Surunkali pielonefrit
Download 279.15 Kb. Pdf ko'rish
|
Surunkali pielonefrit
Differensial tashxislash. Surunkali pelonefritni ko‘pincha buyrak sili va
glomerulonefritdan differensiatsiya qilishga to‘rg‘i keladi. Boshqa a’zolarda boshdan kechirilgan sil, dizuriya, gematuriya, yuqori siydik yo‘llarining chandiqli torayishi, proteinuriya, kam ifodalangan leykotsituriyaning eritrotsituriyadan ko‘p bo‘lishi buyrak sili borligidan dalolat beradi. Nefrosilning asosiy belgilari quyidagilar: siydikda sil mikobakteriyalarining topilishi, siydik reaksiyasining doimiy kislotali bo‘lishi, sistoskopiyada qovuqning sil oqibatida zararlanishining o‘ziga xos ko‘rinishi va kasallikka oid rentgenologik belgilar. Surunkali glomerulonefrit siydikda eritrotsitlarning leykotsitlardan ko‘p bo‘lishi, glomerulyar tipidagi protenuriya (siydikka molekulyar massasi yuqori bo‘lgan oqsil o‘tishi) va silindruriya bo‘lishi bilan pielonefritdan farq qiladi. Bir tomonlama surunkali pielonefritni skleroz davrida buyrak gipoplaziyasidan differensiatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda rentgenologik tekshirish usullari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Konturlarining notekisligi, buyrak soyasining ko‘proq quyuqlashishi, kosachalar, so‘rg‘ichlar, jomning deformatsiyasi, renal–kortikal indeksining o‘zgarishi, buyrak funksiyasining anchagina pasayishi, «kuygan daraxt» simptomining borligi pielonefrit oqibatida buyrak bujmayganligidan dalolat beradi, vaholanki buyrak gipoplaziyasining belgilari esa miniatyur jom va kosachalar bo‘lib, ularda deformatsiya alomatlari bo‘lmaydi, konturlari tekis, a’zo to‘qimasining qattiqligi me’yorda, kosacha - jom yuzasining buyrak yuzasiga nisbati o‘zgarmaydi, uning funksiyasi nisbatan qoniqarli bo‘lib, anamnezida pielonefrit to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmaydi. Davolash. Surunkali pielonefritni davolashda quyidagi asosiy tadbirlar ko‘rilishi kerak: 1) siydik oqimini yoki buyrakda asosan venoz qon aylanishining buzilishiga olib keluvchi sabablarni yo‘qotish; 2). antibiotikogramma ma’lumotlarini hisobga olib antibakterial dorilar yoki kimyoviy preparatlar buyurish; 3) organizmning immun reaktivligini oshirish. Siydik oqimini tiklashga biror turdagi operatsiyani (prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, buyraklar va siydik yo‘llaridan toshlarni olib tashlash, nefroptozda nefropeksiya qilish, siydik chiqarish kanali yoki jom–siydik nayi segmentini plastika qilish va b.) qo‘llash bilan erishiladi. Ko‘pincha bunday operatsiyalardan keyin antibakterial davolashni uzoq muddat qo‘llamasdan, kasallikning turg‘un remissiyasiga nisbatan engil erishiladi. Antibiotiklar va kimyoviy antibakterial preparatlarni bemorning siydigidagi mikrofloralarning antibakterial preparatlarga sezuvchanligini hisobga olib buyurish kerak. Antibiogramma ma’lumotlarini olgangacha keng spektr ta’sirga ega bo‘lgan antibakterial preparatlar buyuriladi. Bunday antibiotiklarga norflaksatsin, ofloksatsin, pefloksatsin siprofloksatsin va b., kimyaviy antibakterial preparatlarga esa – furagin, nevigraman, nitroksalin, gramurin va b. kiradi. Download 279.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling