YuSE mavjud bemorlarni davolashning asosiy maqsadi va vazifalari:
O‘lim holatlarini va gospitalizatsiya sonini kamaytirish terapevtik tadbirlarning bosh mezoni hisoblanadi. Odatda, bu ChQ remodellanishi reversiyasi va natriyuretik peptidlar konsentratsiyasi kamayishi bilan birga kechadi. Har bir bemor uchun amalga oshirilayotgan davolash kasallik simptomlarini bartaraf qilishga erishish uchun imkoniyat yaratishi, hayot sifatini yaxshilashi va uning funksional imkoniyatlarini oshirishi juda ham muhim, bu, lekin YuSE mavjud bemorlarda bashorat yaxshilanishi bilan kechmaydi. Shunga qaramasdan, zamonaviy samarali farmakoterapiyaning o‘ziga xos jihati bo‘lib yuqorida keltirilgan maqsadlarga erishish hisoblanadi.
YuSEga chalingan bemorlarni kuzatish algoritmi.
YuSE davolashda asosiy guruh prepartlarini qo‘llash RAAT va SAT neyrogormonlarining giperreaktivligini pasaytirish zarurati bilan bog‘liq. YuSE mavjud bemorlar bashoratiga ta’sir qiladigan neyrogumoral modulyatorlar qatoriga angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAFI), angitenzin II retseptorlari antogonistlari (ARA), betadareonbloktaorlar (BAB), mineralkortiokid retseptorlar antogonistlari (MKRA) va angitenzin retseptorlari/neprilizin ingibitorlari (ARNI) taalluqlidir. Ko‘p sonli randomizirlangan tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ushbu guruh prepraatlari nafaqat kasallikning klinik kechishini, balki gospitalizatsiya miqdoriga ta’sir qiladi hamda ushbu toifadagi bemorlar yashovchanligini yaxshilaydi. Demak, qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda, ular simptomatik YuE mavjud va ChQ ChF < 40% bo‘lgan barcha beomrlarga tavsiya etiladi.
YuSEni va ChQ past ChFni davolashga qaratilgan barcha dori vositalarini isbotlanganlik darajasi bo‘yicha ikkita asosiy toifaga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |