Surunkali pielonefrit
Simptomlari va klinik kechishi
Download 279.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Surunkali pielonefrit
Simptomlari va klinik kechishi. Surunkali pielonefrit buyrakning oraliq
to‘qimasida sust kechuvchi yallig‘lanish jarayoni tufayli yillab noaniq klinik simptomlar bilan kechishi mumkin. Surunkali pielonefritning namoyon bo‘lishi ko‘p jihatdan buyrakdagi yallig‘lanish jarayonining faolligi, tarqalganligi va bosqichiga bog‘liq. Surunkali pielonefrit klinik belgilarining har xil darajada ifodalanishi va birga qo‘shilishi ularning ko‘p sonli variantlarini hosil qiladi. Bundan chiqdi, kasallikning boshlang‘ich bosqichida buyrakda yallig‘lanish jarayoni cheklangan vaqtda (yallig‘lanishning yashirin davri) kasallikning klinik simptomlari bo‘lmaydi va faqat siydikda leykotsitlar soni bir oz ko‘payadi (ko‘pincha 1 ml siydikda 6x10 3 dan 15x10 3 gacha ) va ular orasida faol leykotsitlar borligi pielonefritdan dalolat beradi. Surunkali pielonefrit bo‘lgan bolalarning ota– onalarini faqat qattiq turib so‘rab–surishtirgandan keyin bolada siygan vaqtda qisqa muddatli og‘riq, tana haroratining ko‘tarilganligi, charchash bo‘lganligini aniqlashga ba’zan muyassar bo‘linadi. Ko‘p hollarda siydik sindromining tasodifiy aniqlanish muddati kasallikning boshlanishi sifatida qaraladi. Ko‘pincha bunday bolalarni tekshirganda urodinamikaning anchagina buzilganligi aniqlanadi. Surunkali pielonefritning bunday yashirin kechishi bolalar uchun xosdir, shuning uchun siydik sindromi aniqlanishining barcha hollarida bunday bolani har tomonlama urologik tekshirishdan o‘tkazish shart. Surunkali pielonefritning boshlang‘ich bosqichida yallig‘lanishning faol fazasi engil loxaslik, ishtaxaning pasayishi, tez charchash, ertalablari bosh og‘rig‘i va adinamiya bilan, bel sohasida kuchsiz simillovchi og‘riqlar, engil qaltirash, terining oqarishi, leykotsituriya (1ml siydikda leykotsitlar 25x10 3 dan ko‘p), faol leykotsitlar va bir qancha hollarda siydikda SHterngeymer–Malbin hujayralari, bakteriuriya (1 ml siydikda 10 5 va undan ko‘p mikroorganizmlar), ECHT va antibakterial antitelolar titrining ko‘tarilishi subfebrilitet bilan namoyon bo‘ladi. Pielonefritning ancha kechki bosqichida nafaqat faol va yashirin fazalari, balki tuzalish (remissiya) fazasi ham umumiy holsizlik, tez charchash, mehnat qobiliyatining pasayishi, ishtahaning yo‘qolishi bilan kuzatiladi. Bemorlar ayniqsa ertalablari og‘izda yoqimsiz ta’m, epigastral sohada bosuvchi og‘riq, najas o‘zgarganligi, meteorizm, bel sohasida to‘mtoq simillovchi og‘riq borligini ta’kidlaydi, odatda ular bunga ahamiyat bermaydi. Buyraklar funksiyasining pasayishi chanqashlik, og‘izning qurishi, nikturiya va poliuriyaga olib keladi. Teri quruq, oqargan, sariq–kul rang tusda bo‘ladi. Surunkali pielonefritning ko‘pincha bo‘ladigan simptomlari anemiya va arterial gipertenziya hisoblanadi. Bir oz jisminiy zo‘riqish vaqtida hansirash ko‘pincha anemiya sababli paydo bo‘ladi. Sistolik bosim o‘rtacha 170–180 mm.sim.ust. bo‘lganda diastolik bosimning yuqori bo‘lishi (110 mm.sim. ust.dan baland) va gipotenziv davo deyarli samara bermasligi surunkali pielonefrit tufayli kelib chiqqan arterial gipertenziya uchun xarakterlidir. Agar pielonefritning boshlangich bosqichida 10–15% bemorlarda arterial gipertenziya kuzatilsa, kechki bosqichida esa 40–50% da kuzatiladi. Download 279.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling