Surunkali pielonefrit
Download 279.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Surunkali pielonefrit
Patologik anatomiyasi. Pielonefritda infeksiya buyrakda bir tekisda
tarqalmaganligi sababli, kasallikning morfologik ko‘rinishi o‘choq–o‘choq bo‘lishi bilan farq qiladi. Buyrakning zararlangan o‘choqida limfoid va plazmatik hujayralardan tashkil topgan interstitsial infiltratlar va chandiqli biriktiruvchi to‘qima topiladi. Lekin pielonefritning vaqti–vaqti bilan qaytalanishi natijasida buyrak to‘qimasida har xil muddatli yallig‘lanish jarayoni aniqlanadi: kasallikning dastlabki bosqichlarida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan birga polimorf–yadroli leykotsitlardan iborat infiltratlar ko‘rinishidagi yangi yallig‘lanish o‘choqlari vujudga keladi. Surunkali pielonefritda morfologik jihatdan yallig‘lanish jarayoni rivojlanishining uchta bosqichi ajratiladi. I bosqichida buyrakning miya qavatidagi oraliq to‘qimada leykotsitar infiltratsiya va intakt kalavalarda kanalchalarning atrofiyasi topiladi. Kanalchalarning ko‘proq zararlanishi – surunkali pielonefrit ushbu bosqichining xarakterli belgisidir. II bosqichida interstitsiya va kanalchalarning o‘zgarishi ko‘proq chandiqli– sklerotik xarakterga ega bo‘ladi, bu nefron distal bo‘limining o‘limiga va yig‘uvchi kanalchalarning qisilishiga olib keladi. Natijada buyrakning po‘stloq qavatida joylashgan nefronlar funksiyasining buzilishi va kengayishi ro‘y beradi. Egri–bugri kanalchalarning kengaygan qismi oqsil massalari bilan to‘lgan bo‘lib, tuzilishi qalqonsimon bezni eslatadi. SHu sababli buyrakning ushbu «tireodizatsiya»sini surunkali pielonefrit morfologik ko‘rinishining xos belgisi deb hisoblaydilar. Kasallikning bu bosqichida chandiqli–sklerotik jarayon bir vaqtning o‘zida kalavalar va tomirlar atrofida rivojlanadi, shuning uchun kalavalarning gialinizatsiyasi va bo‘shab qolishi aniqlanadi. Tomirlar atrofidagi to‘qimalar va tomirlardagi yallig‘lanish jarayoni, bittasining obliteratsiya bo‘lishiga va boshqalarining torayib qolishiga olib keladi. III bosqichida buyrak to‘qimasining chandiqli, tomirlari kam bo‘lgan biriktiruvchi to‘qima bilan (pielonefrotik bujmaygan buyrak) deyarli butunlay o‘rin almashganligi kuzatiladi. Download 279.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling