Tahririyatga maktub


She’riyat – hayot mayog’i


Download 256.56 Kb.
bet48/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

She’riyat – hayot mayog’i.
Adabiyot va san’atga, madaniyatga e’tibor – bu avvalo xalqimizga e’tibor, kelajagimizga e’tibor ekanini, buyuk shoirlarimiz Cho’lpon aytganidek, adabiyot, madaniyat yashasa millat yashashi mumkinligini unitishga bizning aslo haqqimiz yo’q degan edi.
Sh. Mirziyoyev.
Bundan millioncha yillar oldin Alloh taolo odamzotni yaratdi. Uning kun kechirish va yashashi uchun butun dunyoni berdi. Yana unga tuproqni, suvni, olovni hadya etdi. Bu olamda mavjud narsalarni barisi seniki dedi. Inson esa noshukurlik qilib, Allohim bergan barcha narsadan tabiat, tuproq, suv, olov, hamma-hammasidan oqilona foydalanmadi. Inson bularni barchasini ko’rib adashdi, bora bora endi uni hirs chulgʻadi, o’z nafsi boshqara boshladi. Shaytonning izmiga kirdi. O’z nafsining quliga aylandi. O’zining ko’zini hech ham to’ydira olmadi. Ochko’zlikga yuz tutdi. Boyligi va puli ortgan sari o’zligini yo’qotdi. Boylikga ruju qo’ydi va tubanlikga yuz tutdi. Oradan yana yillar asrlar o’tdi. Hamon odamzod o’z nafsidan qutulolmay o’zini o’ylab yashab keldi. Ollohim insonni yaratgan kezida, hayvonni ham inson uchun yaratdi. Inson esa ongli mavjudotlardan biri edi. Hayvonlar esa aqldan mahrumligi hammamizga ayon edi. Lekin hayvonot olamini, insoniyat olamiga qiyoslaganda, ancha insofliroq ko’rinadi.
Kunlarning birida JIEK-da vaqtimda Umar Hayyom kitobini o’qib chiqqan edim. Unda eng qo’rqinchli jonivor ona sher va uning shervachcha bolalari haqidagi hikoya shu kezda esimga tushib ketdi. Ona sherning bir nechta bolalarini, Umar Hayyom va podshoh uning bir nechta askarlari bilan o’rmon ichiga ovga chiqib, askarlar tog’ yon bag’irlaridan sher bolalarini chodir yoniga olib kelishib qafasga solib qo’yishadi. Buni bilgan yirtqich sher esa o’z bolalarini qutqarish maqsadida, chodirga yaqin kelib askarlarga duch keladi. Garchand urinmasin bolalarini qutqara olmaydi. Keyin esa o’zini yerga sanchilgan nayzalar ustiga otib, nobud bo’ladi. Baribir u bolalarisiz tirik murda bo’lib yashashdan ko’ra o’zini o’ldirishni afzal ko’radi. Ona sherning bolalariga bo’lgan mehriga havas qilsang arziydi. Men ushbu hikoyani sizning e’tiboringizga havola etib, aytib berishimdan maqsad shuki, men ham ayrim sabablarga ko’ra o’z nafsimga qul bo’lib, nomaqbul ishlarga qo’l urib mana bugungi kunda ayol bo’la turib panjaralar ichiga kirib qoldim.
To’g’ri bu yerlar ayollar joyi emas. Lekin nima qilish kerak, hayot davom etadi. Men esa yashashim kerak. Men o’sha kezlari o’zligimni yo’qotdim, boylik ortidan quvdim, mana endi noto’g’ri bosgan bir qadamimni jazrini JIEK-da chekyapman. Ba’zan ozodlik va hurlik haqida ko’p o’ylayman. Nega qamalishimdan oldin uning qadriga yetmadim deya, ko’zlarimga yosh ham olaman. Hozir mana ikki yilga yaqin vaqt bo’ldiki bu yerda yashayapman, tikuvchilik tsexida ishlayapman. Qo’lim bo’shashi bilan ijod bilan shug’ullanaman, ko’plab gazeta jurnallar, kitoblar o’qiyman. O’zlikni anglamoq o’z davomiyligi ila Alloh vasliga musharraf etadi. Illo hazrati risolatpanoh sallolohu alayhi vasallam “Beshikdan to qabrgacha ilm izlang” – deya bejiz marhamat qilmaganlar. Yoshligimdan adabiyotga ixlosim baland edi. O’zim filologman, yoshim 51-da. Yillar davomida tibbiyot kollejida o’qituvchi bo’lib ishlaganman. 25 yillik ish stajim ham bor.
“Xalq ta’limi a’lochisi” – degan medal ham olganman. Filologlar esa adabiyot targ’ibotchilari bo’ladi. JIEK-da ko’plagan mahkuma ayollar bor. Ularning yoshi ham qilgan jinoyatlari ham har xil. Lekin ba’zi ayollarga qarab achinasan, bilasizmi bu dunyoning bir dahshati bor: u ham bo’lsa, ba’zi odamlar o’zlik nimaligini ham anglolmay bu dunyodan o’tib ketsa kerak deb o’ylanasan kishi. Bu yerdagi ayollar kimdir o’z ota-onasini, kimdir o’z turmush o’rtog’ini, yana kimdir 9 oy qornida ko’targan o’z bolasini joniga qasd qilgan va yana kimdir qo’shmachilik bilan shug’ullanib fohishaxonalar ochib olgan xullas turfa xil taqdirlarga duchma-duch keldim. Ba’zi ayollar esa 3-4 marta qamalsayam, haliyam o’z xatosini tushunib yetmagan, o’zligidan mosuvo bo’lgan ayollar.
O’zlikni anglash, buni tushuntirish qiyin deb o’ylayman. Buni faqat she’r orqali tushuntirish osonroq bo’ladi. Ayrim ayollarga so’z bilan tushuntirganini ham foydasi yo’q. Ular sizga nima deyishmaydimi? Albatta aytishadi. Ularga ba’zan rahming ham keladi. Lekin tushunadiganlari ham bor orasida, ular o’z vaqtini bekorga sarflashmaydi. Ijod bilan yoki sport bilan shug’ullanishadi, kitoblarga oshno tutinishadi, hunar o’rganishadi. Ayollarni o’z uyida, oilasi bag’rida, sevgan yori yonida bo’lishiga nima yetsin. Bunday paytda ijodning o’zi ham seldek bo’lib kelaverar ekan. Mahkumalarga qarab, ichim achiganidan ko’proq she’rga, hikoyalarga zo’r beraman. Ayniqsa bu yerlarda yozaman, ijod qilaman desang ham material ko’p ekan. Faqat buning uchun iste’dod bo’lsa bo’ldi. Lekin u bo’lmasa yozishing qiyin. Men mahkuma ayollar bilan birga yashayotganim uchun-mi, ularning tuyg’ularini tezda anglayman, o’sha ichidagi tuyg’ularni darhol mungli satrlarga to’kaman. Iste’dodim ham chakkimas deb o’ylayman, bu kitoblarimni yozish uchun ko’p mehnat sarflaganman.
Men Allohimga beadad shukurlar qilamanki, o’zimga bo’lgan ishonchim cheksiz deb o’ylayman. Chunki men bu yerlarda yashar ekanman birovni ko’rib shukr qilishga, birovni ko’rib zikr qilishga o’rgandim. Yana xuddi oldingi baxtiyor kunimdek oilam bag’riga qaytgim, bolalarimni bag’rimga olib, ularga mehr ko’rsatgim hurlikda yashagim keladi va bu haqda ko’p o’ylayman. Men qamalgach, hayotimda katta bir evrilish yuz berdi. Bu esa mening ijodim. Ijodga sho’ng’iganim sari, uning ma’suliyatini ham o’n karra his qilyapman. Ijod menga eng og’ir kunlarimda mayoq bo’ldi desam mubolag’a bo’lmas. G’am-anduh esa kishini aqlu-shuuridan ham mosuvo qilishi hech gap emas. Men esa oilamga va bolalarimga hali kerakman. Yelkamdagi yuk qanchalik og’ir bo’lishiga qaramasdan men o’z tashvishlarimni bir chekkaga surib qo’yib, o’zgalar dardi bilan yashadim. Turfa xil taqdirlar nolasini eshitaverib yuragim orqaga tortdi. O’z-o’zimga gohida savol berarkanman xo’sh bizning hayvonlardan farqimiz nimada deyman. Nahot bir ona shercha bo’lolmasak, ahir ona mehri qayerda qoldi ayollar degim kelardi. Ba’zan o’z onasini yoyinki o’z farzandini o’ldirgan ayollarga nafrat bilan qarardim. To’g’ri men ham jinoyat qildim, adashdim. Beayb parvardigor. Lekin odam o’ldirishdek tubanlikga borish bu ayollar ishi emas. Shunday kezlarda she’rga zo’r berardim, yangi hikoyalarni yozardim. Mening g’ayratim va shijoatim ham o’zimga yetarli edi. Men hech qiyinchiliklardan ham, to’siqlardan ham qo’rqmadim. Ko’proq sabr-qanoatli bo’ldim. Hayotda ko’proq tavakkalchi bo’lganman. Shu kitoblarni ham yoza boshlaganimda hech ham ikkilanmaganman. Ijodni esa qismatim deb bildim. Men o’zligimni izlab yashar edim. Shuning uchun ham ijodga zo’r bergan bo’lsam kerak deb o’ylanaman. She’rlarim va hikoyalarimning deyarli ko’pchiligida o’zlikni anglash, g’am-anduh kechirimlilik, pushaymonlik sog’inch kabi tuyg’ular mavjud. Men o’zimni kashf etdim deb o’ylayman, lekin o’z-o’zimni fosh etib barcha hayotimdagi voqealarni yozishim, bor haqiqatni boricha, hech bezamasdan satrlarda aks ettirishim juda qiyin kechdi albatta.
Men nimaniki axtarmay, nimagaki yugurmay faqat o’zimni axtarardim. Menga bu qo’lyozmalarimni bitishimga nima kuch beradi ochig’I bilmayman. Parvardigorim aslida meni ham ijodkor bo’lishimni xoxlagan bo’lsalar kerak deb o’ylardim ba’zan.
Bu panjaralar ortida ijod qilib o’tirishim ham bejizga bo’lmasa kerak deb o’ylayman. Chunki mening hayotimdagi eng oliy unvonim bu mening yaratiqlarim, bitiklarim deb bilaman. Qani edi, hozir shu qo’lyozmalarim bir zabardastroq insonni qo’llariga tushsa-yu, kitob bo’lib nashr qilinsa edi deyman. Bu juda bir yaxshi ish bo’lardi. Savobli ish. Men yaqinda bu yerlarni tark etaman, ozodlikka chiqaman. Hali yozishim kerak bo’lgan materiallarim ko’p, ulgurolmayapman. Garchand ijodga sho’ng’isamda, uning ilhomi odamga bir yoqimli tuyg’u berar ekan. Vaqtimni bu yerlarda besamar o’tib ketishiga qarab turolmayman. Ishimga ham she’r va hikoyalar yozishga, mahkumalar kechinmalarini tinglashga ham ulgurishim kerak. Shuning uchun har doim cho’ntagimda qog’oz, qalam olib yuraman. Ba’zan buning uchun xodimalardan gap eshitgan kunlarim ham bo’lgan. Ularning ko’pchiligi ham men yangi kelganimga ijod bilan shug’ullanishimni bilishmas edi. Bizdaqa yangi kelganlarni ular tilida “pexotalar” – deyisharkan. Bu so’zni keyinroq qizlardan eshitib bilib oldim.
O’zing pexota bo’lib, yoningda qog’oz, ruchka olib yurishinga balo bormi deb gohida menga rosa urishardi ham. Chunki har kuni nazoratchi ayollar bizni ishga borishda va ishdan qaytishimizda boshdan oyoq tekshirishib otryadga qo’yishardi. O’shanda yoningdan chiqib qolsa tamom.
Men indamasdim har doim xo’p deb boshimni yerga egib turardim. Chunki ularga tushuntirib o’tirishga ham vaqt bo’lmasdi. Qog’oz va qatlamlar esa xuddi mening bolalarimdek edi menga. Ularni judayam yaxshi ko’raman, ular men uchun juda qadrli. Ijod bilan shug’ullanmagan kunlarim xuddi o’zimni bir g’arib odamdek sezardim. Chunki ba’zan ish ko’p bo’lardi, planni esa o’z vaqtida bajarishimiz kerak edi.
Shunday ilhom jo’sh urib kelsa-yu, shu paytda uni satrlarga tushirolmasang deb qiynalardim. Men ba’zan o’z ona yurtimni, kindik qonim tomgan aziz qishlog’imni sog’inardim va u bilan yuzma-yuz ko’rishishni xoxlab, uning go’zal qiyofasini o’zimcha bir entikish bilan tasavvur qilar yoki bu yerlardagi boshimdan o’tkazayotgan kechinmalarimni boshqalarga kitob orqali ularni yuragiga borib yetadigan qilib she’rlar yoki hikoyalar bitsam. Bu ular uchun bir ko’zgu bo’lsa ehtimol ana shu menga kuch bersa kerak o’ylayman. Men adabiyotni Parvardigorimning bir biz uchun bergan tuhfasi deb bilaman. Uni boshqa bir tuyg’ular bilan qorishtirib ham bo’lmaydi. Men oldinlari kitob yozib ko’rmaganman, lekin ahyon-ahyonda ishim yuzasidan kichik bir maqolami, yoki oddiy bir she’rmi yozib turganman xolos. She’rlarimning aksariyat qismi Vatan haqida. She’rni esa men uchun Allohimning inoyati deb bilaman. Ayniqsa qo’lyozmalarim omma uchun, mahkum va mahbusalar uchun ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega, deb topilgan. Yangi she’rlarim dunyoga kelsa, men rosa zavq-shavqqa to’lardim, she’rlarimdan huzurlanardim. Brigadamiz juda yaxshi, mehribon ayol edi. Ba’zan shunday bir so’zlar kelardiki ularni qog’ozga qoralamaslikning iloji yo’q edi. U ijod qilishimni bilardi, lekin o’sha paytlari ko’zi tushib qolsada indamasdi. Meni doim tushunishga harakat qilib kelgan. Menga kuch beradigan narsa ehtimol shulardir.
Adabiyot ko’pincha sidqidildan, yurakdan mehnat qilgan insonlarni yoqtiradi, deb o’ylayman. Men bu yaratiqlarimni ayrim do’stlarimizga o’xshab bir-ikki sum qalam haqqi uchun yozayotganim yo’q. Chunki men bor haqiqatni, uni bo’rttirnasdan, boricha bezamasdan, ko’zim bilan ko’rgan, qulog’im bilan eshitgan, hattoki ayrim bo’lib o’tgan voqealarda o’zim ham ishtirok etgan real voqelikni oq qog’ozga tushiryapman. Mening boshimga tushgan bu qora kunlar boshqalarni ham boshiga tushmasin deyman. Chunki men ham boshqa mahkumalar boshidan o’tkazayotgan kechinmalarni o’zim his qilib, sezib turganim uchun uni satrlarga joylashim osonroq kechayotgandir deb o’ylayman ba’zan.
Men qo’lyozmalarni yozib boshlaganimga mana ikki yilcha vaqt bo’ldi. Lekin qayerga murojaat etmay bizning o’zimizda nashriyot yo’q deyishadi. Adabiyotni bu mutlaqo boshqa olam deb bilaman. Ilmga chanqoqlik esa yoshim 51-da bo’lsayam hali meni tark etmaydi. Men charchash nimaligini sezmayapman qaytanga mehnat va ijod qilgan sayin qalbim poklanayapti. Allohim shu yo’lga solib qo’limga qalam tutqazganiga ham shukur deyman. O’ziga talabchanlikni yo’qotishni, vaqtni besamar o’tkazishni esa men fojea deb bilaman. Bunday odamni hech kim ham yoqtirmasa kerak. Har xil ig’vo tarqatuvchi ayollarni bu yerda “parashalar” deyisharkan. Ilgarilari bu yerlarga kelaman deb yetti uxlab tushimga ham kirmagan ekan. Bunday joylarni ko’rish esa mening azaliy taqdirimga bitilgan bo’lsa kerak deb o’ylayman. Ba’zida hibsxonaga kirib kelgan kunlarimni ko’p eslayman. O’sha paytlari men uchun hayot xuddi to’xtab qolgandek edi go’yo. Ayni bahor fasli edi. Ko’zimni yoshi tinmas, O’z-o’zimni kechirolmay farzandlarim bir-bir ko’z oldimdan o’tar, ayniqsa endigina 100 yoshni qarshilayotgan otajonim siymolari nuqul ko’z o’ngimda gavdalanar edi.
Adoyi tamom bo’layozgan edim. Meni qaytadan hayotga qaytishimga bitta oddiy gazeta va uni mening qo’limga tutqazgan bitta inson u ham bo’lsa Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahar 2-son Thsi boshlig’i bo’ladi deb kim o’ylabdi deysiz. Yana meni hayotga qaytargan qalbimga nur, ziyo ingizgan bu rahbardan men to umrimning oxirigacha minnatdorman. Mahkumalar uchun oddiy bir gazeta “Vaqt-Время” uni qanday yaxshi ko’rishimni bilsangiz edi. U meni sirdosh do’stim, zulmatda menga mayoq bo’lgan men uchun qadrli bo’lgan bu gazetani har bir sonini xuddi uydan xat kelishini kutayotgan odamdek kutardim. Men barcha kuchni o’sha gazetadan olardim u mening hayotimning mazmuniga aylangan edi. O’sha gazetada “Adashganin anglaganlar” hamda “She’riyat Bo’stoni” sahifalarini zavq-shavq bilan o’qirdim. Chunki unda mening ham she’rlarim bosilib chiqardi. Chunki bu gazeta men kabi yo’ldan adashgan mahkumalar uchun ham mayoq edi. Bu ayni haqiqat. Shu bir parcha gazeta meni tiriltirdi. Bu sirdosh do’stim orqali va bitta rahbar xodimning menga ishonch bildirgani ularning bir og’iz shirin so’zi va mehribonchiliklari menga e’tirof ko’rsatganlari sabab qanchadan-qancha she’rlar, hikoyalar dunyoga keldi. Va bu ertangi kun uchun qanchalagan menga o’xshash qalblarga, ommaga nur, ziyo bo’lib boradi, ko’zgu o’rnini egallaydi.
Natijada qanchadan-qancha yoshlar bularni o’qib ta’sirlanishadi, bir nechtalab, yuzlab jinoyatlarni oldi olinadi. Qaniydi yurtimizda shu hibsxona rahbari Botir Kenjaevdek insonlar, rahbarlar yuzlab, minglab bo’lsaydi ularning har bittasining o’zi menga o’xshagan necha insonlarni qaytadan hayotga keltirib, qalblariga ziyo, yaxshilik urug’ini separdi. Men o’sha kezlari 2021 yilning to mart oyidan boshlab 2022 yilning yanvar oyigacha hibsxonada bo’lgan kunlarim, o’sha rahbar bilan yuzma-yuz suhbatlashgan kunlarim hayotining unitilmas kunlariga aylandi, chunki men qaytadan tirildim. O’z ijodimni boshladim.
Xalqimizda “Bir yomonning ham, bir yaxshisi bor” – deyishgani, “Yaxshi so’z jon ozig’I” degan maqollar bejizga aytilmaganini yana bir karra guvohi bo’ldim. Bularning hammasi xuddi ertakga o’xshaydi, ahir bu xuddi bir mo’jizaning o’zginasi-ku. Baxtga qarshi bu ertak emasdi. Bu ayni haqiqat edi. Rahbar ham mening qobiliyatimga, ijodimga va men bularni uddalay olishimga ishondi. Men esa ularning ishonchini suiste’mol qilolmadim. Men ularni ishonchini, menga yuklatilgan bir vazifadek deb tushundim. Endi men bu vazifani to’la-tokis bajarishni o’z oldimga maqsa qilib qo’ydim va o’z maqsadimga erishish uchun o’ta sabrli bo’ldim, bor kuch va g’ayratimni ishga soldim tinmay ijod qildim. Ularni menga ko’rsatgan e’tirofini esa ma’suliyat deb sezdim. Bu menga yanada kuch berdi. Va men oylar, yillar davomida bu vazifani uddaladim.
Bundan o’zim va oilamdagilar ham eshitib rosa xursand bo’lishdi. Men hamma to’siqlarni yengib o’tdim. Endi faqat bu qo’lyozmalarni kitob shakliga keltirishim qoldi xolos. Bitta gazeta va bitta rahbarning ishonchidan mana oltita kitobiy qo’lyozmalar dunyoga keldi. Olti ming betdan iborat ular.
1-kitob: “Sog’inch” – she’riy to’plam.
400-dan ortiq she’rlardan iborat hamda 50 dona rasmlari bilan 900-betlik.
2. “Zulmatdan yorug’lik izlab” – 2-kitob. Hikoyalar to’plami 920-bet 50ta rasmi bilan.
3. “Osmonni titratgan ko’z yoshlarim”- 3-kitob. Hikoyalar to’plami 950-bet 40 ta rasmi bilan.
4. “Nensining ko’rgan kechirganlari” 4-kitob. 950-betlik. Hikoyalar to’plami.
5. “Mahkumalar hayotidan hikoyalar” 5-kitob. 960-betlik. Hikoyalar to’plami.
6. “Panjara ortidagi bitiklar” 6-kitob. Avtobiografik asar, 970-betlik.

Ijodkor yozgan biror bir she’rmi yoki hikoyami u albatta kitobxonni o’ziga jalb qila olishi kerak. Men oddiy bir mahkuma bo’lsam, boshqa nima ham yoza olardsim shu bitiklardan bo’lak. Mening ijodimga yana bir turtki bo’lgan bir voqea bu yurtboshimizning oqilona siyosatlari, har jabhadagi o’zgarishlar, yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari, ayniqsa hozirda “Inson qadri, sha’nini ulug’lash” borasidagi yangi chiqayotgan qaror va farmonlar, davlatlararo hamjihatlik, turizm sohasidagi yangilanishlar ham bir turtki sabab bo’ldi desam mubolag’a bo’lmas. Bir kuni gazeta o’qib o’tirsam, yurtboshimizning “Harakatlar strategiyasidan taraqqiyotlar strategiyasiga” nomli bir maqolasini o’qib qoldim. Unda shunday so’zlar ham bor edi. Men shu yerda ulug’ bobolarimiz Zamaxshariyning “Agar biz vaqtdan unumli foydalanmasak, u bizni dushmanimizga aylanadi” degan so’zlaridan ham men katta kuch oldim. Qolaversa davlatimiz rahbarining quyidagi bitiklarini ham o’qigandim.


Biz shu vaqtgacha tarixning o’zimizga yoqqan joylarini olib, yoqmagan tomonini yashirib, o’tdik. Birovga yoqadimi, yoqmaydimi g’ururimizmi-armonimizmi, muvaffaqiyatmi-xiyonatmi, hammasini haqqoniy yozish kerak.
Sh. Mirziyoyev
2020 yil 31-avgust Shaxidlar hiyobonidagi nutqidan.
Yurtboshimizning ushbu aytgan so’zlarini men o’z hayotim mazmuniga aylantirdim, bu so’zlar menga bir chorlovdek tuyuldi. Demak, bu so’zlarning sehri shu darajada kuchliligidan, bu gaplar yurak-yurakdan aytilayotgani biz mahkumalar qalbiga ham kirib keldi-mi bu katta gap ekanligini angladim. Qoraqalpog’iston bilan O’zbekiston o’rtasidagi do’stlik, hamjihatlik aloqalari azal-azaldan davom etib kelmoqda. Men kabi qoraqalpoqlik mahkum va mahkumalar Nukus shahrida, bizning yurtimizda bo’lib o’tgan voqealardan chuqur iztirobga tushgan edim. Chunki u yerda bizning ota-onalarimiz, bolalarimiz, yaqinlarimiz yashaydi. Biz necha kunlab, oylab bu haqda o’ylayverib chuqur qayg’uga cho’mdik. Ular omonmikin, tinchmikin deya qayg’urdik. Sog’ omonligini bilgach esa oz bo’lsada taskin topdik. Tinmay radiodan, televideniyadan, gazetalardan yurtboshimizning Qoraqalpog’istonning taqdiri, bu butun O’zbekistonning taqdiri, qoraqalpoq xalqining baxti va farovonligi – bu butun o’zbek xalqining baxti va farovonligidir degan gaplari bizga taskin berdi. Biz hurlikni qumsab, uning qadriga yetmay, o’z ona yurtimizga entikib yursak-u, bu odamlar o’zga bir qutqularga ishonib ozodlikni qadriga yetmay, o’zlari bunyod etgan shaharni o’z qo’llari bilan vayron etganligini eshitib, yum-yum yig’ladik. Bu bo’lib o’tgan voqealardan ham qattiq ta’sirlanib yana yoza boshladim. Mening nazarimda bu qo’lyozmalarim ijod ahlini o’ziga rom eta oladi deb o’ylayman, chunki she’r va hikoyalarimning asosiy g’oyasida dard, qayg’u, iztirob kabi tuyg’ular aks etgani bilan ham bu ijod ahlini to’g’ri yuragiga kirib boradi. Ayrim she’rlarda ozodlik, hurlik, Vatan haqida ham kuylanadi.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling