Tadbirkorlik pdf


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/175
Sana08.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1462865
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175
Bog'liq
tadbirkorlik

Qisqa xulosalar
Eksport diversifikasiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovar va xizmatlar
nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi
(ayniqsa, xomashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz
eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining
barqaror bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy
o’zarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib
ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda
eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning natijasida
eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo
balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz
tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek eksport umumiy hajmining kam sonli
davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.
Eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi
savdo aylanmasini divesifikasiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat
o’zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy
yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat
qiladi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Mamlakatning raqobatbardoshligini ta’minlovchi omillarni sharhlab bering.


2. Tarkibiy o’zgarishlar siyosatining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
3. Tarmoq ichidagi, tarmoqlararo va xalqaro sanoat kooperasiyasining
ahamiyati va iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishdagi rolini
izohlang. 
4. Mamlakatimizda loyihalarni mahalliylashtirish dasturiga kiritish va
monitoringini olib borish mexanizmi qanday joriy etilgan?
5. Respublikamizda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish omillari va
yo’nalishlari nimalardan iborat?
6. Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmalarining rolini
tushuntiring.
7. Eksportni diversifikasiya qilish yo’nalishlari va imkoniyatlari nimalardan
iborat?
8. Tarkibiy o’zgarishlar siyosatini davom ettirish bo’yicha belgilangan
vazifalarning o’zaro bog’liqligini izohlab bering.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling