1) Foydalanish lozim bo‘lgan mavjud tabiiy resurslarning miqdori va sifatini aniqlash;2) Ishlab chiqarishning xom ashyo bazasini reja asosida kengaytirish; 3) Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va tiklashda fan va texnika yutuqlariga tayangan holda ish tutish; 4) Tabiiy resurslardan foydalanishda texnikani takomillashtirishga va aholining dunyoqarashini shakllantirishga alohida e’tibor berish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va «Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qarorlarda tabiiy resurslar, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning ekologik, xukukiy asoslari bayon qilingan va ularni bo‘lg‘usi soha egalari ya’ni har bir OTMning “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” ta’lim yo‘nalishlari talabalari batafsil va mukammal bilishlari shart va bunga ular majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining: 50-moddasida, “Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”. 54-moddasida, “Mulkdor mulkiga o‘z xohshicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shahslar va davlatninghuquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”. 55-moddasida, “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” ekanligi belgilab qo‘yilgan.O‘zbekiston Respublikasida: «Tabiatni muhofaza qilish», «Suv va suvdan foydalanish haqida», «Yer to‘g‘risida», «Atmosfera havosi to‘g‘risida», «O‘simliklar va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida» qonunlar kabul qilingan. Ma’lumki, butun tabiiy ob’ektlar — yer, yer osti, yer usti boyliklari, suv, o‘rmon, atmosfera havosi, o‘simlik va hayvonot olamining vakillari davlat mulki xisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida
Do'stlaringiz bilan baham: |