Tahririyatga maktub


Muallif tilidan. Daydi yigit hikoyasi


Download 256.56 Kb.
bet8/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Muallif tilidan. Daydi yigit hikoyasi.
Umr o’tkan sayin insondan uzoqlashib boradigan ayni paytda hayot charqida sayqal topib, odamning qalbidan chuqur va mustahkam joy oladigan sog’inchli xotiralar hamisha aziz va qadrlidir. Yoshlik paytingizdan boshlab ko’rgan-tanigan, va bilgan kishilaringizni yoru-birodarlar, turfa hil qiyofalar.
Muallifning ma’rifiy-ahloqiy ruhdagi ushbu hikoyalari maroq bilan o’qiladi. Daydi yigit hikoyasida ham shunday o’rinlar borki, uni o’qiyotganida kishining vujudida bir titroq paydo bo’ladi. Chunki oilasiga zulm o’tkazishdan boshqa ish qilmaydigan, faqat uxlash uchungina uyga keladigan er bilan yashashga majbur Saida uyda yeyishga bir burda noni va oziq ovqati qolmasada ovoz chiqarmasdan Allohdan so’rab bolalarini birovga muhtoj qilmasdan, o’zingdan boshqa panohim va suyanchig’im yo’q! deb har doim iltijo qiladi. Hikoyada Saida va Dilbar obrazlari juda yorqin ifoda etilgan bo’lib, bu ikkala mushtipar ayolning Ixtiyorning jirkanch to’riga ilinib uning yolg’on va’dalariga uchib aldanishi,o’quvchini beixtiyor o’ylantiradi. Hikoyadagi obrazi orqali qalamkash shariat tartib qoidalarini mutlaqo tan olmaydigan, jamiyat qonunlariga itoat etishni istamaydigan ayol obrazini yaratadi. “Daydi yigit” hikoyasi voqealarida bir nechta qahramon ishtirok etadi. Hikoyaning asosiy qahramonlari esa Ixtiyor va uning turmush o’rtog’i Saida, Muhabbat va ______ . Hikoyada bir nechta xonadon hayoti yoritiladi. Hikoyaning bosh qahramoni esa Ixtiyor obrazidir. U bolaligidan to hozirgi kungacha biron bir yaxshi ishga qo’l urmagan. O’rta maktabni arang tugatib, oliy o’quv dargohiga kirishi bilan har hil nobop ishlarga aralashib, bir necha bor hibsxonalarda va JIEK da bo’lib qamalib chiqadi. O’qishni ham tashlaydi. Va o’ziga o’xshagan bir nechta takasaltanglar bilan tanishib olgan. U hattoki oilasiga tuni bilan ko’cha kezib qimor o’ynash bilan ovora bo’lib, yomon joylarda fohisha ayollar bilan vaqtini chog’ o’tkazishni odat qilib oladi. Ota-onasi va yaqinlarining pand-u nasihatlari kor qilmagani uchun u bolaligidanoq ota-onasi Ixtiyordan umidlarini uzib undan qo’llarini yuvib, qo’ltiqqa urishgan. Mayxona-yu qimorxonalarni o’ziga makon qilib olgan Ixtiyorning ota-onasi ular uzoq yillar mobaynida ter to’kib mehnat qilgan pullarini qimorxonalarda goho o’zi yolg’iz, gohida otasi bilan pullarini havoga sovuradi. Yoshligidan ota-onasini kuydirib kelgan Ixtiyor uylangach ham o’sha-o’shaligicha qoladi. Bu ishlarga sababchi bo’lgan otasi esa uni to’g’ri yo’lga solish o’rniga qaytama uni o’zi ibrat maktabini o’taydi. Ixtiyorning onasi, Muhabbat obrazi hamda
ezgulik tarafdorlaridir. Ixtiyor yovuzlik timsoli, uning ko’ngli birovlarga jabr yetkazishdan huzurlansa, Muhabbat va Dilbar obrazi boshqalarga yaxshilik qilishni o’zining insoniy burchi deb biladi. Saida Ixtiyorning turmush o’rtog’I ham juda mehribon, samimiy, oqko’ngil o’qituvchi ayol. Ixtiyor hamisha yaxshi ayollarni yolg’on va’dalari bilan o’zining to’riga ilintirib, ularning yillar davomida “Men senga uylanaman, oilam bilan ajrashganman, xotinimni boshqa bir erkak bilan ushlab olganman” - degan so’zlarni aytib aldab peshona teri bilan ishlab topganini o’marib, ayollarga va boshqa kishilarga ham azob yetkazishdan huzurlanadi. U o’g’irlikga ham qo’l urib, odamlarning boyligiga ega chiqmoqni o’ylaydi. Halol mehnat qilish to’g’risida esa aslo bosh qotirmaydi. Bularni bilgan Dilbar esa Ixtiyor uyiga olib kelgan narsalardan hazar qiladi. O’g’lini esa otasiga o’xshamasligini Allohdan har kuni tilaydi. Uni erim deyishdan hattoki or ham qiladi.
Lekin noiloj u ikkita farzandi bilan qayerga ham bora olardi. Ustiga ustak farzandlarini otasiz o’sishidan ko’ngli o’ksimasin deb o’ylaydi. Agar farzandlari bo’lmaganida edi, u hozirni o’zida Ixtiyordan ajralib ketishi turgan gap edi.
Ammo mushtipar ayollar Saida, Dilbar va Muhabbat Ixtiyorning barcha zulmlariga chidaydi. Ayniqsa Saidaning sabr-toqati, bardoshi o’g’lining yanada otasi Ixtiyorga bo’lgan nafratini uyg’otadi. Saida erining Dilbar va Muhabbatlarga hamda ________ bo’lgan sevgisini o’yin ekanligini yaxshi biladi. Hattoki ular bilan bir necha marta telefon orqali hamda yuzma-yuz gaplashgan kezlari ham bo’lgan. Lekin u onasining uning qulog’iga quygan bir gapiga sodiq qolib, uni hayot shioriga aylantiradi. “Qizim, har doim esingda tut erkak odam ko’chaniki. Xalqimizda ot aylanib qozig’iga keladi. Qo’y kuyinma ering ham bir kuni qadringa yetadi. U hech qachon seni tashlab ketmaydi” -degan onasining gaplari hanuz esidan chiqmaydi. Har doim Ixtiyorga tegishli bo’lgan biron ayol bilan gaplashsa “Mana qarang, siz Ixtiyorni birinchi sevgisiyammas, va oxirgisi ham emassiz. U oldin ham yolg’on va’dalarni kimlargadir bergan va bundan keyin ham beradi. Shunday ekan o’zingizni yig’ib oling ko’p hayu havaslarga berilavermang. Undan keyin u men ajrashaman desam ham meni qo’yib yubormaydi, chunki bizni ikkita farzandimiz bor” deya javob beradi. To’g’ri-da u ham ayol ahir xalqimizda “Er bermoq - jon bermoq” deb bekorga aytishmaydi-ku. Onasining mahzun qarashlarini, va otasidan ko’rayotgan xorlik, azob va do’pposlashlari o’g’lining qalbida ham boshqalarga achinish hissini sezasiz. O’g’li otasining bunday nopok xislatlarini ko’rib ulg’aygach unga o’xshashni xoxlamaydi, qabihlikga esa qo’l urmaydi.
Onasining duolari esa o’g’lining yomon yo’lga kirib ketishidan asraydi. Hikoyadagi Dilbar, Muhabbat obrazlari orqali qalamkash ular hayotga aldangan ayol ekanliklarini va yolg’on va’dalar qurboni bo’lganini bu obrazlar orqali jamiyatimizdagi boshqa ayollarga ham o’rnak bo’lishini boshqalar ham sevgining qurboniga aylanmasliklarini bu hikoya orqali ko’rsatadi. Natijada bu ayollar Ixtiyorning qarmog’iga ilinib bor-bududan ayriladi. Hikoyada Ixtiyorga o’xshagan ayrim odamlar ya’ni uning otasi ham mehrsiz, qimorboz kimsalar har bir xonadon uchun, jamiyat uchun bamisoli bir to’fon hisoblanadi, ular boshqa insonlarga ham zarar yetkazadi. O’z huzur halovatidan bo’lak narsani o’ylamaydigan xudbin Ixtiyorning otasiga o’xshagan ba’zi kimsalar boshqalarning hayotini ham zaharlaydi. O’z bolasini hayotini o’ylamagan ota boshqalarning hayotini ham o’ylamaydi. Qahramonlarning o’y kechinmalari va boshidan kechirganlari, tevarak atrofidagi har bir voqealikka ibrat deb qarash kerak deyiladi. Qimorboz erining bergan ozorlaridan el-yurt oldida adoyi-tamom bo’lgan Saidaning mahzun holatlari kishi qalbini titratib yuboradi.
Ushbu hikoyada oddiy odamlarning turmush kechirishi chuqur mehr va hamdardlik bilan qalamga olingan. Hikoyada insonni tubanlashtiradigan holatlarga e’tibor qaratilgan. Aytaylik ______ va ______ opasi orqali fohishalik va ichkilik barcha yomonliklarning asosi ekanligi ta’kidlab o’tiladi. O’z qizlarini fohishalikga undagan bunday onalar chuqur qayg’u bilan tilga olinadi. Fohishalikni va ichkilikni lazzat deb biladigan bu ikkala dugonani va ularning onalarining jirkanch ahloqi ochib ko’rsatiladi. Mayxona va qimorxonalar qanchadan-qancha oilalarni barbod qiladigan maraz odamlar va fohishalik bilan shug’ullanuvchilar markazi. Ixtiyor qimor o’ynash va o’g’rilik qilishdan rohatlanadi. Saida bilan o’g’li esa yaxshi yashashga, boshqalarga ko’mak berishga urinadi.
Qalbida jamiyat tuyg’usi bo’lmagan o’zidan boshqani o’ylamaydigan aqli nafsiga qul kishilar ko’ngil va odamiylik tushunchalarini anglay olmaydilar. Kitoblarda, hikoyalarda tasvirlanadigan hayot sahnasini ko’rganida insoniy tuyg’ularidan butkul mahrum kishigina g’amga botmasligi mumkin. Ushbu hikoyada tasvirlangan voqealarni so’z bilan ifodalash, chekilgan iztiroblarni, g’amni tasvirlash juda mushkul. Bu holni faqat boshidan o’tkazgan kishigina his qilishi mumkin. Bo’lib o’tkan voqealar odam qalbiga ta’sir qilmay qo’ymaydi. Ixtiyorning o’g’li alam va iztirobga yo’g’rilgan kunlarni hayotning turli achchiq va chuchuklarini ko’rib ulg’ayayotgan bir bechora go’dak. Oradan bir qancha yillar o’tsada Ixtiyor birorta yomon xulqidan voz kechmadi, aksincha ular ko’payib bordi. Nasihatlarni tinglamadi, kaltaklar esa kor qilmadi. Bir zamonlar o’ziga to’q yashagan oila qisqa vaqt ichida nochor ahvolga tushdi chunki Ixtiyorning otasi ham og’u sabab qamoqqa tushdi. U otalik burchini qay darajada bajarayotgani ma’lum edi. Onasi esa ham otasini ham o’zini qamoqxonaga qatnashi unga juda og’ir ekanligini anglamadi ham. Bu hol aslo orzu qilinmaydi, dushmanga ham ravo ko’rilmaydi. Onasi turmush o’rtog’ini va o’g’lining aqlsiz harakatlaridan to’ygan edi.
Bilasiz, poydevor mustahkam bo’lmasa zarur choralar ko’rilmasa, devor avval zax uradi, sho’rlaydi bora-bora suvog’i ko’chib o’piriladi. Bir kuni qarabsizki, qulab tushadi. Ayrim odamlar ham xuddi shunday devorga o’xshaydi. Ixtiyor obrazi ham bizning hayotimizda ko’p uchraydigan salbiy obrazlardan biri hisoblanadi. Chunki o’likni tiriltirguvchi do’st mehri va tirik qalbni vayron etguvchi do’st xiyonatidir. Do’stlik va do’stlikdagi vafo va xiyonatlar haqida shu qadar ko’p afsona va rivoyatlar mavjud. Kishi hayotidagi eng muhim muammolardan biri eng yaxshi do’st topish va do’st tanlashdir. Kishi hayotida uchraydigan eng katta xato va uning boshiga tushadigan musibatlar ham do’st ko’chasida bo’ladi. Inson o’z hayoti davomida ko’p do’st yo’qotadi. Bu dunyoda do’stsiz odamning o’zi bo’lmasa kerak. Rasululloh (s.a.v) “Alloh nazdida eng yaxshi deb odamlarga doimo xayrli ishlarni qilib yuruvchi kishiga aytiladi” deb marhamat qilganlar.
Har qanday hikoya ham kitobxon uchun yoziladi. Zero, hadisi shariflarda keltirilishicha “Ikki ne’mat bor undan ko’p insonlar beparvo bo’ladilar. Ular sog’liq va tinchlikdir” - deya bejiz aytilmagan. Qalamkash mavzuni hech qachon osmondan olmaydi. Adabiyotning bosh vazifasi esa hayotni to’laligicha aks ettirishdan iborat. Ushbu “Daydi yigit hikoyasi” ham real hayotdan olingan. Hikoyada ko’z bilan ko’rib, qulog’im bilan eshitgan voqealar aks ettirilgan. Men bu hikoya orqali zinhor birovni qoralash yoki undan o’ch olishni o’ylamaganman. Bunday narsalar aslida san’atga ham yotdir.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling