda, o‘tga chidamli rishtlar tayyorlashda ishlatiladi. Kvars qumining qo‘mir kukuni bilan aralashmasini elektr pechkada eritishdan korborund olinadi. Korborund qattiq bo‘lib, parmalashda, jilolash va boshqa sohalarda qo‘llaniladi. Tiniq va rangli kvarslar tog‘ xrustali — ametist va tutun rangli kvars (dыmchatыy kvars) qimmatbaho hisoblanib, zargarlikda ishlatiladi. 44. Xalsedon — SiO2, oksidlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —5—7, solishtirma og‘irligi —2,5 g/sm3. Xira va mumsimon yaltiroq. Rangi oq, sariq, havorang, chiziq bermaydi. Ulanishi yo‘q, amorf. Xalsedon turlari: agat, konsentriq yo‘l-yo‘l xalsedon; yashma, har xil yo‘l-yo‘l rangli, opal, loy, kremniy va boshqa aralashmali bo‘ladi. Xalsedon yarim tiniq, ftor kislotasida parchalanadi. Er po‘stining yuqori qavatlarida gidrotermal, vulkan jarayonlaridan kelib chiqadi. YAshma metamorfizm jarayoni natijasida hosil bo‘ladi. U metamorfik jinslar orasida uchraydi. YAshma va agat dekorativ material bo‘lib, ulardan priborlar, hovoncha, prizmalar va zargarlikda boshqa narsalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Agat yarim qimmatbaho toshdir. 45. Olivin— (Mg,Fe) SiO4, ortosilikatlar sinfiga kiradi, qattiqligi —7, solishtirma og‘irligi — 3,1—3,3 g/sm3. SHishasimon yaltiroq. Rangi och yashil, sarg‘ish, qora, chizig‘i rangsiz, ulanish yuzasi bo‘lmaydi. Romboedr singoniyali. Olivin chig‘anoqsimon sinadi, xlorid kislotada eriydi. Olivin magmatik mineral bo‘lib, asosli magmatik tog‘ jinslarning ko‘p qismini tashkil qiladi. Fosterit va fayalit degan olivin xillari asosli magmalarning ohaktoshlar bilan chegarasi, ya’ni kontaktida ham paydo bo‘ladi. Olivinning xrizolit degan shaffof xili qimmatbaho toshdir. Olivinning boshqa turlari esa tor jinslarini hosil qiluvchi mineraldir. 46. Ortoklaz — K [A1Si3O8], kremniy kislorod molekulasining uzluksiz to‘qimasi bo‘lgan silikatlar sinfiga kiradi. Qattiqligi —6—6,5, solishtirma og‘irligi—2,54—2,59 g/sm2. SHishasimon va sadafsimon yaltiroq. Kulrang, och pushti, sarg‘ish kulrang, chizig‘ining rangi oq, o‘lanishi aniq. Monoklin singoniyali. Ortoklaz mineralining turlari: adulyar — rangsiz, tiniq; oytosh rangsiz, tiniq, oy nurini eslatadi. Ortoklaz magmatik mineral bo‘lib, nordon, o‘rta nordon magmatik tog‘ jinslaridan — granit, granodiorit, kvarsli, diorit; effuziv jinslardan: liparit, andezin, tarxit tarkibidagi mineraldir. 47. Download 50.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling