Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Grafik organayzerlar. Kontseptual jadval


Download 0.54 Mb.
bet25/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

Grafik organayzerlar. Kontseptual jadval o’rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quvchilar:
1. Kontseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo’yicha xususiyatlarni ajratadilar
2. Alohida yoki kichik guruhlarda kontseptual jadvalni to’ldiradilar:

    • enigataqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi;

    • bo’yigataqqoslanish bo’yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi.

3. Ish natijalarining taqdimoti.

Oltingugurt oksidlari




Tarqalishi




Xossalari




Ishlatilishi

SO2



















SO3





















Venn diagrammasi-2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
O’quvchilar:
1) kichik guruhlarda Venn diagrammasini tuzadilar
2) juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar.
3) doiralarning kesishuvchi joyida ikki doira uchun umumiy bo’lgan fikrlar ro’yxatini tuzadi.
4) ish natijalarining taqdimoti.

Nima uchun?” sxemasi
“Nima uchun” sxemasi- muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo’yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.

Nima uchun” sxemasi


O’quvchilar kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. Sxema chiziladi, muammoning dastlabki sababi aniqlangunga qadar davom etadi. Kichik guruhlar birlashadi. Fikrlar taqqoslanadi. Umumiy chizmaga keltiriladi. Ish natijalari taqdimot qilinadi.


Nazorat savollari
1. Interfaol metodlarga misollar keltiring
2. Strategiyalardan qaysi biridan motivatsiya va refleksiya uchun foydalanish mumkin?
3. Grafik organayzerlarning avzalliklari nimalardan iborat?


10-ma’ruza
Mavzu:Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda o’qituvchi faoliyatini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish


Ma’ruza rejasi:
1.Kimyodan sinfdan tashqari ishlarda o’qituvchi faoliyati.
2.Kimyoni innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish.

Kimyo o`qitishda ko`rsatiladigan eksperimentlardan foydalanish eng muhim metod sanaladi. Kimyo o`quv predmetining o`ziga xos xususiyati ham shu nazariy mazmunning bir vaqtning o`zida mavhum holda emas, isbotiy bo`lishi bilan ahamiyatlidir. Namoyishli eksperimentni o`qituvchi, laborant yoki talaba ko`rsatib turishi va o`qituvchi izohlab borishi mumkin. Kurs boshida hali o`quvchilarda kimyoviy tajribalarni bajarish ko`nikma va malakalar rivojlanmaganda o`qituvchi o`zi yoki laborant o`tkazadi.Namoyishli tajribalar ayniqsa foydali holat kasb etganda katta qiziqish orttiradi.


Masalan, CO 2 bilan o`t o`chirishni ko`rsatish;
Ko`rgazmalilik - shunday olib borish kerakki bajarilayotgan tajribalarni o`quvchilar hammasi ko`ra olsin. Ko`rgazmalilikdan kadoskop va boshqa jixozlardan unumli foydalanish lozim.
O`quvchilarga ko`rsatiladigan tajribalar oddiy, xavfsiz, ishonchli tarzda bo`lishi shart. O`tkazilayotgan eksperiment tafsilotlarini albatta izohlab borish lozim.
Tajribalar o`tkazilayotganda quyidagi metodlarga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. Tajribaning maqsadini qo`ya bilish: o`quvchilar nima sababdan tajriba o`tkazilishini tushinishi kerak.

  2. Tajribalar o`tkazilayotgan jixozlarning chizmalarini chizish; sharoitni belgilash, (reaksiya qanday sharoit va muhitda olib boriladi.)

  3. O`quvchilarning kuzata bilishini tashkil etish. (Nima bo`layapti-yu, natija nima bo`ladi anglab yetish)

  4. Nazariy xulosalar chiqara bilish; eksperimentning rivojlantiruvchi funksiyasi, o`qituvchining so`zi bilan amalga oshadi. Ular:

  1. Tajribaning o`zidan bilimlar paydo bo`lishi.

  2. O`qituvchining so`zi izohlari kuzatishini to`ldirib borishi.

O`qituvchi o`qitish jarayonida o`quv - ko`rsazmali vositalardan foydalanishi-
bu holat kimyo ta`limi sifatida ijobiy ta`sir etadi. Ular: sinf doskasi, har xil jadval va tablisalar, modellar, maketli, magnitli applikasiyalar, ekran qo`llanmalari va hokazolar.
Interaktiv doskasi eng muhum vosita rolini bajaradi. Dars mazmuniga doir formula, tenglamalar ayrim yozuvlar doskadan unumli foydalangan holda yozilishi kerakki mavzu mazmunini tushuntirish yakunigacha doskadan o`chirmaslik kerak.
-Og’zaki ko’rgazmali - amaliy metodlar asosida o`quvchilarning amaliy faoliyati yotadi. Bu faoliyatda o`qituvchining rahnomoligi albatta yunaltiruvchi faoliyat kasb etadi. O`quvchilarning mustaqil ishlashlari har xil shaklda amalga oshiriladi. Bu shakllar: jamoa, guruh, yakka - yakka ko`rinishlarda bo`ladi. Ularning turlari ham har xil. M: O`quvchi eksperiment (laboratoriya tajribalari amaliy mashg`ulotlar). Kimyoviy masalalar yechish, adabiyotlar bilan ishlash, ijodiy topshiriqlar bajarish, (jixozlar konstruksiyasi, modellar yasash) nazorat ishlarini bajarish, mustaqil ishlar o`quvchilarning yangi bilim egallash ko`nikma va malakalar shakllanishidagi, fanni o`rganishdagi eng muhim sohasi bo`lib hisoblanadi.
Olingan bilim, ko`nikma, malakalar faoliyatga mustaqil ravishda tadbiq etilsa samarali bo`ladi. Mustaqil ishlar o`quvchilarga ta`lim- tarbiya berish, rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
O`quvchining mustaqil ishi olingan bilim ko`nikma malakalarni faoliyatda tadbiq etish bilan bilimlar manbai bo`lib hisoblanadi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling