Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv


Download 129.26 Kb.
bet6/20
Sana17.06.2023
Hajmi129.26 Kb.
#1530740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
СЮЕ методичка лотин

YuSE
turi

SChFpYuE

SChFoYuE

SChFsYuE

Mezon 1

Simptomlar+belgilar*

Simptomlar+belgilar*

Simptomlar+belgilar*

Mezon 2

ChQ ChF < 40%

ChQ ChF = 40-49%

ChQ ChF ≥50%

Mezon 3




1. Natriyuretik

1. Natriyuretik




peptidlar darajasi

peptidlar darajasi




oshishia

oshishia




2. Hech bo‘lmaganda

2. Hech bo‘lmaganda




qo‘shimcha

qo‘shimcha




mezonlarning bittasi

mezonlarning bittasi




borligi:

borligi:




A) yurakning struktur

A) yurakning struktur




o‘zgarishlari (ChQG

o‘zgarishlari (ChQG




va/yoki ChBK)

va/yoki ChBK)




B) diastolik

B) diastolik




disfunksiya

disfunksiya



Eslatma. ChQG – chap qorincha miokardining gipertrofiyasi; ChBK – chap bo‘lmacha kattalashishi. * – YuSE boshlang‘ich bosqichlarida yoki diuretik terapiya olayotgan bemorlarda simptomlar bo‘lasligi mumkin; ª – miya natriyuretik peptid (BNP) darajasi >35 pg/ml yoki N-oxirli miya natriyuretik propeptid (NTproBNP) darajasi >125 pg/ml.


  1. Tashxislash

Shkoyatlar va anamnez:


YuSEning tipik simptomlari: hansirash, holsizlik, kuchli charchash, yurak o‘ynashi, ortopnoe, shishlar. Tungi yo‘tal, yurak o‘ynashi YuSEga uncha xos (spesifik) bo‘lmagan simptomlari hisoblanadi. YuSEning spesifik belgilari: bo‘yin venalarining bo‘rtishi, gepatoyugulyar refleks, yurakning uchinchi toni (ot chopishi
maromi), yurak cho‘qqi turtkisining chapga siljishi. YuSEning kam spesifik belgilari bo‘lib periferik shishlar (to‘piqlardagi, dumg‘azadagi, yorg‘oqdagi), o‘pkalardagi dimlangan xirillashlar, o‘pkalarning pastki bo‘limlaridagi tumtoqlashishilar (plevral nazla), taxikardiya, maromsiz tomir urishi, taxipnoe (NHT>16 daqiqada), jigar kattalashishi, assit, kaxeksiya, tana vazni ortishi (>2 kg /hafta).
Anamnez: etiologik sababalar va xavf omillari aniqlanadi, klinik simptomlar paydo bo‘lishi vaqti va dekompensatsiya hodisalari mavjudligi belgilanadi.

Fizikal tekshiruv:


Ko‘zdan kechirish: teri qoplamalarining rangparligi, akrotsianoz, shilliq qavatlar sianozi, oyoqlarning simmetrik pastozligi (boldirda, to‘piqlarda), simmetrik shishlar, anasarka bo‘rtgan bo‘yin venalari (yotganda, tik turganda).
Qorinni paypaslash: jigar qovurg‘a ravog‘idan chiqqan.
Yurak va qorin perkussiyasi: yurakning nisbiy tumtoqligi chegaralari kattalashishi, jigar o‘lchamlarining kattalashishi (Kurlov bo‘yicha), qorin parda bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik aniqlanishi.
O‘pkalar auskultatsiyasi: o‘pkalarda xirillashlar (simmetrik, o‘pkalarning pastki bo‘limlaridan uning butun yuzasigacha), o‘pkalarning pastki bo‘limlarida nafas shovqinlarining sustlashganligi yoki yo‘qligi.
Yurak auskultatsiyasi: yurak cho‘qqisida birinchi ton susayishi, ot chopish maromi mavjudligi, atrioventrikulyar klapanlarning nisbiy yetishmovchiligiga oid shovqinlar borligi.

Laborator tashhislash:


Qonning umumiy tahlili: hansirashga olib keladigan kamqonlik va boshqa sabablarni istisno qilish uchun qonni kengaytirilgan umumiy tahlili tayinlanadi.
Qonning biokimyoviy tahlili: qonda natriy, kaliy, kalsiy, mochevina, jigar fermentlari, bilirubin, ferritin miqdorlari va qonning temirni bog‘lash umumiy sig‘imini hisoblash, qondagi kreatinin miqdori bo‘yicha SKFni hisoblash, siydikda albumin/kreatinin nisbati va qalqonsimon bez funksiyasini baholash.
Ko‘rsatib o‘tilgan tekshiruvlar quyidagi vaziyatlarda ko‘rsatilgan: diuretiklarni, RAATni bosadigan vositalarni, antikoagulyantlarni qabul qilishdan
oldin ularning xavfsizligini nazorat qilish maqsadida, bashoratni ko‘ra bilish uchun YuEning bartaraf qilinadigan sabablarini (masalan, gipokalsiemiya va qalqonsimon bez disfunksiyasi) va yondash kasalliklarni (masalan, temir tanqisligini) aniqlash.



Download 129.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling