Surunkali pielonefrit


Download 279.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana21.11.2023
Hajmi279.15 Kb.
#1791664
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Surunkali pielonefrit

Tasnifi. Surunkali pielonefrit buyrakda yallig‘lanish jarayonining faolligi 
bo‘yicha tasniflanadi: 
I. YAllig‘lanish jarayonining faol fazasi: 
a) 1 ml siydikda leykotsituriya 25.000 va undan ko‘p; 
b) 1 ml siydikda bakteriuriya 100.000 va undan ko‘p; 
v) hamma bemorlar siydigida «faol» leykotsitlar 30% va 
undan ko‘p; 
g) 25–50% bemorlar siydigida SHterngeymer–Malbin
hujayralari bor; 
d) 60–70% bemorlarda passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasida 
(PGAR) antibakterial antitelo titri ko‘tarilgan; 
e ) 50–70 % bemorlarda ECHT 12 mm/s dan yuqori; 
j) qonda o‘rta molekulalar soni 2–3 marta oshadi. 
II. YAllig‘lanish jarayonining yashirin fazasi: 
a) 1ml siydikda leykotsituriya 2500 gacha; 
b) bakteriuriya yo‘q yoki 1 ml siydikda 10.000dan oshmaydi; 
v) 50–70% bemorlar siydigida «faol» leykotsitlar 15–30% ; 
g) SHterngeymer–Malbin xujayralari yo‘q (buyraklarni
konsentratsiyalash qobiliyati pasaygan bemorlar bundan mustasno); 
d) PGAR antibakterial antitelolar titri me’yorda 
(kamida 1,5 oy avval kasalligi qaytalangan bemorlar bundan mustasno); 
e) ECHT 12 mm/s dan yuqori bo‘lmaydi; 
j) qonda o‘rta molekulalar 1,5–2 marta oshgan. 


III. Remissiya yoki klinik sog‘ayish fazasi. 
a) leykotsituriya yo‘q; 
b) bakteriuriya yo‘q; 
v) “faol” leykotsitlar yo‘q; 
g) SHtergeymer–Malbin xujayralari yo‘q; 
d) PGARda antibakterial antitelolar titri me’yorda; 
e) ECHT 12 mm/s dan past; 
j) Qonda o‘rta molekulalar darajasi me’yor chegarasida. 
Faol fazasi davolash natijasida yoki usiz ham surunkali pielonefritning 
yashirin fazasiga o‘tadi. U uzoq vaqt (ba’zan bir necha oy) remissiya yoki faol 
fazasi bilan almashib davom etishi mumkin. Remissiya fazasi uchun kasallikning 
biror–bir klinik belgilari va siydikda o‘zgarishlar bo‘lmasligi xos. 
YOsh ayollarda o‘tkir pielonefritning xuruji ko‘pincha homladorlik davrida 
yoki tuqqandan keyin paydo bo‘ladi. Homladorlik tufayli siydik yo‘llari tonusining 
uzoq vaqt pasayishi pielonefritni davolashni qiyinlashtiradi va u yallig‘lanishning 
faol fazasida uzoq vaqt qolishi mumkin. Ko‘p hollarda homiladorlikning 
takrorlanishi va tug‘ishlar surunkali pielonefritning qo‘zg‘alishiga olib keladi. 
Surunkali pielonefritning navbatdagi har bir qo‘zg‘alishida yallig‘lanish 
jarayoniga funksiya qilib turgan buyrak parenximasining barcha yangi joylarining 
jalb qilinishi kuzatiladi, keyin ular chandiqli biriktiruvchi to‘qimalar bilan
almashinadi. Bu natijada buyrakning bujmayishiga, ikki tomonlama jarayonda esa 
buyrakning surunkali etishmovchiligiga, uremiya va o‘limga olib keladi. 
Buyrakdagi chandiqli–sklerotik jarayon ko‘pincha konservativ davolashda 
qiyinchilik bilan erishiladigan nefrogen arterial gipertenziya rivojlanishining sababi 
bo‘ladi. 

Download 279.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling