T. Xudayshukurov Biznes – etiket


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/58
Sana20.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1712619
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
salonga chiqish; aviakompaniya; biletdagi joy; chekish; tez–tez o’rnidan 
turish; suhbat qurish; xayrlashish. 
Nazorat savollari: 
1. Samolyot saloniga chiqishda etiketning qaysi qoidalariga rioya qilish 
kerak? 
2. Samolyot salonida o’zini qanday tutish lozim? 
3. Samolyotning salonidan chiqishda etiketning qaysi qoidalariga rioya 
qilinishi shart? 
 
13.3. Poyezdda ketish etiketi qoidalari
 
Har xil sabablarga ko’ra ba’zi bir vatandoshlarimiz poyezdda safarga 
borishni yoki sayohat qilishni afzal ko’rishadi. Poyezdda ketishda ham 
yo’l etiketi qoidalariga rioya qilinishi shart. 
Vagonga kirishda bortprovodnik va kupega kirganda u yerda o’tirgan 
yo’lovchilar bilan salomlashish lozim. Poyezd shinavandalari shuni 
eslaridan chiqarmasliklari kerakki, kupe faqat bir kishi uchun emas, unda 
ketadigan barcha yo’lovchilar uchun mo’ljallangan. Shu sababli ham 
o’zlarining kiyim–kechaklarini yechish va joylashtirishdan oldin ushbu 
haqiqatni hisobga olish lozim. Yana shuni esdan chiqarmaslik kerakki, 
chekish man etilgan vagonda chekishga harakat ham qilmaslik kerak. 
bundan tashqari vagonning tor koridorida boshqalarga halaqit bermaslik 
uchun u yoqdan bu yoqqa yuraverish ham mumkin emas. 
Kupeda nonushta qilishda ham etiket qoidalariga qat’iy rioya 
qilinishi lozim, chunki kupedagi stol hamma yo’lovchilar uchun 
mo’ljallangan. Bundan tashqari qo’shnilarga e’tibor bermasdan ha deb 
taom 
iste’mol qilaverish bo’yicha hatti–harakatingiz ketayotgan 
yo’lovchilarga yoqmasligi va beodoblik sifatida qabul qilinishi mumkin. 
Xuddi shuningdek, taom qoldiklarini ovqatlangan stol ustida qoldirish yoki 


119 
kupe oynasini ochib, tashqariga otib yuborish ham madaniyatsizlik belgisi 
hisoblanadi. Tinmasdan ko’p gapiraverish ham odamning madaniyati 
pastligidan darak beradi. Kupeda ketishda va boshqa yo’lovchilar bilan 
muloqot qilishda, ularning notanish odamlar bo’lishiga qaramaslan, 
hurmat va xushmuomalalik bilan munosabat qilish lozim bo’ladi. Bu 
umuminsoniy qoida hyech qachon unutilmasligi kerak. 
Ko’pchiligimiz esdalik suvenirlarini yaxshi ko’ramiz, lekin kupega 
qo’yilgan buyum va predmetlarni suvenir sifatida olib ketish qat’iy man 
etiladi. 
Poyezdan tushishdan oldin ham har bir yo’lovchi o’zining qiyofasini 
tartibga keltirishi lozim, ya’ni yuvinish, soqol–mo’lovlarini olish, taranish, 
toza ko’ynak va boshqa kiyimlarini kiyishi, tushishda esa provodniklar 
bilan xayirlashish kerak. 
Shunday qilib, O’zbekiston fuqarosi qaysi mamlakatga qanday 
transport vositalarida borishidan qat’iy nazar, yuqori madaniyatga ega 
bo’lgan millatga mansub ekanligini unutmasligi va O’zbekiston to’g’risida 
salbiy fikrlarning shakllanishiga olib keladigan hatti–harakat va muloqot 
qilmasligi kerak. 
Yuqorida ko’rsatilgan yo’l qoidalari respublika bo’yicha safarga 
chiqadigan yoki sayohat qiladigan biznesmenlarga ham taalluqli. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling