Jadval 5. YuSEni davolash uchun MRKA dozalari (mg × qabul qilish karrasi).
Preparat
|
Boshlang‘ich
doza
|
Terapevtik doza
|
Maksimal doza
|
Spironolakton
|
25 mg/kun
|
50 mg/kun
|
50 mg/kun
|
Eplerenon
|
25 mg/kun
|
25-50 mg/kun
|
25-50 mg/kun
|
Shunday qilib, spironolaktonni qo‘llashga ko‘rsatma bo‘lib ifodalangan II-IV FS YuSE va preparat yuqori dozalarda qo‘llaniladigan qon aylanishining o‘tkir dekompensatsiyasi holatlari qolmoqda. II FSdan boshlab YuSEda, va MO‘Ini boshidan o‘tkazgan bemorlarda, ChQ disfunksiyasida yuqori selektiv MKRA eplerononni 25-50 mg/ kun dozada qo‘llash ko‘rsatilgan. Bajarilgan tadqiqotlar MKRAning nafaqat ChFpYuE bor bemorlarda, balki ChFoYuEda ham kasallanish va o‘lim xavfini va ChFsYuE da qayta gospitalizatsiya xavfini kamaytirish qobiliyatiga egaligini tasdqilashdi.
MKRAning muhim hossalari bo‘lib miokard fibrozi ifodalanganligini kamaytirish qobiliyati hisoblanadi, bu yurak remodellanishi blokadasi (yurak hajmlari va MNUP darajalari kamayishi) va ChQ ChF ortishi bilan birga kechadi. Bunday samaralar MKRAning antiaritmik hossalari namoyon bo‘lishiga imkon beradi. II FS YuSE mavjud bemorlarda epleronon 42% ga bo‘lmachalarning yangi fibrillyatsiyasi rivojlanish xavfini kamaytiradi. Va, davolash boshida kaliy darajasini nazorat qilishga zarurat borligiga qaramasdan, MKRA haqiqatdan ham YuSEni davolashda qo‘llaniladigan preparatlarning 3 ta asosiy guruhlari ro‘yxatidan o‘rin olgan (AAFI yoki ARNI va BAB bilan birga).
Do'stlaringiz bilan baham: |