Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet49/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Kavkaz asirasi.
Taqdirimni qaranga bunchalaram sho’r peshona bo’lmasam. 2022 yilning oktyabr oylari edi. Ishxonamizda xizmat tekshiruv ishlari bo’lib, mening va yana ikkita sho’r peshona kasbdoshlarimni qaysidir bir bundan bir necha yil oldin ko’rgan ishimizda kamchilik va nuqsonlar topishib, qamab qo’yishdi. Shundan sal bir necha kun oldin ishdan ham olib tashlashdi. Kelajakdagi rejalarimni chertojini chizib, hattoki bu bloknotimni maqtanib xotinimga ham ko’rsatganimni qarang. Xotinim ham men ham olayotgan oyligimdan xursandmiz. O’zingizga ma’lum maosh olgan kunim uyda bayram. Xotinimga olgan maoshimni topshirdim. U ham menga xursand bo’lganidan, goh uni pishiraymi dadasi goh buni pishiraymi, charchamadingizmi, nima ichasiz, nima yeysiz deb atrofimda girdikapalak. Menga har kungidan ham muloyimroq ko’zimga ko’rindi. Ertalab meni rosa koyib urishgan odam bir pastda muloyim mushukga o’xshab yuvosh tortdi qoldi. Uyda u yo’q, bu yo’q, dadasi maosh ham berishmadimi? Degan odamning bunday mehribonchiligini ko’rib kulgim qistab ketdi deng. Arang uning oldida o’zimni kulgidan zo’rg’a ushlab turdim. Ahiyri bo’lmadi, xotin uning-buningni qo’y shu muzlatgichda turgan bo’yni uzuningni olib chiq. Ozgina tashlamasam bo’lmaydi dedim. U ham hayron. Kech bo’ldi, desa kuppa kunduzi. Ahir kunduzi ichadigan odatingiz yo’q edi-ku deb soldi. Boshim zirqirab o’g’riyapti, uning ustiga bugun dam olmoqchiman, boshliq ham ishda yo’q hozir. Televizorni yoqdim, yoqsam yoshlardan “Kavkaz asirasi” – hujjatli kino filmi bo’layotgan ekan. Divanga uzala cho’zilib yotib bir past uni ko’rdim: Xotin ham imillab qoldi. Bo’laqol xotinjon dedim. Aksiga olib bolalarni ham uyda yo’qligini qarang. Har gal boshim og’riganida kichik o’g’lim Nodirjon boshimni uqalab qo’yardi. Uni boshimga qo’li tegishi bilan darrov og’riq ham meni tark etardi – qo’yardi. Bir payt xotinim bir qo’lida uzun shishani ushlab ikkinchi qo’li bilan esa stakan olib, tarelkaga jiz-biz tayyorlab olib keldi-da oldimdagi stol ustiga qo’ydi. Kino ham qizigandan qiziyapti. Kavkaz asirasining bosh qahramonlari Nina, Shurik, Nikulin, Margunov, Vitsin u juda oriqdan kelgan uzun bo’yli odam. Xuddi uni kino aktyorlar bir yil ichida qidirib topib, shu rolga tavsiya qilgandek. Tavba unga qarab rosa kulgim qistadi.
Bir payt qo’l telefonimga kimdir qo’ng’iroq qildi shekilli, nomeridan tanimadim. Menga notanish, bundoq yaxshilab tikilib qarasam, nomer zasekrechen ekan. Xayolimdan telefonimni ko’tarsammikin, ko’tarmasammikin degan xayollar o’tdi. Nomer zasekrechen deb chiqishiga qaraganda kazo-kazolardan bo’lsa kerak deb o’ylab, qo’y undoq bo’lsa, oqsoqolni kuttirmay ola qolay dedim-u oldim. Bir mahal bir yoshgina yigit
- Assalomu alaykum, bu Sattarovni telefonimi deyapti.
- Voy juvarnamak bu yana kim bo’ldi ekan, deb ichimdan o’ylab darrov salomiga alik oldim.
- Vaalaykum salom bu Satarov kaminani o’zi bo’ladi dedim yigitni tanimayroq.
- Kechirasiz bezovta qilganim uchun uzr Botir aka dedi hijolat tortgandek bo’lib haligi yigit.
- Hech qisi yo’q inim. Xo’sh xizmat dedim. Bu kim ekan deya o’ylanibroq turib, jiddiy ohangda.
- Men ichki ishlardan Mamarasulov bo’laman. Oqsoqol bugundan qolmay, himoyachingiz bilan ichki ishlar idorasiga kelib ketsangiz dedi sal shoshibroq turgan ohangda.
- Men esa tinchlikmi, inim e yo’q, be yo’q himoyachingiz bilan keling deganingizga qaraganda, tinchlik yo’qqa o’xshab turibdiyov dedim unga bilsang chini, bilmasang hazil ohangida.
- Yigit ham darrov gapimdan ilg’ab oldimiyov bilmayman, ha tinchlik siz kelavering kabinetimda bafurja gaplashamiz dedi chaqqonlik bilan va bizni o’z xonasida kutishini aytdi.
- Men ham xo’p uka dedim-u qo’l telefonimni yopdim.
- Keyin bir past yana o’ylandim, nimaga ekan, nima bo’lishi mumkin dedim ichimdan lekin xotinimga bildirmadim. Xotin kishini o’zingiz bilasiz, darrov yig’lashga tushadi. Keyin o’zimni o’nglab oldim-u o’rnimdan turdim. Kino ham rosa qiziq joyiga kelgan edi. Bu orada men 100 gr aroqniyam ichishga ulgurgan edim. Xotinga aytdim tez kiyimlarimni tayyorlagin bir ish chiqib qoldi, - dedim apil-tapil televizorni o’chirib. Xotin ham hayron. Tinchlikmi dadasi, tinchlik tinchlik dedim-u tualet eshigini ochib ichkariga kirib ketdim. Og’zimdan aroq hidi sasimasligi uchun tishimni ham yaxshilab chayib oldim. Ollohim o’zing kuch quvvat bergin dedim. Negadir ko’nglim xijil bo’ldi shu kezda. Xuddi biron oqibat ro’y beradigandek sezildi o’zimga. Kiyimlarimni kiyar ekanman, xotin birdan yuzingiz dokadek oqarib ketdimi dadasi deb qoldi. Yo’g’-ey senga shunday tuyulayotgandir balkim dedim. Lekin o’zim ham sin solib oynaga qaramabman. Xotin ham xuddi bir narsani sezgan odamdek men uydan kiyinib chiqib ketgunimga qadar, ikki ko’zi menga qarab javdirab xuddi meni oxirgi marta ko’rayotgandek xayrlashib ortimdan qarab qoldi. Mayli onasi eshikni qulflab ol, yaxshi o’tir men hozir qaytaman dedim-u oyog’imga tuflini kiyib, mashina kalitini olib uydan chiqib ketdim. Yo’l-yo’lakay advokatlar byurosiga kirib u yerdan Nortoy do’stimni bo’la-bo’lni solib, ichki ishlarga yetgunimizcha yo’l-yo’lakay mashinada unga vaziyatni tushuntirdim.
Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling