Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv
Download 129.26 Kb.
|
СЮЕ методичка лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Instrumental tashhisot
Natriyuretik gormonlar:Natriyuretik peptidlar – qonda miya natriyuretik peptidi (BNP) va miya natriyuretik propeptidning N-terminal fragmenti (NT-proBNP)ni hansirash va/yoki charchash kabi YuE fikriga olib keladigan simptomlarga ega barcha bemorlarda o‘lchash kerak, ularning qo‘llanilishi erta tashhislashni va YuE rivojlanish xavfini stratifikatsiya qilishni osonlashtiradi. BNP ning 35 pg / ml dan ko‘p va NT-proBNP darajasining 125 pg / ml dan ko‘p bo‘lishi diagnostik ahamiyatli hisoblanadi. Instrumental tashhisotElektrokardiogramma (EKG). 12 uzatmali EKG yurak maromini, YuQTni, QRS majmuasi kengligi va shaklini, shuningdek boshqa muhim buzilishlarni aniqlash uchun tavsiya etiladi. EKG davolashning keyingi rejasini aniqlab olish va bashoratni aniqlashga yordam beradi. Normal EKG deyarli sistolik YuE mavjudligini istisno qiladi. Transtorakal exokardiografiya miokardning strukturasi, sistolik va diastolik funksiyalarini baholash, shu jumladan miokardni potensial shikastlaydigan (masalan, kimyoterapiya) davolashdagi bemorlarda ham, shuningdek klapanli patologiyani aniqlash va baholash, bashoratni baholash uchun tavsiya qilinadi. Qo‘shimcha texnologiyalar (to‘qimali dopplerografiya, miokard deformatsiyasi ko‘rsatkichlari qo‘shilgan holda, shu jumladan Strain va Strain rate) klinika oldi bosqichida miokard disfunksiyasini aniqlash uchun YuE rivojlanish xavfi bor bemorlarda o‘tkaziladigan ExoKG bayonnomasiga ham qo‘shilishi mumkin. Ko‘krak qafasining rentgenografiyasi kardiomegaliyani (kardiotorakl indeks 50% dan ko‘p), venoz dimlanishni yoki o‘pkalar shishini aniqlashga imkon beradi. Yurakning magnit-rezonans tomografiya (MRT)si yomon akustik derazali, shuningdek yurakning qo‘shilib kelgan murakkab tug‘ma patologiyasi bor bemorlarda (MRTga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar hisobga olingan holda) miokard strukturasini va funksiyasini baholash, shuningdek miokardit, amiloidoz, Chagas kasalligi, Fabri kasalligi, nokompakt miokard, gemoxromatozga shubha bo‘lganda miokardga tavsif berish uchun tavsiya etiladi. Koronar angiografiya zo‘riqish stenokardiyasi bor bemorlarda toj arteriyalar shikastlanishini baholash uchun tavsiya etiladi, ularga kelgusida miokard revaskulyarizatsiyasi amalga oshirilishi mumkin. Yurakning chap va o‘ng bo‘limlarini kateterlash yurak transplantatsiyasi yoki uzoq vaqtga yordamchi qon aylanishga mo‘ljallangan moslamani implantatsiya qilishdan oldin yurakning chap va o‘ng bo‘limlari funksiyasini, shuningdek o‘pka tomirlari qarshiligini baholash uchun tavsiya qilinadi. Stress-ExoKG, OFEKT, PET Miokardning ishemiyasini va hayotga layoqatliligini baholash uchun quyidagilar qo‘llanilishi mumkin: jismoniy yoki farmakologik yuklama bilan stressExoKg, bir fotonli emission kompyuter tomografiya, revaskulyarizatsiya haqida qaror qabul qilish uchun YuE va YuIK mavjud bemorlarda pozitron-emission tomografiya (PET). EKG Xolter monitoringi YuSEga chalingan bemorlarda har doim qo‘llanilmaydi va taxminan yurak maromi hamda o‘tkazuvchanligi buzilishlari bilan bog‘liq simptomlar mavjud bo‘lgandagina ko‘rsatilgan (masalan, yurak o‘ynashida va hushdan ketishlarda). Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi bor bemorlarda EKgning kunlik monitoringida qorinchalar qisqarishlari tezligi kuzatib boriladi. EKG nazorati ostida jismoniy yuklamali sinamalar jismoniy yuklamani ko‘taraolishlikga ob’ektiv baho berish, shuningdek miokard ishemiyasi mavjudligini aniqlashga imkon beradi. Kardiopulmonal yuklamali test (KPYuT) Testdan o‘tkazish hansirash nima bilan bog‘liqligini aniqlashtirish – yurak yoki o‘pka patologiyalari bilanmi, shuningdek u transplantatsiya yoki sun’iy ChQ o‘rnatish, jismoniy mashqlar tayinlash uchun ham muhimdir. 6-daqiqalik yurish testi (6DYuT) 6DYuT masofasi YuSE funksional sinfini va jismoniy mashqlar hajmini aniqlash uchun zarur. Yurak yetishmovchiligi og‘irligini baholash shkalasi (KHBSh) Anamnez yig‘ishda va bemorni klinik tekshirishda YuSEni davolash samaradorligini dinamikada baholash imkonini beradi. Download 129.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling