T. Xudayshukurov Biznes – etiket
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 13. Yo’l etiketi qoidalari 13.1. Yo’l ketishga tayyorlanish
Tayanch iboralar:
biznes faoliyati; ichimliklarni ichishdan maqsad, ichish idishlari va sig’imlari; uy egasining asosiy xizmati; sortli va aralashtirilgan vinolar; ordinar, markali va kolleksion vinolar; ordinar, markali va kolleksion kon’yak; yuqori sifatli vinolar butilkasini ochish va vinoni mehmonlar idishiga qo’yish; qizil vinolar butilkalarining og’zini ochish va mehmonlar idishiga quyish; vijillab turadigan vinolar. Nazorat savollari: 1. Biznesmenlar ziyofatida nima uchun vino ko’p iste’mol qilinmaydi? 2. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilishda qaysi idish turlaridan foydalaniladi va ularning sig’imi qanday bo’lishi kerak? 3. Ishlab chiqarishda uzum navlari soniga qarab vinolar qaysi turlarga bo’linadi; 4. Vinolar saqlash muddatiga qarab qaysi guruhlarga bo’linadi? 5. Ishlab chiqarish texnologiyalari bo’yicha vinolar qaysi guruhlarga bo’linishi mumkin? 6. Kon’yaklar qaysi turlarga bo’linadi va ular bir - birlari bilan nimadan farq qiladi? 7. Oq vinolarni ochish va mehmonlar idishlariga quyish texnologiyasini bilasizmi? 8. Qizil osh vinolari butilkalarining og’zi qanday ochiladi va idishlarga qanday quyiladi? 9. Vijillab turadigan vinolar butilkalarini qanday ochish va vinolarni idishlarga qanday quyish mumkin? 13. Yo’l etiketi qoidalari 13.1. Yo’l ketishga tayyorlanish Biznesmenlar o’z faoliyati bo’yicha respublikaning boshqa mintaqalariga, xalqaro biznes bilan shug’ullanadiganlar esa boshqa mamlakatlarga ham safarga chiqishadi. Ma’lumki safarga chiqish yo’l transport vositalarining biridan foydalanishni taqozo qiladi. Bugungi kunda uzoq masofalarga safarga borishda vaqtni tejashga imkon beradigan transport vositalaridan biri samolyot hisoblanadi. Safarga borishda ham xalqaro tajribada qabul qilingan etiket qoidalariga itoat qilish talab qilinadi. O’zbekiston fuqarosi bo’lgan biznesmenlar nafaqat borgan joylarida, yo’lda ketishda ham buyuk va qadimiy millat vakillari sifatida yuqori madaniyatli xalq vakillari 116 ekanliklarini unutmasliklari lozim. Etiket qoidalariga rioya qilish, ayniqsa chet mamlakatlarga borganda, katta ahamiyatga ega. Shu boisdan ham ushbu bandda chet mamlakatlarga borishda yo’l ketish etiket qoidalariga urg’u beriladi. Ushbu yo’l qoidalari O’zbekiston bo’yicha safarga chiqadigan biznesmenlarga ham to’liq taalluqlidir. Yo’l ketish qoidalariga itoat qilish safarga tayyorlanishdan boshlanadi. Yo’lga chiqishdan oldin boradigan mamlakat va u yerda yashaydigan xalqlarning urf–odatlari va rasm–rusumlari to’g’risidagi mavjud ma’lumotlar bilan tanishib chiqish lozim. Yo’lga tayyorlanish biznesmenning qiyofasini tartibga solishdan va yo’l kiyimlarini tanlashdan boshlanadi. Biznesmenlar safarga chiqishdan oldin soqol-mo’ylovlarini qirtishlab olishlari va pokiza yuvinib– taranishlari lozim. Bundan tashqari yo’l va borgan joylarida kiyadigan kiyimlarini tanlashlari va ajratib joylashtirishlari kerak. Tanlangan yo’l kiyimlari (ustki va oyoq kiyimlari), birinchidan, yo’lda kiyib ketish uchun qulay, toza va dazmollangan, rangi bo’yicha boshqa kishilarning diqqatini tortmaydigan hamda unda har xil hayvonlar rasmlari va boshqa rasmlar solinmagan bo’lishi kerak. Yo’lda kiyiladigan kiyimlar chemondan yoki yo’l sumkasining ustida joylashtirilishi lozim, uning sababi kelgusi bandda ko’rsatilgan. Safarga tayyorlanishdan tashqari tanishlar va bo’lajak hamkor uchun sovg’alar tanlanishi lozim. Sovg’ani tanlashda xalqning urf–odat qoidalarini va an’analarini hisobga olishi lozim. Bundan tashqari hamkorlarga beriladigan sovg’a arzon narxda va shu bilan birga orginal bo’lishi kerak. lekin savg’ani berishda uning narxi ko’rsatilgan qog’oz olinib tanashanadi, chunki sovg’a narxi bilan emas, hamkorga bo’lgan hurmat bilan diqqatga sazovordir. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling