Surunkali pielonefrit


Download 279.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana21.11.2023
Hajmi279.15 Kb.
#1791664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Surunkali pielonefrit

Tashxisi. Surunkali pielonefritning tashxisida anamnezni to‘g‘ri yig‘ish 
muhim rol o‘ynaydi. Bemorlarning yoshligida buyraklar va siydik yo‘llarining 
kasalliklari bo‘lganligini qattiq turib aniqlash kerak. Ayollarda homladorlik vaqtida 
yoki tuqqandan keyin tezda o‘tkir pielonefritning yoki o‘tkir sistitning xuruji 
bo‘lganligiga ahamiyat berish lozim. Erkaklarda umurtqa pog‘onasi, siydik 
chiqarish kanali, qovuq va siydik – tanosil a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarini 
boshdan kechirganligiga alohida e’tibor qaratish kerak. 
Bundan tashqari pielonefritning paydo bo‘lishiga moyillik tug‘diruvchi 
omillar (buyraklar va siydik yo‘llarining anomaliyalari, siydik – tosh kasalligi, 
nefroptoz, qandli diabet, prostata bezi adenomasi va b.) ni ham aniqlash kerak. 
Surunkali pielonefritning tashxisida laborator, rentgen va radioizotop 
tekshirish usullari katta ahamiyatga ega.
Leykotsituriya surunkali pielonefritning eng muhim va ko‘p uchraydigan 
simptomlaridan biridir. Lekin pielonefritda siydikning umumiy tahlili 
yallig‘lanishning yashirin davrini aniqlashda unchalik etarli emas. Umumiy 
tahlilning noaniqligi shundan iboratki, bunda sentrifuga qilingandan keyin cho‘kma 
ustida qoladigan siydik soni, tekshirish uchun olingan siydik tomchisi va qoplama 
oynaning o‘lchamlari qat’iy hisobga olinmaydi. Surunkali pielonefritning yashirin 
davrida bemorlarning salkam yarmida siydikning umumiy tahlilida leykotsituriya 
aniqlanmaydi. SHu sababli surunkali pielonefrit borligiga shubxa bo‘lganda 
leykotsituriyani Kakovskiy–Addis (sutkalik siydikda leykotsitlar soni), Ambyurje 
(1daq.da ajraladigan leykotsitlar soni), Almeyda–Nechiporenko (1ml siydikdagi 
leykotsitlar soni), Stensfilda–Vebba (sentrifugalanmagan 1ml siydikdagi 


leykotsitlar soni) usullari bilan aniqlashga to‘g‘ri keladi. YUqorida ko‘rsatilgan 
usullardan eng anig‘i Kakovskiy–Addis usuli hisoblanadi, chunki bunda tekshirish 
uchun siydik uzoq vaqt oraligida yig‘iladi. Lekin, soxta ijobiy natijalardan saqlanish 
uchun siydikni ikkita idishga yig‘ish kerak: bittasiga siydikning birinchi qismi 
(porsiyasi) (har siyganda 30–40 ml dan), ikkinchisiga esa qolgan siydik yig‘iladi. 
Birinchi porsiya siydikda, siydik chiqarish kanalining yuvilishi hisobiga leykotsitlar 
ko‘p miqdorda bo‘ladi, uni faqat ajralgan siydikning umumiy sonini hisoblash 
uchun ishlatiladi. Ikkinchi idishdagi siydikni tekshirish qovuqdan yoki buyrakdan 
kelib chiqqan leykotsituriyani aniqlash imkonini beradi. 
Agar shifokor bemorda surunkali pielonefritning tuzalishi (remissiya)ga 
shubha qilsa, provokatsiyali testlar (prednizalonli yoki pirogenalli) qo‘llaniladi. 
Prednizolon yoki pirogenal yuborilganda yallig‘lanish o‘choqidan leykotsitlarni 
chiqarib, bemorda surunkali pielonefritni qo‘zg‘aydi. Prednizolon yoki pirogenalni 
yuborgandan keyin leykotsituriyaning paydo bo‘lishi surunkali pielonefrit 
borligidan dalolat beradi. Agar siydikda faol leykotsitlar bilan birga 
SHterngeymer–Malbin hujayralari ham topilsa, bu sinama ayniqsa ishonchli 
bo‘ladi. 
Surunkali pielonefritda siydik osmotik konsentratsiyasining kamayishi (400 
mosm/l dan kam) va endogen kreatinin klirensi ko‘rsatkichining pasayishi (80 
ml/daq.dan past) ham tashxislashda ahamiyatga ega. Kasallikning erta 
bosqichlarida ko‘pincha buyrakning konsentratsiyalash qobiliyati kamayishi 
mumkin. U qon – kanalchalar yo‘nalishida kanalchalarning distal bo‘limida 
osmotik gradientni ushlab turish qobiliyatining buzilganligi to‘g‘risida guvohlik 
beradi. Kanalchalar sekretsiyasining pasayishi ham surunkali pielonefritning erta 
simptomiday hisoblanadi.
Immunologik reaktivlikni baxolash, proteinuriyaning xususiyatlarini 
o‘rganish va antibakterial antitelolar titrini aniqlash usullari muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi vaqtda immun reaktivlikni immunitetning hujayralar va gumoral omillarini 
aniqlashni nazarda tutadigan kompleks usullar yordamida baxolanadi. Hujayrali 
usullaridan eng ko‘p tarqalgani periferik qonda immunokompetent hujayralar 


sonini va ularning funksional jihatdan yaxshi sifatli ekanligini aniqlash usullari eng 
ko‘p tarqalgan. Immunokompetent hujayralar soni rozetka (to‘pbarg) hosil qilish 
reaksiyasida aniqlanadi, shu bilan birga uning har xil modifikatsiyalari timusga 
bog‘liq, timusga bog‘liq bo‘lmagan va nol deb ataladigan immunokompetent 
hujayralar sonini aniqlashga imkon beradi. Periferik qonda limfotsitlarning 
blasttransformatsiya reaksiyasini o‘tkazganda immunotsitlarning funksional 
jihatdan yaxshi sifatli ekanligi to‘g‘risida ma’lumot olinadi. 
Immunologik reaktivlikning gumoral omillari qonda har xil turdagi 
immunoglobulinlar – A.G,M,D va E, izogemagglyutininlar titrlarini, antibakterial, 
buyrakka qarshi va sitotoksik antitelolar darajasini to‘laroq xarakterlaydi. 
Sistoskopiya qovuqning shilliq qavatidagi o‘zgarishlarni aniqlamaydi. 
Xromotsistoskopiya salkam 50% bemorlarda indigokarmin ajralishining har xil 
darajada sekinlashishi va siydikning indigokarmin bilan bo‘yalish intensivligining 
kamayishini aniqlashga imkon beradi. Pielonefritning oxirgi bosqichlarida 
siydikning indigokarmin bilan bo‘yalishi sal–pal ko‘rinadi va uni vena ichiga 
yuborgandan 12–15daq.dan keyin ko‘rinadi.
Surunkali pielonefritning tashxisida rentgenologik tekshirish usullari muhim 
rol o‘ynaydi. Kasallikning asosiy rentgenologik simptomlari quyidagilar: 1) 
buyraklarning kattaligi va konturining o‘zgarishi; 2) rentgenkontrast moddani 
buyraklardan ajralishining buzilishi; 3) renal – kortikal indeksning patologik 
ko‘rsatgichlari; 4) kosacha–jom tizimining deformatsiyasi; 5) Xodson simptomi; 6) 
buyrak angioarxitektonikasining o‘zgarishi. 
Surunkali 
pielonefritda 
umumiy 
rentgenogrammada 
buyraklardan 
birortasining kattaligi kichrayganligi, zararlangan buyrak zichligi soyasining 
ko‘rinarli oshganligi va o‘qining vertikal joylashganligi topiladi. 
Har xil modifikatsiyadagi ekskretor urografiya surunkali pielonefrit rentgen 
tashxisining asosiy usullari hisoblanadi. Surunkali pielonefritning rentgenologik 
ko‘rinishi polimorfizm va asimmetrik o‘zgarishlar bo‘lishi bilan farq qilib, ular 
infiltrativ–yallig‘lanish va chandiqli–sklerotik jarayonlarning o‘zaro munosabatiga 
bog‘liq. 


Surunkali pielonefrit uchun buyraklarning asimmetrik zararlanishi va ular 
funksiyasining pasayishi xos bo‘lib, rentgenkontrast modda yuborilgandan keyin 
dastlabki muddatlarida (1,3,5 daq.dan keyin) va muddati uzaytirilgan (40 daq, 1 va 
1,5 s dan keyin) ekskretor urogrammalarda aniqroq ko‘rinadi. Kechiktirilgan 
urogrammalarda ko‘proq zararlangan buyrakdan, rentgenokontrast moddaning 
uning kengaygan kanalchalarda ushlanib qolishi natijasida sekin ajralishi 
aniqlanadi. 
Surunkali pielonefritning infiltrativ jarayonlar ustun bo‘lgan I bosqichida, 
rentgenogrammada kosachalarning surilganligi, ularning bo‘yinchalari va jomning 
spazmi topiladi. Spazmlar 20–30sek. davom etganligi sababli, ularni ko‘pincha 
ekskretor urografiyaga qaraganda urokinematografiya ma’lumotlari bo‘yicha 
aniqlanadi. 
Pielonefritning chandiqli–sklerotik o‘zgarishlar rivojlangan II bosqichida, 
kosachalar, jom va siydik nayi yuqori uchdan bir qismining tonusi pasayishi
ularning bir oz kengayishi ko‘rinishida va bel mushaklari qirrasi simptomi (jom va 
siydik nayining bel mushaklari qirrasiga tegib turadigan joyida ular konturining bir 
tekisda yassilanishi kuzatiladi) paydo bo‘ladi. 
Kosachalarning har xil deformatsiyalari kuzatiladi: ular qo‘ziqorinsimon, 
to‘g‘nog‘ichsimon shaklga ega bo‘ladi, siljiydi, ularning bo‘yinchasi uzayadi va 
torayadi, so‘rg‘ichlari tekislanadi. 
Surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarning taxminan 30% da Xodson 
simptomi aniqlanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, ekskretor yoki retrograd 
pielogrammada, pielonefrit oqibatida o‘zgargan buyrakda so‘rg‘ichlarni 
tutashtiruvchi chiziq keskin egri–bugri bo‘ladi, chunki u parenximaning chandiqli 
o‘zgargan joylarida buyrak yuzasiga yaqinlashadi va to‘qimaning ko‘proq 
saqlangan joylarida undan uzoqlashadi. Sog‘lom buyrakda bu chiziq bir tekisda 
qavariq bo‘lib buyrakning tashqi konturiga parallel joylashadi. 
Surunkali pielonefritda retrograd pielografiya buyrakning ayniqsa kasalxona 
(gospital) shtammli bakteriyalar bilan infeksiyalanish xavfi borligi tufayli juda 
kam qo‘llaniladi. 


Surunkali pielonefritning o‘ziga xos rentgenologik belgilari 6.5– rasmda 
sxema ravishda ko‘rsatilgan. 
6.5

rasm. Surunkali pielonefritning rentgenologik belgilari. 
1–kosachalar bo‘yinchasining yallig‘lanish infiltrati bilan ikki tomonga surilishi; 2 – jom 
tonusining pasayishi – kontrast modda bilan to‘lish no‘qsoni; 3 – bel mushaklari qirrasi 
simptomi; 4 – buyrak so‘rg‘ichlarining tekislanishi; 5 – kosachalarning likopchasimon shakli; 6 
– to‘g‘nag‘ichsimon o‘zgargan kosacha; 7– Xodson simptomi; 8 – so‘rg‘ichning ko‘chishi; 9 – 
buyrak parenximasida sklerotik jarayon tufayli kosachalar bo‘yinchasining torayishi va 
yaqinlashishi; 10 – so‘rg‘ichning nekrozi.
Surunkali pielonefritda buyrak parenximasining sekin–asta kichrayishi yuz 
beradi, buni aniqroq kosacha–jom tizimi yuzasining buyrak yuzasiga nisbatidan 
iborat bo‘lgan renal–kortikal indeks yordamida aniqlash mumkin. Renal–kortikal 
indeksning ahamiyati shundan iboratki, u surunkali pielonefrit bo‘lgan bemorlarda 
kasallikning I–II bosqichlarida buyrak parenximasining kamayishini ko‘rsatadi, 
buni hisoblash usulisiz aniqlab bo‘lmaydi. 
Surunkali pielonefritda buyrak arteriografiyasi buyrakning arxitektonikasi 
to‘g‘risidagi muhim ma’lumot olishga imkon beradi. Surunkali pielonefritda buyrak 
tomirlaridagi o‘zgarishlarning uchta bosqichi farq qilinadi. 


I bosqich uchun mayda segmentar arteriyalar sonining, ularning batamom 
yo‘qolishiga qadar kamayishi xosdir. Buyrakning katta segmentar arteriyalari kalta, 
periferiyaga qadar konussimon toraygan va deyarli tarmoqlari bo‘lmaydi–«kuygan 
daraxt» simptomi deb yuritiladi (6.6–rasm). 
6.6–rasm. Aortogramma. Surunkali pielonefrit. «Kuygan daraxt» simptomi. 
Kasallikning buyrak parenximasida ko‘proq yaqqol o‘zgarishlar boshlangan 
II bosqichida, buyrak arterial tomirlarining hammasi torayganligi, nefrogrammada 
buyrak o‘lchamlarining kichrayganligi va konturining deformatsiya bo‘lganligi 
aniqlanadi. 
III bosqich buyrakning bujmayishi bilan xarakterlanib, keskin 
deformatsiyasi sodir bo‘ladi, buyrak tomirlari torayadi va ular soni kamayadi.
Surunkali pielonefritda radioizotop tekshirish usullaridan renografiya 
buyraklarning funksiyasini alohida aniqlash va ko‘proq zararlangan tomonini topish 
usuli sifatida qo‘llaniladi. Bu usul davolash jarayonida buyrak funksiyasining 
tiklanganligi dinamik nazoratini ham amalga oshirish imkonini beradi. 
Buyrakning faoliyat ko‘rsatuvchi parenximasining soni va sifatini aniqlash 
uchun dinamik ssintigrafiyani qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Buyrakning 
segmentar zararlanishida dinamik ssintigrafiya chandiqli–sklerotik o‘zgargan 
zonada gippuranning tashilishi to‘xtab qolganligini aniqlab beradi. 


Pielonefrotik bujmaygan buyrakda statik va dinamik ssintigrafiya buyrakning 
o‘lchamlarini, unda radiaktiv preparatning to‘planishi va taqsimlanish xususiyatini 
aniqlash imkonini beradi. Bilvosita renoangiografiyada buyrakning qon bilan
ta’minlanish holati va davolash jarayonida uning tiklanganligi aniqlanadi. 

Download 279.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling