Swot -тахлили


III-bob yuzasidan xulosalar


Download 420.15 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi420.15 Kb.
#1576995
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
3-bob Navruza

III-bob yuzasidan xulosalar
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmuni yosh avlodni intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Yosh avlod intellektual salohiyatini yanada yuksaltirishga o‘ta muhim vazifa sifatida qaralib, milliy ma’naviyatimizning mushtarakligiga erishish, o‘zlikni anglash va ma’naviy tarbiya ishlarini sifat jihatidan yuqori pog’onaga ko‘tarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etdi. Mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab intellektual salohiyatli, ma’naviyati yuksak barkamol avlodlarni kamol toptirish eng muhim vazifalardan biri etib belgilandi. Barkamol insonni tarbiyalash, uni voyaga yetkazish, sog’lom psixologik ma’naviy muhitni tarkib toptirish, yoshlarni tafakkurini o’stirish, o‘qitish va tarbiyalash asosida quriladi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishning natijasini hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega. Bola shaxsni to‘la o‘rganish - uni qay darajada tafakkurining shakllanganliligini aniqlab beradi. Tadqiqotimizda kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish omillarni aniqlashda o‘quvchilar, o‘qituvchilar bilan olib borilgan kompleks ishlar o‘zining samarasini ko‘rsatdi. Demak, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishda tizimli va maqsadli yondashuvlar doimo ijobiy natijalarga olib keladi degan xulosani ayta olamiz.
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish avvalo, intellektual salohiyatli shaxslar qiyofasini shakllantirishga, aqliy fazilat (kompetensiya)larni tarkib toptirishga, salohiyatini yuksaltirib berishga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Olib borilgan tadqiqotimiz yuzasidan o‘tkazilgan tajriba-sinov ishlarida davomida quyidagi xulosalarni keltirib o‘tamiz:
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishda maktabdagi o‘qitish va o‘qish jarayonini yuksak darajada uyushtirilishi kerak.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish jarayonining muvaffaqqiyati o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq. Jamoa intellektual salohiyatli, aqliy yetukligi yuqori bo‘lsa, bolalar intizomli bo‘ladi.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish ishlarni rejali bo‘lishi va hamjihatlik bilan amalga oshirilishi tafakkurining shakllanganlik samaradorligini ta'minlaydi.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish maktabda ijobiy, emotsional sharoit yaratish jarayoniga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatadi. Barcha o‘quvchilarning maktabdagi umumiy tartib, hayot rejimiga amal qilishiga erishmoq darkor.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish tafakkurni, ongni, axloqiy tushunchalarni shakllantirishda psixologik treninglar, tafakurni rivojlantiruvchi metodikalar, suhbat, munozara kabi metodlardan, intellektual mashqlar, bolalarning aqliy faoliyatini o’stiruvchi metodlaridan foydalaniladi.

Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishda ta’lim tashkilotlarining o‘quvchilar jamoasi bilan hamkorlikdagi shart-sharoitlarning tashkillashtrilishi, o‘quv mashg’ulotlari bilan o‘zaro uyg’unligi, psixologik treninglar faoliyatni tashkil etish va maqsadli yondashuvlardan ijodiy foydalanish o‘ziga xos murakkab psixologik jarayon bo‘lib, tajriba-sinov ishlariga asoslanib, quyidagilarni tavsiya qilamiz:
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishda ijtimoiy institutlarning faolligini yanada oshirish lozim.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishda tarbiya va ibrat namunasi bo‘lgan mas’ul shaxslarning (ota-oanalar, o‘qituvchi-tarbiyachilar, mahalla faollari)larning ushbu yondashuvga mas’uliyat bilan yondashishini tashkillashtirish.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish ularining yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularga tafakkurni shakllanganlik darajasini bosqichma-bosqich shakllantirib rivojlantirish lozim.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarida yuqorida keltirilgan metodikalar, turli pedagogik-psixologik treninglardan foydalanish orqali ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish lozim.
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirish ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda psixologik metodikalar orqali tashkillashtirilgan tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish;
  • Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkurini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning xalqaro tajribalar asosida tashkil etish (diafilmlar, psixologik treninglar, tafakkurni o’stiruvchi didaktik vositalar)


Download 420.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling