Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv


Download 129.26 Kb.
bet16/20
Sana17.06.2023
Hajmi129.26 Kb.
#1530740
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
СЮЕ методичка лотин

Nojo‘ya ta’sirlari


Bosh aylanishi, bosh og‘riqlari. Asteniya, bradikardiya, AV o‘tkazuvchanligi buzilishi, arterial gipotenziya, qo‘l-oyoqlardagi uvishishlar va haarkatsizlik, bronxospazm, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, diareya, qabziyat, jinsiy mayllik buzilishi, uchglitseridlar darajasi oshishi, qon zardobida jigar fermentlari faolligi oshishi.


BABni tayinlashga qarshi ko‘rsatmalar


BABga gipersezuvchanlik; yurakning o‘tkir yetishmovchiligi; inotrop preparatlarni vena ichiga yuborilishin talab qiladigan dekompensatsiya bosqichidagi YuSE; kardiogenli shok; simptomli bradikrdiya (<50 zarb/daqiqa); simptomli gipotoniya (<85 mm sim. ust); II va undan yuqori darajadagi atrio-ventrikulyar blokada; bronxial astma va O‘SOK og‘ir darajalari; oyoqlarning og‘ir obliteratsiyalovchi endarteriiti va aterosklerozi, Reyno sindromi.
YuSE kechishini og‘irlashtiradigan surunkali obstruktiv bronxit BAB tayinlanishiga mutlaqo qarshi ko‘rsatma bo‘lmaydi. Barcha holatlarda ularni sekin titrlashga rioya qilgan holda kichik dozalardan boshlab tayinlash zarur. BAB bilan davolash sharoitida bronxlar obstruksiyasi simptomlari qo‘zigandagina ulardan foydalanishdan bosh tortishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatlarda tanlov vositasi bo‘lib yuqori selektiv β1-blokator bisoprolol yoki nebivolol hisoblanadi.
YuSE va 2-turdagi QD qo‘shilib kelganida BAB mutlaqo ko‘rsatilgan. Ushbu sinf preparatlarining barcha ijobiy hossalari to‘la saqlanadi. Bunday vaziyatlarda tanlov preparati bo‘lib karvedilol hisoblanadi, u boshqa BABdan farqli, hatto periferik to‘qimalarning insulinga bo‘lgan sezuvchanligini yaxshilaydi. Nebivalolning insulinrezistentlikka pozitiv ta’siri haqidagi ma’lumotlar ham bor.
Ta’kidlash joizki, dekompensatsiya simptomlari (suyuqlik to‘planish belgilari, bo‘yinturuq venasida yuqori bosim, assit, periferik shishlar) bo‘lganda BAB tayinlash tavsiya etilmaydi. Agar dekompensatsiya simptomlari yuzaga kelishdan oldin BAB tayinlangan bo‘lsa terapiyani davom ettrish tavsiya qilinadi, zarurat bo‘lganda – past dozalarda.



Download 129.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling