Surunkali pielonefrit


Surunkali pielonefritda davolash muntazam ravishda va uzoq muddatli


Download 279.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi279.15 Kb.
#1791664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Surunkali pielonefrit

Surunkali pielonefritda davolash muntazam ravishda va uzoq muddatli 
(kamida 1 yil) bo‘lishi kerak. Dastlabki uzluksiz antibakterial davolash kursi 6–8 
hafta. Bu muddat ichida buyrakdagi infeksiya agentini bosishga va chandiqli 
biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishini oldini olish uchun yiringli yallig‘lanish 
jarayonini asoratsiz bartaraf qilishga erishish kerak. Buyrakning surunkali 
etishmovchiligi bor bo‘lganda nefrotoksik antibakterial preparatlarni ularning 
doimiy farmakokinetikasi (qonda va siydikda konsentratsiyasi) nazorati ostida 
buyurish kerak. Immunitetning gumoral va hujayra tarkibiy qismlarining 
ko‘rsatgichlari kamayganda immunitetni oshiruvchi har xil preparatlar – dekaris, 
taktivin qo‘llaniladi. 
Bemorda kasallikning remissiya bosqichiga erishilgandan keyin antibakterial 
davolashni orada tanaffus qilish kursi bilan davom ettiriladi. Antibakterial 
davolashda gavdaffus muddatini buyrakning zararlanish darajasiga va kasallik 
qaytalanishining birinchi belgilari boshlanish vaqti, ya’ni yallig‘lanish jarayonining 
yashirin davri simptomlari paydo bo‘lishiga qarab belgilanadi. 


Bolalarda dorilar bilan davolashning bir qancha kursi (dozasini hisoblash 
bola gavdasining massasidan kelib chiqib belgilanadi) 1,5–12 oy va undan ko‘p 
muddat davomida, qo‘llaniladigan antibakterial dorilarni har 10–12 kunda 
(mikrofloralarning sezgirligini hisobga olib) majburiy almashtirish bilan uzluksiz 
amalga oshiriladi. Makroorganizmning himoya xarakteridagi spetsifik immun 
reaktivligini oshirish maqsadida antibakterial terapiya autovaksina, bakteriofag va 
stafilokokkli anatoksin bilan birga qo‘shib o‘tkaziladi. Davolashning davom etishi 
buyrak parenximasining infeksiyalanish muddatiga, yallig‘lanish jarayonining 
faolligiga, operativ tuzatish samarasi va buyrak funksiyasining buzilish darajasiga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarga antibakterial 
davolashning takroriy kurslari ularda kasallikning qaytalanishi belgilari paydo 
bo‘lishiga taxmin qilingungacha, shuning bilan birga uzoq vaqt davomida doimo 
remissiya davri saqlanishi uchun 3–5 kun oldin boshlash zarur. 
Antibakterial davolashning takroriy kurslari, ularga oldin kasallikning 
qo‘zg‘atuvchilari sezgirligi aniqlangan preparatlar bilan 8–10 kundan o‘tkaziladi, 
chunki yallig‘lanishning yashirin va remissiya fazalarida bakteriuriya bo‘lmaydi. 
Antibakterial dorilarni qabul qilish o‘rtasidagi tanaffusda bir kunda 2–4 
stakandan klyukvadan qilingan mors, diuretik va antiseptik xususiyatga ega bo‘lgan 
o‘tlardan tayyorlangan damlama, natriy benzonat (kuniga 0,5g dan 4 marta 
ichiladi), metionin (kuniga 1g dan 4 marta ichiladi) buyuriladi. Natriy benzonat va 
klyukvadan qilingan mors metionin bilan birga jigarda gippur kislotaning sintezini 
oshiradi, u siydik bilan ajralganda pielonefritning qo‘zg‘atuvchilariga kuchli 
bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadi. Agar infeksiya antibakterial preparatlarga chidamli 
bo‘lsa, unda siydikning reaksiyasini kuchli kislotali qilish maqsadida davolash 
uchun katta dozada metionin (kuniga 1g dan 6 marta ichiladi) qo‘llaniladi. 
Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarda nospetsifik immunologik 
reaktivlikning stimulyatori sifatida metiluratsil (kuniga 1g dan 4 marta ichiladi) 
yoki pentoksil (kuniga 0,3g dan 4 marta ichiladi) har oyda 10–15 kun qo‘llaniladi. 
Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarni sanatoriya–kurortlarda (Truskovets, 
Jeleznovodsk, Djermuke, Sairme va b.)davolash mumkin. Kuchsiz minerallangan 


suvlar diurezni kuchaytirib, buyraklar va siydik yo‘llaridan yallig‘lanish 
maxsulotlarining ajralishiga yordam beradi. Bemor umumiy ahvolining 
yaxshilanishi dam olish, bolneologik omillar ta’siri, balchiq bilan davolash, 
mineral suvlarni qabul qilish, to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Bunday sharoitda 
buyraklar va siydik yo‘llari, jigar, me’da–ichak yo‘li, organizmdagi boshqa a’zolar 
va tizimlarning funksiyalari yaxshilanadi, bu surunkali pielonefritning kechishiga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuni unutmaslik kerakki, surunkali pielonefrit bo‘lgan 
bemorlarni faqat qat’iy izchillik bilan ketma–ket kasalxonada, poliklinikada va 
kurortlarda davolash yaxshi natija beradi. SHu sababli surunkali pielonefrit bo‘lgan 
bemorlar yallig‘lanishning yashirin fazasida, bemorni uzoq muddat kuzatgan 
davolovchi shifokor tavsiya etgan antibakterial davolashni kurort sharoitida sxema 
bo‘yicha davom ettirishi kerak. 

Download 279.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling