Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Download 211.24 Kb.
|
Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er shar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektroosmos hodisasi nima 4. Elektrofarez nima
- Ushbu mavzuda fanning antik davrdan boshlab bugungi kunga qadar bo‘lgan rivojlanish tarixi yoritilgan va bosqichlarga ajratilgan.
Sinov savollari:
1. Qaysi muhitda tovushning tezligi kattaroq? 2. Tovushning tarqalishi qaysi omillarga bog‘liq? 20
Elektroosmos hodisasi nima? 4. Elektrofarez nima? 21
2.1. SUV MUVOZANATI TADQIQ OTLARI KURSINING MAQSADI, VAZIFALARI VA FANNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI Ushbu mavzuda fanning antik davrdan boshlab bugungi kunga qadar bo‘lgan rivojlanish tarixi yoritilgan va bosqichlarga ajratilgan. Sayyoramizdagi turli tabiiy resurslar orasida suv o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Tabiatdagi suv barcha turdagi-atmosfera, okean, yer po‘sti va biosferadagi suv resurslarini yaxlit o‘zaro bog‘liq siklga birlashtirib, uzluksiz sarflanadi va qayta tiklanadi. Qadimgi zamondan insonni atmosfera yog‘inlari, daryo oqimining hosil bo‘lishi kabi masalalar qiziqtirib kelgan va faqat XVII asrga kelib ularning o‘zaro bog‘liqligi miqdoriy baholangan. Ko‘p yillar mobaynida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida daryo oqimi haqida umumiy nazariya yaratiladi. Uning asosini daryo havzasiga yoqqan atmosfera yog‘inlarining yer sirtiga tushishi hamda oqim hosil qilish mexanizmi haqidagi tushunchalar, uning iqlim va boshqa tabiiy omillar bilan bog‘liqligini o‘rganish kabi masalalar tashkil qiladi. Oxirgi yillarda halq xo‘jaligida suvga ehtiyojning ortishi va suv resurslarining kamayishi daryo oqimining shakllanishini keng miqyosda o‘rganishga turtki beradi. Natijada daryo oqimi suv muvozanatining alohida komponenti sifatida iqlim va landshaftga bog‘liq holda o‘rganildi. Bu esa o‘z navbatida daryo havzalarida sodir bo‘layotgan butun gidrologik siklni, shu jumladan atmosfera yog‘inlarining vaqt va fazo bo‘yicha o‘zgarishlarini, daryo havzasidan bo‘ladigan bug‘lanishni, tuproq qatlamlariga suvning shimilishini va umuman havzada namlik dinamikasini o‘rganishni talab qiladi. Gidrologik hodisalar va jarayonlarni o‘rganishning ilmiy asosini materiya va energiyaning saqlanish qonunidan kelib chiqadigan suv muvozanati tenglamasi tashkil qiladi. Suv muvozanati tenglamasini yechish natijasida daryo havzasidagi gidrologik siklda qatnashuvchi komponentlar munosabati va ularning o‘zaro bog‘liqligini aniqlashga imkon yaratiladi. Suv muvozanati usuli, aslida eng ishonchli usuldir, uning yordamida daryo havzasidagi xo‘jalik faoliyati ta’sirida oqim rejimining va suv resurslarining o‘zgarishlarini ilmiy baholash va prognozlash mumkin. Shu bilan birga bu usul yordamida daryo havzasida insonning xo‘jalik faoliyati natijasida o‘zgargan suv muvozanatining atrof muhitga ko‘rsatgan ta’sirini ham baholash mumkin. Shunday qilib, suv muvozanati usuli gidrologiyada yangi, prinsipial imkoniyatlarni yaratdi. Bularga xo‘jalik yuritish tadbirlarining loyihasini tuzish davridayoq suv rejimi va atrof muhitning o‘zgarishlarini oldindan bashorat qilish masalalari kiradi. Fanning rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin. I BOSQICH. Sayyoramizning suv muvozanati va tabiatda suvning aylanishi haqidagi tushunchalarning manbai uzoq o‘tmishdadir. Bizga yetib kelgan adabiyotlardan ma’lumki, atom nazariyasining asoschisi Demokrit (460-370 yy) Nil daryosining toshqinlarini meteorologik hodisalar bilan bog‘lagan. Platon esa quruqlikdagi barcha suvlarning manbai dengiz suvlari deb hisoblagan. Miletlik Fales fikri bo‘yicha esa shamol ta’sirida okean suvlari yerning qatlamlariga o‘tib, yuqoriga ko‘tariladi va soy, daryolarni to‘yintiradi. Qadimgi davrning buyuk faylasufi Aristotel fikricha Yer sharidagi barcha suvlarning manbai bu atmosferadagi namlikdir. U daryolarning to‘yinishi esa atmosfera yog‘inlari va havodagi namlikning yer qobig‘idagi bo‘shliqlarga o‘tishi hamda kondensasiyalanishi hisobiga kuzatiladi, deb o‘ylagan. Mark Vitruviy Pollion birinchi bo‘lib grunt suvlarining infiltratsiya natijasida hosil bo‘lish nazariyasini asosladi. U bug‘lanish jarayonini, yog‘inlarning hosil bo‘lishini va yog‘ishini harakatga keltiruvchi kuch esa quyosh energiyasi va yer ichidagi issiqlikdir, deb aytgan. Faqat Lukretsiy Kar o‘zidan oldingi yashagan Demokrit va Aristotel fikrlarini umumlashtirib, daryo suvlari atmosfera suvlaridan hosil bo‘ladi va barcha suvlar o‘zaro bog‘liq, degan fikrni aytadi. Qadimgi tabiatshunos-faylasuflar tabiatda suvning aylanma harakatining alohida qismlarini tushunishsa ham, bu hodisalarni yaxlit o‘zaro bog‘liq gidrologik sikl sifatida ko‘rib chiqish kerakligini tasavvur qilishmagan. II BOSQICH. Faqat 1674 yildagina fransiyalik tabiatshunos olim Per Perro bu hodisalarni miqdoriy baholashga harakat qiladi va shu tufayli fanning bu rivojlanish bosqichi uning nomi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi tarixiy bosqichdagi P.Perro o‘tqazgan ilmiy-dala tadqiqotlari gidrologik sikl va daryo havzasining suv muvozanati tushunchalarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sena daryosi havzasiga yoqqan yog‘inlarni va undan hosil bo‘lgan oqimni o‘lchab, Perro daryo oqimi yog‘inlardan hosil bo‘ladi, degan to‘g‘ri xulosaga keladi. Perroning fikrlarini keyinchalik fransuz fizigi E.Mariott o‘z izlanishlarida eksperimental tasdiqlaydi. Perro va Mariottlarning suv muvozanat elementlarini kuzatishlari va hisoblashlari, daryo havzasining suv muvozanatini kelajakda o‘rganish uchun haqiqiy ilmiy asos bo‘ladi. Geofizik G.Galley 1709 yilda suvning yer kurrasidagi aylanish harakatini birinchi bo‘lib chizmada tasvirlaydi. Suv muvozanatining asosiy elementlarini o‘rganishga bag‘ishlangan D.Daltonning ilmiy ishi o‘sha davrning yirik yutug‘i hisoblanadi. Chunki D.Dalton birinchi bo‘lib suv yuzasidan bug‘lanishni hisoblash uchun o‘zining matematik ifodasini tavsiya etadi. III BOSQICH. Suv muvozanati tadqiqotlari fani rivojlanishining uchinchi bosqichida asosiy e’tibor suvning aylanish jarayonini matematik tenglamalar yordamida ifodalashga qaratiladi. A.I.Voyeykov 1884 yilda, birinchi bo‘lib, Kaspiy dengizining suv muvozanatini matematik tenglama yordamida ifodalaydi. Daryo havzasining suv muvozanati tenglamasini 1896 yilda A.Penk tuzadi. O‘rtacha ko‘p yillik davr uchun A.Penk tuzgan daryo havzasining suv muvozanati tenglamasi quyidagicha ifodalanadi: Download 211.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling