Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv
Download 129.26 Kb.
|
СЮЕ методичка лотин
1.2. Etiologiyasi va patogeneziYuSE rivojlanishiga olib keladigan ko‘p sonli sabablar mavjud. O‘zbekiston Respublikasida YuSE asosiy sabablari bo‘lib arterial gipertoniya (AG) va yurakning ishemik kasalligi (YuIK) hisoblanadi. Ularning qo‘shilib kelishi bemorlarning yarmida kuzatiladi, bunda boshdan o‘tkazilgan miokard infrakti (MI) yoki o‘tkir koronar sindrom (O‘KS) 15,3% bemorlarda YuE rivojlanishiga olib keladi. YuSEning boshqa eng muhim sabablari qatoriga aortal klapanning degenerativ nuqsoni (4,3%) va miokarditlar (3,6%) ustun kelgan yurakning har xil nuqsonlari ham taalluqli. Yurak yetishmovchiligi bor bemorlarning deyarli yarmi saqlangan ChFga ega, va yurak yetishmovchiligining boshqa turi – ChF past bo‘lgan (ChFpYuE) shakliga solishtirganda, surunkali ChFsYuE (SChFsYuE) tarqalganligi bir yilda 1% tezlikda ortib borishi davom etmoqda. YuIK, ko‘p hollarda qandli diabet (QD) va AG bilan qo‘shilib kelib, uchdan ikki holatlarda sistolik YuSE sababi hisoblanadi. Sistolik YuEning boshqa sabablaridan virusli infeksiyalarni, alkogolni suiste’mol qilish, kimyoterapiya, ko‘krak qafasining chap yarmi nur terapiyasi, “idiopatik” dilatatsion kardiomiopatiyani qayd qilish mumkin. SChFsYuE epidemiologiyasi va etiologiyasi sistolik YuSEdan farq qiladi. SChFsYuEga ega bemorlar yoshi ulug‘roq, ular orasida ayollar va semizlikka chalingan shaxslar ko‘p. Gipertrofik va restriktiv kardiomiopatiyalar, konstriktiv perikardit, gidroperikardit, tireotoksikoz, infiltrativ kasalliklar, miokardning metastatik shikastlanishlari va boshqalar SChFsYuEning ancha kam sababalari qatoriga kiradi. ChQning sistolik disfunksiyasiga ega bemorlarda miokardial shikastlanishdan so‘ng (masalan, miokard infarkti yoki miokardit) kardiomiotsitlarda va ekstrasellyulyar matriksda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar qorinchaning dilatatsiyasi bilan birga uning patologik remodellanishiga, geometriyasi o‘zgarishiga (ChQ ancha sferik bo‘lib qoladi) va kontraktligi buzilishiga olib keladi. Kasallik boshlanishida YuE simptomlari uncha ifodalanmagan bo‘lsa ham, vaqt o‘tishi bilan bu o‘zgarishlar kuchayib boradi. Taxmin qilinadiki, bu jarayonda ikkita patofiziologik mexanizm ishtirok etadi. Birinchidan, kardiomiotsitlar nobud bo‘lishiga olib keladigan yangi hodisalar (masalan, qayta miokard infarkti). Ammo yurakning keyingi remodellanishi miokardning aniq qayta shikastlanishlari bo‘lmaganda ham sodir bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ChQning sistolik funksiyasi pasayishiga nisbatan tizimli javob. Bemorlarda pressor tizimlar: simpatoadrenal tizim (SAT), renin- angiotenzin-aldosteron tizim (RAAT), endotelin, vazopressin va sitokinlar tizimi faolligi oshishi yuzaga keladi. RAAT va SAT faollashishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu neyrogumoral omillar nafaqat periferik vazokonstriksiyani, natriy va suyuqlik ushlanib qolishini, natijada ChQga nisbatan gemodinamik yuklama oshishini chaqiradi, balki miokardga bevosita toksik ta’sir ko‘rsatib, fibroz va apoatozni kuchaytiradi, bu yurakning keyingi remodellanishiga va uning funksiyasi buzilishiga olib keladi. Neyrogumoral tizimlarning faollashishi miokardial shikastlanishdan tashqari boshqa a’zolarga – qon tomirlarga, buyraklarga, mushaklarga, suyak iligiga, o‘pkalarga, jigarga ham nomaqbul ta’sir ko‘rsatadi, patofiziologik “nuqsonli halqa” shakllantirib, YuSE ko‘pgina klinik ko‘rinishlariga, shu jumladan miokardning elektrik nobarqarorligiga olib keladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi klinik jihatdan YuSE simptomlari rivojlanishi va kuchayishi bilan bog‘liq va bemorlarning hayot sifati yomonlashishiga, jismoniy faolligi pasayishiga, gospitalizatsiyani talab qiladigan YuE dekompensatsiyasiga, yurakning “nasos” yetishmovchiligi, hayotga xavf soladigan qorinchali aritmiyalar paydo bo‘lishi natijasida o‘limga olib keladi. Ta’kidlash joizki, YuSE simptomlari og‘irligi har doim ham ChQ ChF bilan korrelyatsiya qilmaydi. Aynan mana shu ikkita hal qiluvchi jarayonga (miokard shikastlanishi va neyrogumoral tizim faollashishi) ta’sir qilish YuSEni davolash negizini tashkil etadi. Bunday bemorlarning yurak zahirasi ham bo‘lmachlar qisqarishiga, ChQ ishining sinxronligiga va o‘ng qorincha (O‘Q) hamda ChQ o‘zaro ta’sirlashgan holda ishlashiga bog‘liq. Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi, Gis tutuami chap oyoqchasi blokadasi rivojlanishi YuSEning o‘tkir dekompensatsiyasiga olib kelishi mumkin. Jadval 1. ChQ ChFga bog‘liq holda YuSE tavsifi.
Download 129.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling