T. M. Magrupov, B. M. Mirshaxodjayev
Download 3.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Tizimli yondashuv asoslari
UO'K: 62:57.089
KBK 32.81 ya7 Taqrizchilar: M .M . A ripov - 0 '2 M U f-m.f.d., professor; Sh.Pirmatov - ToshDTU Oliy matematika kafedrasi mudiri f-m.f.n., dotsent. ISBN 978-99 4 3 -5 6 7 8 -7 -0 © «F an va texnologiya» nashriyoti, 2019. KIRISH Zamonaviy jamiyatda tizimlar tasavvurlar shu darajaga yetdiki, amaliyotda yuzaga keladigan muammolami Yechishda tizimii yondashuvning foydali va muhim ekanligi haqidagi fikr maxsus ilmiy qarashlar doirasidan chiqib umumiy kundalik masalaga aylandi. Endi faqat olimlargina emas, balki o‘qituvchilar, ishlab chiqarish tashkilotchiiari, madaniyat kishilari va boshqalar ham o‘z faoliyatlarining tizimliligini his qilgan holda, o ‘z ishlarini tizimii tashkil etishga urinmoqdalar. Boshqarish o‘z ichiga ta’sir mexanizmini va holatni inson faoliyatini, sotsial (ijtimoiy) guruhlami oladi. «Boshqaruv - ta ’sir» asosida paydo bo‘lib, u asosiy strukturalami, prinsiplami va obyekt tizimlarini o‘zaro aloqasini tasniflaydi. Tizim tushunchasi hozirgi zamon adabiyotlarida keng tarqalgan kategoriyalar turkumiga kiradi. Tizimlar nazariyasini aniq dunyoni o ‘zaro aloqalar va ulami o‘zaro bog‘liqliklarini nazariy asosda ifodalash uchuy tartiblash sifatida qaraydi. Tizim tushunchasini bir necha ta’riflari mavjud bo‘lib, ulami shartli 3 asosiy guruhga bo‘lish mumkin. Bir gumh olimlar tizimni jarayonlar kompleksi (majmuasi) va paydo bo‘lishi hamda ular orasidagi bogMiqlikni, ko‘rsatuvchi ta’sirisiz sifatida qaraydi. Bizning yutuqlarimiz muammoni yechimiga qanchalik tizimii yondashishimizga bog‘liq bo‘lgani kabi, kamchiliklarimiz tizim- lilikdan qanchalik uzoqlashganligimizga bog‘liq. Mavjud faoliyat yetarli darajada tizimii asosida yondashish emasligi haqidagi ogohlantirish bu muammolaming paydo bo‘li- shiga olib keladi. Yuzaga kelgan muammolami faoliyatimiz yangi, yanada yuqori daraja tizimliligiga o ‘tkazish yo‘li bilan yechiladi. Shuning uchun tizimlilik faqatgina holat emas, balki jarayon hamdir. Kompyuterlaming insoniyat faoliyatini barcha sohalariga jadal tatbiq etish, elektron va hisoblash qurilmalarini hamda avto- matlashgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish, ulami xalq xo‘ja!igining barcha sohalariga tatbiq etish fan va texnikani, ishlab chiqarishni rivojlanishi va ulaming yangi sohalari bo'yicha mutaxassislami tayyorlash va qayta tayyorlash muammolarini kun tartibiga juda keskin qo‘ydi. Ilmiy va texnik muammolar, nazariya va amaliyotning yutuqlari yangi matematika muhandis muta- xassisini paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida aniq amaliy faoliyatda muhandislik bilimlarini chuqur nazariy bilimlar bilan bog‘langan holda matematika fani usullaridan foydalanish imkonini berdi. Texnikaning hozirgi kundagi darajasi boshqaruv jarayonini toTiq avtomatlashtirishni talab qiladi. Ma’lumotlami qayta ishlash va avtomatik boshqarish masa- lalarini tizimli yondashuv asosida yechish usullari insoniyat faoliya- tining barcha soha mutaxassislariga zaruriy etiyojdir. Ulaming barchasi ilmiy va texnik, ma’lumotlami qayta ishlash jarajonida bu usullarga murojaat qiladilar. Shu o ‘rinda tizimli tahlil va tizimiy yondashuv asosi o ‘ta dolzarb masala bo‘lib, bu o ‘z navbatida inson hayoti, fan va texnika, ishlab chiqarish jarayonlarida tizimli usullardan foydalanish va kerak bo‘lganda optimal yechimlar qabul qilish imkonini beradi. Shu sababli, ushbu darslik keltirilgan muammolami yechishga bag‘ishlangan. 4 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling