Tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi «kimyodan sinfdan tashqari ishlar»


Download 0.54 Mb.
bet26/94
Sana14.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1356791
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
ksti ma\'ruza lotin yangi

O`quvchi eksperimenti - mustaqil ish turi bo`lib hisoblanadi. Shu usul bilan o`quvchi o`zidagi bilim ko`nikma malakalar darajasini ham sinab ko`radi.
O`quvchi eksperimenti maqsadi, uni kelgusi mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. O`quvchi eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy mashg’ulotlarga bo`linadi.
Ular didaktik maqsadlar bilan farq qiladi.
Laboratoriya tajribalari - yangi bilimlar olish, yangi materialni o`rganish bo`lib hisoblanadi.
O`quvchi eksperimenti quyidagi bosqichlarda amalga oshadi:

  1. Tajribani maqsadini tushuntirish;

  2. Moddalarni o`rganish;

  3. Jixozni yig`ish yoki tayyorlashdan foydalana bilish;

  4. Tajribani bajarish;

  5. Natijalar tahlili va xulosalar chiqarish;

  6. Olingan natijalarni izohlash va kimyoviy tenglamalar tuzish.

  7. Hisobot yoza olish.

O`quvchi o`z oldiga qo’ygan muammoning yechimini tushunib yetishi kerak.
Kimyo fanidan o`quvchilarning laboratoriya tajribalari yakka, guruh, jamoa holda amalga oshadi. Laboratoriya mashg`ulot joylari oldindan o`quvchiga ajratib qo’yiladi.
Laboratoriya tajribalari yangi material mazmunini tushuntirish jarayonida olib boriladi.
Amaliy mashg’ulotlar - ma`lum mavzular o`rganilgach, ularning oxirida olingan bilimlarni mustahkamlash, takomillashtirish, konspektlash hamda ko`nikma va malakalarni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Kimyodan amaliy mashg’ulotlar- o’quvchi va talabalarning bilim ko`nikmalarini shakllantirishning asosiy omilidir. Amaliy mashg`ulotlarda ko`nikma va malakalar shakllanishiga katta e`tibor beradi. Amaliy mashg`ulot VII sinfdan boshlab o`tkazila boshlaydi. Har bir amaliy mashg`ulotni o`tkazishda reaktiv, jixoz va kimyoviy asbob bilan ishlashning texnik qoidalari, muomila qilish ko`nikmalariga alohida ahamiyat berish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilish talab etiladi. Amaliy mashg`ulotlar ikki xil ko`rinishda bo`ladi: berilgan yo’riqnoma asosida o`tkaziladigan mashg`ulotlar va eksperimental masalalar yechish bilan bog`liq tajribalar.
Yo’riqnoma - berilgan yo`l - yo`riq asosida o`tkaziladigan tajribalar. Unda tajribaning har bir bosqichi yozma holda berilgan bo`ladi. Ular darslikda yozilgan holda mavjud.
Eksperimental masalalar - yo’riqnoma berilmasdan masala sharti beriladi. Shu shartga asosan o’quvchi ijodiy ravishda mustaqil ish bajaradi. Eksperimental masala yechishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilgan holda, kerakli reaktiv jixozlar stolga qo`yiladi.
Tajribalar yakunida maxsus daftarga hisobotlar yoziladi. Hisobotlar kimyo xonasida saqlanadi.
Hisobot shakli quyidagicha bo’lishi mumkin:
1) sinf. 2) o`quvchi f va i. 3) fan. 4) ishning mavzusi. 5) tajribaning nomi. 6) tajribaning maqsadi. 7) bajarish tartibi. 8) jixoz chizmasi va kuzatish xulosalari. 9) xulosa va reaksiya tenglamalari.
O’qitish metodiga qo’yiladigan talablar: Normal tashkil qilingan ta’lim- tarbiya jarayoni biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi.
Har bir metod o’quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, talabalarning saviyasiga va tayyorgarligiga, maktabning (kimyo laboratoriyasi bor-yo’qligiga) qarab tanlanadi.
O`qitishning ko`rgazmali og`zaki bayon etish metodlari o`qituvchining nutqi bilan o`quv jarayonida ko`rgazmalilikning turli vositalaridan foydalanib dars o`tishni ko`zda tutadi. O`qitish metodlari didaktik vositalariga ma’lum talablar qo`yadi. Masalan, namoyish qilinadigan eksperiment va natural ob’ektlar (masalan, reaktivlar) moddalarning xossalarini va kimyoviy reaksiyaning tashqi alomatini o`rganishga katta Yordam beradi. Modellar, chizmalar, grafiklar, shuningdek, moddaning formulasi va jarayonlarni ifodalovchi tenglamalarni tuzish, jarayonlarning mohiyatini tushunishga, moddalarning tarkibi va tuzilishini o`rganishga, kuzatilgan hodisalarni nazariy asoslashga Yordam beradi.
Mavzu bo`yicha kompleks jihozlashni amalga oshirish didaktik birlikning ko`rinishini ifoda etadi. Uning mohiyati shundan iboratki, o`qitishning turli masalalarini hal qilish uchun bir darsning o`zida ko`p vazifalarni bajaruvchi va bir-birini to`ldiruvchi turli ko`rgazmali vositalar ishlatiladi. Masalan, namoyish qilinadigan asbob juda kichik bo`lsa va uzoqdan Yomon ko`rinsa, o`qituvchi asboboning qurilmasini doskaga chizib ko`rsatishi Yoki magnit applikasiyasi Yordamida tayyorlangan chizmani ko`rsatish mumkin. Murakkab jarayonlarni tushuntirishda jarayonlarning dinamik modelini multiplikasiya qilib, kompyuter va videoglaz yordamida katta ekranda namoyish qilib ko`rsatiladi.
Ko`rgazma vositalarini o`qituvchining so`zi bilan tushuntirilishiga katta e’tibor qaratilishi kerak. O`qituvchining sharhisiz ko`rsatilgan tajriba faqat foydali bo`lmasdan zarar keltirishi ham mumkin. Masalan, ruxning xlorid kislota bilan o`zaro ta’sirini namoyish qilishda o`quvchilarda vodorod kislotadan ajralib chiqmasdan, degan fikr paydo bo`lish mumkin, balki ruxdan ajraladi. Ko`p uchraydigan xatolikning misoli sifatida eritmaning muhitini aniqlashning mohiyatini tushuntirmay, tajriba o`tkazilganda ko`pchilik o`quvchilar indikatorning rangi o`zgarmasdan balki indikator tushurilgan eritmaning rangi o`zgaradi, degan fikrga kelishlari mumkin. SHuning uchun o`qituvchining so`zi rahbarlik qiluvchi va yo`naltiruvchi vazifani o`taydi.
Namoyishli eksperimentdan tashqari o`qituvchi ixtiyorida ko`rgazmalilikning juda ko`p vositalari bo`lib, ulardan foydalaninsh darsning samaradorigi va sifatini oshiradi. Ularga sinf doskasi, maketlar, magnit vositalari, ekran qo`llanmalari, mavzuga tegishli turli xil va boshqalar kiradi. Ular kimyoviy eksperiment bilan birgalikda yoki alohida o`qituvchining izohi, tushuntirishi bilan qullanishi mumkin.
Doskaga yozishni avvaldan rejalashtirish kerak. Doskadagi yozuvlarni shunday ketma-ketlikda yozish kerakki, unda darsga tegishli boshqa materiallar o`z aksini topishi va dars oxirigacha saqlanishi kerak. Bunday holatda o`quvchilar tushunmay qolgan joylarini o`qituvchi qayta tushuntirish imkoniyatiga ega bo`ladi. O`qituvchi o`quvchilarning doskaga yozishlarni ham nazorat qilishi kerak. Ularning yozuv ham tiniq, ham tartibli bo`lishi talab etiladi. Kimyoviy formulalarni keltirib chiqarish, moddalarning olinishi va kimyoviy xossalari reaksiya tenglamalarini tartibli va to`liq doskaga yozib borish kerak bo`lgan holda doskadan foydalanish boshqa ko`rgazma vositalardan afzal hisoblanadi. Darsda toza doskadan foydalanish kerak.
Turli didaktik maqsadlarda qo`llaniladigan diagrammalar, moddalarni ishlab chiqarishni ifodalovchi , kristal panjaralar modellari, jadvallar va ning afzalligi shundan iboratki, ularni hamma vaqt o`quvchilarga qo`rsatish mumkin. Ulardan darsning har qanday didaktik bosqichida, ya’ni materialni o`rganishda, darsni mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda foydalanish mumkin.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling