Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda dori vositalarini tanlash va qollashga klinik–farmakologik yondoshuv


YuSEni davolashda AAFI qo‘llashning aossiy vaziyatlari


Download 129.26 Kb.
bet10/20
Sana17.06.2023
Hajmi129.26 Kb.
#1530740
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
СЮЕ методичка лотин

YuSEni davolashda AAFI qo‘llashning aossiy vaziyatlari:


  • AAFI sistolik funksiyasi past (ChV <50%) YuSE bor barcha bemorlarga ko‘rsatilgan;

  • AAFI klinik simptomatikani, hayot sifatini, YuSE mavjud bemorlar bashoratini yaxshilaydi, kasallik kuchayishini sekinlashtiradi, kasallanishni kamaytiradi, shuningdek klinik ifodalangan dekompensatsiya boshlanishini oldini oladi, ya’ni maqsadga erishganda hamma masalalarni hal qilish imkonini beradi, bu YuSE muvaffaqiyatli davolanishini anglatadi;

  • bu preparatlar YuSE boshlang‘ich bosqichlaridan boshlab, shu jumladan ChQning simptomsiz disfunksiyasidan, dekompensatsiyaning kech bosqichlarigacha samarali;

  • davolash qanchalik erta boshlansa, muvaffaqiyatga va bemorlar umrini uzaytirishga bo‘lgan imkoniyat shunchalik ko‘p bo‘ladi;

  • dekompensatsiya davridagi bemorlarga AAFI tayinlash o‘rinli hisoblanmaydi va ularda o‘lim xavfini ongli tarzda oshirishga olib keladi.

Hozirgi vaqtda YuSEning hamma bosqichlarini davolashda eng yuqori isbotlanganlik darajasi faqat “klassik” AAFI – o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan enalapril va kaptoprilda bor. YuSEda, asosan gipotoniya bilan kechganida, ularni 2 va 3 marta tayinlashga undaydigan ta’sir davomiyligining nisbatan katta emasligi dori vositlarning kamchiliklariga kirmaydi. Shuningdek, YuSEda fozinopril, perindopril va lizinopril qo‘llanilganda ularning samaradorligi va YuSEni oldini olish imkoniyati ham isbotlangan.


Jadval 2. YuSEni davolash uchun AAFI dozalari (mg × qabul qilish karrasi)




Preparat

Boshlang‘iya
doza

Terapevtik
doza

Maksimal
doza

Enalapril

2,5 mg × 2

10 mg× 2

20 mg × 2

Kaptopril

6,25 mg × 3

25 mg× 3

50 mg× 3

Fozinopril

5 mg × 1

10–20 mg × 1

20 mg× 1

Perindopril

2,5 mg × 1

10 mg × 1

10 mg× 1

Lizinopril

2,5 mg × 1

10 mg × 1

20 mg × 1

Ramipril

2,5 mg × 2

5 mg × 2

5 mg × 2

Spirapril

3 mg × 1

3 mg × 1

6 mg × 1

Trandolapril

1mg × 1

2 mg × 1

4 mg × 1

Xinapril

5 mg × 1

10–20 mg × 1

40 mg × 1

Zofenopril

7,5 mg × 1

15 mg × 1

30 mg × 1



AAFI nojo‘ya ta’sirlari
Quruq yo‘tal – barcha AAFIning tipik nojo‘ya ta’siri (AAFI bilan davolangan bemorlarning 20–30%), bradikinin degradatsiyasining blokadasi bilan bog‘liq, fozinoprilda minimal ifodalangan. Qattiq yo‘tal rivojlanganda AAFI ARA/ARNI bilan almashtirilishi mumkin, ular uchun ushbu asorat rivojlanishi xos emas.
Simptomli gipotoniya AAFI ta’sir mexanizmlari bilan tushuntiriladi, ammo AAFI bilan davolashning boshlang‘ich vaqtini murakkablashtirishi mumkin. Uncha ko‘p bo‘lmagan vaziyatlarda (3-4%) u AAFI bilan davolashni to‘xtatishni taqoza qilishi mumkin. Birinchi doza gipotoniyasi perindopril qo‘llanilishi sharoitida eng kam darajada namoyon bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar bor. Esda tutish kerak-ki, AAFI bilan davolash sharoitida gipotoniya rivojlanganida dozani kamaytirish lozim, davolashni to‘xtatganda esa AAFI bilan davolashga tezroq qaytish uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshirish kerak.
YuSEli bemorlarda AAFI koptokcha filtratsiyasini va buyraklarning boshqa funksiyalarini yomonlashtirishi mumkin, bunda nojo‘ya samara tezligi uzoq vaqt qabul qilinganda oshib boradi. Ko‘p hollarda bu buyraklarning yashirin patologiyalari sharoitida yoki siydik haydovchi va YaQNV qabul qilayotgan bemorlarda sodir bo‘ladi.
Klinik ahamiyatli kaliemiya (5,5 mmol/l dan ko‘p) asosan buyraklar patologiyalari bor bemorlarda kuzatiladi. Masalan, buyrak yetishmovchiligida uning uchrash tezligi 5% dan 50% gacha o‘zgarib boradi.

AAFI bilan davolashda 0,1-0,5% holatlarda angionevrotik shish (Kvinke shishi) rivojlanadi, bu erkaklarga solishtirganda ayollarda 2 marta ko‘p uchraydi.


Qator hollarda AAFI sitopeniyani (kshpincha leykopeniyani, kamroq trombo- va pansitopeniyani) chaqiradi. Ushbu nomaqbul dori reaksiyasi shu bilan bog‘liq-ki, gemopoezning salbiy boshqaruvchisi rolini bajaradigan qonda aylanib yuruvchi N- asetil-seril-aspartil-lizil-prolin oqsiliAAFI uchun substratlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Ferment blokada qilinganda ushbu oqsilning qondagi miqdori oshishi mumkin. AAFI qabul qilinganda bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, charchash, holsizlik, dispepsik hodisalar (ko‘ngil aynishi, diareya), ta’m sezish buzilishlari va teri toshmalari kabi nospesifik nojo‘ya ta’sirlar ham rviojlanishi mumkin.
Homiladorlikning II va III trimestrlarida AAFI ni qabul qilish arterial gipotenziya, kalla gipoplaziyasi, anuriya, qaytar va qatymas buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga, va homila o‘limiga olib ham kelishi mumkin. Bundan tashqari, homila atrofi suyuqligi miqdori kamayishi, bo‘g‘imlar kontrakturasi, yuz-kalla deformatsiyalari va o‘pkalarning gipoplaziyasi ham sodir bo‘lishi mumkin.



Download 129.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling