Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv
Download 129.26 Kb.
|
СЮЕ методичка лотин
Dorilar bilan o‘zaro ta’siriI sinf antiaritmik preparatlar (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain, fenitoin, flekainid, propafenon) BAB bilan bir vaqtda qo‘llanilganda AV o‘tkazuvchanlikni kamaytirishi va yurakning qisqaruvchanlik qobiliyatini pasaytirishi mumkin. III sinf antiaritmik preparatlar (masalan, amiodaron) AV o‘tkazuvchanlik buzilishini kuchaytirishi mumkin. Amiodaron va boshqa antiaritmik vositalar bradikardiya rivojlanishi va chuqurlashishi, yurak to‘xtashi va YuE xavfini oshiradi. “Sekin” kalsiy kanallari blokatorlari (SKKB) – digidropiridin hosilalari (masalan, nifedipin, felodipin, amlodipin) BAB bilan bir vaqtda qo‘llanilganda arterial gipotenziya rivojlanish xavfini oshiradi. YuSE mavjud bemorlarda yurak qisqarish funksiyasining keyingi yomonlashishi xavfini ham istisno qilish mumkin emas. Nifedipin ABning sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin. “Sekin” kalsiy kanallarining nogidropiridinli blokatorlari, xuddi verapamil kabi, kam darajada diltiazem, BAB bilan bir vaqtda qo‘llanilganda miokardning qisqaruvchanligi qobiliyati pasayishiga va AV o‘tkazuvchanligi buzilishiga, yurak to‘xtashiga va YuEga olib kelishi mumkin. Chunonchi, BABni qabul qilayotgan bemorlarga verapamilni vena ichiga yuborish kuchli ifodalangan arterial gipotenziyaga va AV blokadaga olib kelishi mumkin. Gipotenziv preparatlar (masalan, diuretiklar) ham antigipertenziv samaraga ega boshqa dori vositlari (masalan, uch siklik antidepressantlar, barbituratlar, fenotiazinlar) kabi BABning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi va ABning haddan tashqari tushib ketishiga olib kelishi mumkin. Markaziy ta’sirga ega gipotenziv preparatlar (klonidin, metildopa, moksonidin, rilmedin) bilan bir vaqtda BABni qo‘llash markaziy simpatik tonus pasayishi (YuQT, yurak chiqarish kamayishi, periferik vazodilatatsiya) hisobiga YuE kechishining yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Markaziy ta’sirga ega gipotenziv preparatlarni to‘satdan bekor qilish, asosan BABni bekor qilishdan oldin, “qapchigan” arterial gipertenziya (bekor qilish sindromi) rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Metildopa bradikardiya, AV blokadalar rivojlanishi va chuqurlashishini, yurak to‘xtashi va YuE rivojlanishinish xavfini orttiradi. Xolinomimetiklar (parasimpatomimetiklar) BAB bilan bir vaqtda ishlatilganida AV o‘tkazuvchanlik buzilishini kuchaytirishi va bradikardiya rivojlanish xavfini oshirish mumkin. Insulinning yoki ichishga buyuriladigan gipoglikemik vositalarning ta’siri kuchayishi mumkin. Gipoglikemiya belgilari – jumladan, taxikardiya – yashirinishi yoki bosilishi mumkin. Bunday o‘zaro ta’sirlar ehtimoli noselektiv beta- adrenoblokatorlar qo‘llanilganda ancha baland. Ingalyatsion narkoz vositalari kardiodepressiv ta’sir xavfini oshirishi mumkin. Reflektor taxikardiya pasayishi, bradiaritmiyalar va ifodalangan arterial gipotoniya paydo bo‘lish xavfi oshishi qayd qilinadi. BAB bilan bir vaqtda qo‘llanilgan yurak glikozidlari impuls o‘tkazilish vaqtining oshishiga, va shunday qilib, bradikardiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yurak glikozidlari AV blokada, yurak to‘xtashi va YuE rivojlanish xavfini oshiradi. YaQNV BABning antigipertenziv samarasini pasaytirishi mumkin (natriy ionlari ushlanishi va buyraklar tomonidan prostoglandin sintezi blokadasi oqibatida). BABni beta- va alfa-adrenoretseptorlarga ta’sir qiladigan adreonmimetiklar (epifinin kabi) bilan birgalikda qo‘llash alfa-adrenoretseptorlar stimulyatsiyasi oqibatida vazokonstriktor samaralarni kuchaytirishi mumkin, va arterial gipertenziya rivojlanishiga yoki qur-qur oqsoqlanish og‘irlashishiga olib keladi. Shunga o‘xshash o‘zaro ta’sirlar ehtimoli noselektiv beta-adrenoblokatorlar qo‘llanilganda ham mavjud. MAo ingibitorlari beta-adrenoblokatorlarning antigipertenziv samarasini kuchaytirishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida qo‘llash ham igpertonik kriz rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Download 129.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling