Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet2/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Vatan qo’shig’i
Vatan suratini chizmoq istayman,
Unga mos ranglarni topmoq istayman.
Lek qanday chizaman tinmay o’ylayman.
Yurtim, sening jamolinga boqib to’ymayman.
Chizaman Vatanim chiroyu, go’zalligingni,
Aytingchi, bunday chiroy qayda bor deyman.
Eng ezgu tilaklar bunda mujassam.
Unga mos bo’yoqlar qayda bor deyman.
Tonglari kuladi go’dakdek mayin.
Quyoch nurin sochar, erkalab sekin.
Hammayoqda ufurar gulu-chechaklar,
Vatan hayolimdan ketmas erkalashlaring.
Bog’laring oddiymas, u onam bog’i.
Zim ziyo qalbimda oftob yorishar,
Sen borki, boqiydir umrimning tongi.
Noming yuragimda bir umr yashar.
Qariyalar qalbi shodlikdan jo’shar,
Ushalsin umrlik orzu-armoni.
Quvontirar ota yuragin o’g’il.
Ahir u ham bosmoqda otaning izin.
Yurtim bahorlaring umrimga bezak,
Qo’shqo’llab ularga ularga mehrimni berdim.
Vatan sening suratingni chizmoq istadim.
Ahir farzandingman, bo’yoq izladim.
Har lahzam ibratli umr
Hayot - daraxtdan yaproq uzilib, yerga tushgunga qadar o’tgan vaqt misoli zumda nihoyalanadi. Ana shu soniyalar oralig’ida insonning qanday umr kechirgani atrofidagilarning umga nisbatan bildirgan fikrlari bilan belgilanadi. Zero, odam xulq-atvori, ezgu amallari yoki beparvolik bilan yashaganiga qarab o’zidan yaxshi va yomon nom qoldiradi. Allomalarimiz “Odamlar bor - bir umrga tirikdir” - deb bejiz aytishmagan. Yaxshi insonlarning ko’pligi ularning xayrli ishlari sharofati bilan yurtimiz nurafshon turmushimiz fayzlidir.
Ko’hna tarix aytsin dono so’zini
Ko’rgansiz siz uzoq yillar yuzini
Bilasiz ko’p mushkul ishlar ko’zini,
Yurtimning fahrisiz aziz insonlar!
Inson qadri uchun kelajak shior,
Or-nomusli xalqing qonun ustuvor
Duoga yo’l ochar bugun qari-yosh
Yurtimning fahrisiz aziz insonlar!
Ana shunday yurtim fahrlanadigan aziz insonlardan ichki ishlar organlari hibsxona xodimlaridan Tarixov Berdax, Kazakbaev Abdulla bosib o’tgan hayot yo’llari, balki aytishga osondir, ammo bu yo’l orqali porloq manzilgacha, to hozirgi kungacha yetib kelishga har kim ham qodir emas. Ularning ichki ishlar organlari safiga, xususan jazoni ijro etish tizimiga kirgan paytida sohada xizmat qilish ancha murakkab edi. Xodimlar uchun hozirgidek sharoitlar yaratilmagan, ijtimoiy himoya esa yetarlicha ta’minlanmagan edi. Shunday bo’lsa-da, mashaqqatli yo’lni sharaf bilan bosib o’tgan bu ikkala xodim o’z ishini chin dildan sevib, yillar pillapoyalarini birma-bir bosib o’tib, shu kungacha hibsxona xodimlari orasida hurmat-e’tiborda bo’lib kelmoqdalar. Qanchadan-qancha shogirdlar yetishtirganlar. Sohaning rivojiga qanchadan-qancha o’zlarining xayrli ishlari va tinimsiz mehnatlari bilan o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Doimo rahbariyatning e’tibor va e’tirofida bo’lib, o’z kasbdoshlariga mehribon va g’amxo’rlik ko’rsatib kelmoqdalar. Yillar davomida xizmat qilib kelayotgan bu xodimlar endilikda ustoz-shogird an’analariga sodiq bo’lgan holda boy mehnat tajribasi, hayotiy hikmatlari, purma’no so’zlari bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shib kelmoqdalar. Hayoti ibrat - har bir so’zi hikmat bu xodimlar xizmat faoliyati davomida har bir kasbdoshlari hamda hibsxonada saqlanayotgan mahkum va mahkumalarga xushmuomalalik bilan samimiy muloqot qilar ekan, ularning har bir gapida, mahkumlar bilan muomalasining o’zida bir qancha ma’no borligini anglaysiz, ularga maslahat va tavsiyalar berar ekan, yuzlaridan nur taraladi. Vatanga va kasbiga sadoqat, halollik va fidoyilik, o’zaro hamjihatlik, mehr-oqibat tushunchalari esa ular hayotining shioriga aylangan. Ular endigina ichki ishlarga qadam qo’yayotgan shogirdlariga, o’zlarining boy amaliy tajribasi haqida gapirib, doimo o’z ustida ko’proq ishlashi, bilimli bo’lishi, ilm esa insonga ortiqchalik qilmasligini albatda kelajakda yuksak martabalarga erishishlarini ta’kidlaydilar.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling