Tahririyatga maktub
She’riyatga oshufta ko’ngil
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
She’riyatga oshufta ko’ngil
Hibsxona xodimi Tarixov Berdax, o’z navbatchiligini qabul qilarkan, sekin xirgoyi qilayotgan jumlalarini eshitib qoldim. Ajdodlar makoni ota yurtimsan, Temur bobom yakka iqlimsan, Dunyo ichra yolg’iz tanho o’zingsan. Aytchi, Vatan seni sevmay bo’lar-mu. Ko’z ochib ko’rganim, jonu jahonim Kindik qonim to’kilgan ota makonim, Yolg’izim, yagonam O’zbekistonim, Aytchi, Vatan seni sevmay bo’lar-mu. Men seni sevaman toki tirikman, Har soniya, har onda tan, jonim bilan, Sevaman, toabad iymon-u, e’tiqod bilan. Aytchi, Vatan seni sevmay bo’lar-mu. Ichki ishlar xodimlari orasida ham sa’nat va adabiyotga oshno tutinganlar ham talaygina. Hibsxona xodimi Tarixov Berdax ham ana shunday she’riyat ixlosmandlaridan biri. Adabiyotga, ayniqsa she’riyatga mehr qo’ygan osoyishtalik posboni xizmatdan bo’sh paytlarida qalb kechinmalarini qog’ozga tushiradi. Men hozirda ushbu hibsxona mahbusasiman, 17-kamerada o’z ijodim bilan band bo’lganimda, ushbu kamera rakovinasidan suv toshib xodim balondyor bilan kameraga kirar ekan, stol ustidagi turgan rasm va yozilgan qog’ozlarga ko’zi tushdi-yu, balondyor suvni to’xtatib uni tuzatguncha xodim qog’ozni stol ustidan olib o’zi o’tirdi-da, kitob yozyapsizmi dedi. Men esa ha dedim. Bu-chi dedi men unga bittasi she’riy kitob, ikkinchisi esa mahkumalar hayotidan hikoyalar kitobi, deya javob berdim. Ularning she’rga qiziqishini sezdim, kitoblarni sevib o’qishini, kitobga bo’lgan mehr-muhabbati cheksiz ekanligini angladim, xirgoyi qo’shig’ida esa o’z ona-Vataniga, o’z kasbiga bo’lgan mehrni sezdim. Ular qo’llariga yangi kitobni olib birma-bir varaqlab o’qishida esa ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatga bo’lgan hurmati naqadar ulug’ ekanligini anglab yetdim. Shu kundan boshlab, ularni har navbatchilik kunida menga nisbatan mehr va hurmatini sezib o’z ijodimga bo’lgan intilish, kitoblarimni va she’rlarimni yaxshi ko’rishim, sevib mutolaa qilishim, qadriyatlarimizga bo’lgan hurmatim esa kun sayin oshib borayotganini tushunib yetdim. Ushbu xodim bu hatti-harakatlari bilan, nafaqat o’zining she’riyatga oshufta ekanligini bildiribgina qolmasdan mening ham o’z ijodimga bo’lgan qiziqishimni yanada ortishida o’z Vatanimga bo’lgan hurmatimni yozgan she’rlarimda tarannum etishimga turtki bo’ldilar. Meni jaholatga qarshi ma’rifatga yetakladilar. Kuchimga - kuch, g’ayratimga - g’ayrat qo’shdilar. Vaqti kelib men ham bir kuni, She’r o’qigum minbar oldida, Uvaysiydek, Nodira kabi Bosh ko’targum xalqim oldida. Alamlar sinaydi, mening sabrimni Gunohlarim uchun tortdim jabrini, Pushaymon o’rtaydi mening qalbimni, Qadrimga yig’layman, qadrimga faqat. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling