Tahririyatga maktub


II-qism. Yashash bu - kurash deganidir. O’zim haqimda


Download 256.56 Kb.
bet43/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

II-qism. Yashash bu - kurash deganidir. O’zim haqimda
Bugun 6-noyabr bir necha kun bo’ldiki, quloq og’rig’i qattiq mazamni qochiryapti. QR 2-son Th-da ham xuddi shu kunlari qulog’im shamollab, qattiq og’riqdan juda bezovta bo’lgan edim. Yana shu kasallik xuruj qilyapti. Doktorga aytay desam, oldiniga tishim dedim, uni ham kasalxonaga tish vrachga olib chiqib oldirib kelishdi. Endi qulog’im desam nima bo’larkin, doktordan judayam tortinyapman. Aytmay desam, kun o’tgan sayin og’riq zo’rayapti. Ishqilib, tezroq tuzalib ketay dedim xayol surib. Hamxonam esa har kuni menga bo’ldi to’xtating yozmay qo’ya qoling endi degani-degan. Ahir nima qilay har kungi bo’lib o’tgan voqealarni yozmay desam keyin esimdan chiqib ketmasin deyman ishqilib. Ular meni judayam qayg’uradilar, yana to’shak tortib yotib qolmasinlar deydi. Ustiga-ustak mana ikki yilcha bo’lib qoldi-ku klimaks kasalligi ham og’ir o’tyapti. Nima qilay ahir kasalman deb ijodimni to’xtatib qo’yolmayman-ku. Bundan ham qiyin sharoitlarda to’xtatmaganman, endi bu qiyinchiliklarga ham chidayman, kuchli bo’lishim kerak. To bu yerdagi oxirgi kunimgacha, kechinmalarimni hammasini satrlarga tushirishim kerak deb o’ylayman, o’shandagina Botir akaga bergan va’damni ustidan chiqqan bo’laman.
Yelkamdagi yuk qanchalik ham og’ir bo’lmasin men chidashim, sabrli bo’lishim kerak dedim hamxonamga qarab. Ha, o’z joningizni ham o’ylashingiz kerak-ku, qachongacha birovlarni taqdiri bilan yashaysiz, mundoq o’zingizga ham qarang dedi ayolning jahli chiqqanidan menga qarab. Keyin oramizdagi bir oz sukutdan keyin ularga tikilib, mayli ertaga doktorga chiqqanim bo’lsin, balkim to’g’ri aytayotgandirsiz, sizning aytaningizni bajarganim bo’lsin dedim ularga muloyimlik bilan gaplariga javoban.
Kech kirishi bilan oldiniga do’l keyin esa har kungidek yana jala quydi. Noyabr oyi rosa seryomg’ir bo’ldi-da o’ziyam dedi hamxonam ochiq turgan deraza oynasini yarim holda yopar ekan tashqariga tikilib. Hammayoq qorong’i zimistondan boshqa hech nima ko’rinmaydi, deb yana o’z karovati ustiga kelib o’tirdi. Otboyga ham ozgina vaqt qoldi. Undan oldin uxlashga ruxsat yo’q. Faqat uxlamasdan o’z joyinga uzala tushib cho’zilasan xolos. Shunisiga ham shukr deymiz. Taxtadan bo’lgan stulchiklarda kun bo’yi o’tirg’izib qo’yganida ham nima qilar edik. Mayli uxlamasak ham cho’zilib yotsak bo’ladi dedi yana hamxonam shukr qilib. Shuni ayting opa xayriyat hozir biz mahkumalar uchun ham sharoitlar yaxshi. Asosiysi, xodimlar yaxshi muomalada shuning o’ziyam bizga katta gap opa dedim men ham ularni gapiga qo’shilib. Mana bugungi yakshanba kuniyam o’tyapti hozir endi xupton namoziyam o’qib olaman dedi ayol ibodatga tayyorgarlik ko’rib. Biz bu yerda kunimiz o’tsa, quvonamiz tashqarida-chi ko’chada odamlar umri o’tib ketayotganiga qayg’urishadi dedim sekin joyimdan qo’zg’alib. Ayol ibodat qila boshladi. Men esa yana hikoyamni davom ettirib yoza boshladim. Bir payt u ibodatini o’qib bo’lgach yana radio qo’ydiraylik vaqt bo’ldi-ku, biz uchun katta amnistiya chiqib qolmasmikin, deb ayol har kuni radioni xodimga qo’ydirib tinglagani-tinglagan. Ey opa, har kuni radioni qulog’ini poytaxt xabari kanaliga qo’ying deb xodimga buratasiz. Odamlar aytiyapti-ku ahir yangilik biz uchun ham reforma bo’ladi deb qoldi. Men esa kulib, opa biz bu oldi-qochdi gaplarni ko’p marta JIEK da ham eshitganmiz. U yerda bunga o’xshash oldi-qochdi gaplarni “parasha” deyishardi. O’sha gaplarni tarqatuvchi ayollarni esa “parashalar” deyishardi. Ayol bu gaplarni aytishim bilan kulib yubordi. Yo’q-ey shunday deyishadimi dedi kulgu aralash. Ha xuddi shunday deyishadi opa dedim men ham unga qo’shilib kulib. Keyin ikkalamiz otboygacha yana har xil gaplardan so’zlashib o’tirdik. Va nihoyat xodim qo’ng’iroqchasini chalib, otboyga signal bergach o’z joyimizda oppoq choychab ustida uxlashga tushdik, bir-birimizga xayrli tun tilab. Ertalab har kuni ayol mendan oldin uyg’onib, bomdod namozini o’qib bo’lgach, Qur’oni karimdan oyatlar o’qiydi. Keyin meni uyg’otib, karovatim ustidagi choychablarni yig’ishtirib hojatxonaga kirib yuz ko’zlarimni yuvib bo’lishim bilan navbatchi xodim ertalabki podyom qo’ng’iroqchasini soat 6.00 da chaladi.
Ertalabki nonushtani olishimiz bilan birga nonushta qilamiz. Bugun qulog’im og’rig’iga chidolmay tuni bilan goh u yonimga goh bu yonimga ag’analab yotdim. Navbatchi hamshira qiz ertalab kelishi bilan darrov katta doktorga chiqishim kerakligini tushuntirib uning daftariga ism, familiyamni yozdirib qo’ydim. Oradan 2 soatlar chamasi o’tgach, navbatchi xodim meni katta doktorga olib chiqib qo’ydi. Ular bilan salomlashib qulog’im og’rig’iga chidolmaganim to’g’risida shikoyat qildim. Doktor xodim uzun bo’yli, kelishgan, istarasi issiq, sochlari oqargan yosh bo’lishiga qaramasdan bu oq sochlari o’ziga yarashib turgan shirin so’z, odam ekan. Ular meni qulog’imni tekshirib ko’rgach, opa quloqni shamollatibsiz-ku dedi-yu, hamshira qizga qarab, dori-darmonlar yozib uning qo’liga tutqazdi. Bugunni o’zidayoq muolajani boshlang dedi. Ular ham doktorga tikilib xo’p degandek bo’ldi. Men bo’lsam, quvonganimdan doktorga rahmatlar aytib duo o’qidim. Keyin yana navbatchi xodim uzun yo’lak bo’ylab, qadam tashlar ekan yana o’z xonasigacha meni kuzatib qo’ydi. Endi muolajani kutaman, nima bo’lganida ham doktorga katta rahmat. U 50-55 yoshlarga chamalashgan yoqimtoygina yigit edi.
Xonaga kirishim bilan hamxonam doktor nimalar deganini, muolaja qilish qilmasligini mendan so’radi. Men esa ularga bor gapni, doktor bilan oramizdagi suhbatni gapirib berdim. Ularni judayam mehribon odam ekanligini aytdim. Bu gaplarni eshitib hamxonam ham juda quvondi. Endi muolajani boshlashsa bir pastda yaxshi bo’lib tuzalib qolasiz dedi muloyimgina. Ilohim kasbi-koridan baraka topsin dedim yana duo o’qib. Keyin xonani changini artib pol yuvdim. Hamma yerni chinnidek qilib har kuni ertalab tozalab qo’yardim. Bugun ham galdagi vazifamni ishlab hamma yerni artib chiqdim. Tozalik ayollarga xos fazilat men yosh kezimdan boshlab bunga e’tiborli edim. Uyimizni ozoda, saranjom-sarishta qilib qo’yishni juda yaxshi ko’rardim. Hamxonam ham juda toza, ozoda ayollar. Men gohida polni artsam, ular ham qo’yarda-qo’ymay qo’llariga latta olib goh deraza oldilarini, goh narsalarimiz turgan tokchalarni, oziq ovqatimiz turgan stol usti va devorga qoqilgan xon taxtalarni artib tozalab chiqadilar. Menga yordam berishga urinadilar. Men qo’yavering siz joyingizga borib o’tiring o’zim bir pastda hozir tozalab chiqaman desam ham tinglamay harakat qiladilar. Shunday qilib, kunning yarmi ham o’tib ketadi. Keyin bir past vaqti-vaqti bilan sayrga chiqib qaytamiz. Toza havo tashqarida to’yib-to’yib nafas olib, radio tinglaymiz. Xodimlar “nastarji” kanalini har sayrga chiqqanimizda qo’yib qo’yishadi. Muzika eshitib, bir past dam olamiz. Qiziqchilarni hangomasini qo’shiq orasida eshitib kulishib olamiz. O’tiraverib kun bo’yi qonimiz yurishsin deymiz. Xullas shunaqa gaplar. Peshin payti hamshira kelib dorilarni berib kechki ovqatdan keyin ukol qilishini aytib ketdi. Men esa ularga rahmatimni aytib, dorilarni ichib oldim.
Bugun biz bilan JIEK-ga kelgan Muhabbatni kun bo’yi eslab, unga atab “Meni kechir Muhabbat” - nomli she’rimni bitdim. U menga o’z singlimdek bo’lib qolgan edi. Unga hozir bu she’rimni o’qib berganimda edi u rosa miriqib eshitib quvongan bo’lar edi. Juda go’zal, ajoyib qiz edi. Uning taqdiriga yana nimalar bitilgan ekan deya o’yga cho’mdim. Ijodga sho’ng’ib, bemorligim ham esimdan chiqib ketibdi. Ahyon-ahyonda qulog’imning og’rigani esimga tushib ketadi xolos.
Yoningga men borolmadim bir bor yo’qlab,
Bir bor yo’qlab qo’yolmadim, men gunohkor,
Chimboy tomon borar bo’ldim yig’lab ag’yor
Meni kechir go’zal yorim Muhabbat.
Qancha sendan olis ketsam, qadring sezdim.
Qayda bo’lsam yodi, mehring ovunch bo’ldi.
Boshingga ish tushganida turib bermay
Meni kechir go’zal yorim Muhabbat!


Kechqurun otboydan oldin yana xodim kelib meni xonadan olib chiqib ketdi va hamshira qizni xonasiga kirishimni aytdi. Ichkarida esa hamshira muloyimgina meni kutib oldi va ukollarimni ishlab qo’ydi. Men esa yana ularga rahmat aytdim, xodim esa meni yana o’z xonamgacha kuzatib keldi. Keyin bir past xonamda dam olgach otboy uchun xodim signalini chaldi. Mana yana bir kunimiz ham ortda qoldi dedi hamxonam choychabga kirish oldidan mayus tortib. Kunlarimiz shu tariqa yana o’ta boshladi. Kunlarning birida hali noyabr oyi tugashiga sanoqli kunlar bor edi aniq esimda. Toshkentdagi singlim bilan gaplashishimga ruxsat berishdi. Men esa 10 minutni ikkita singlimga 5 minutdan ajratib ikkalasi bilan ham gaplashish uchun ruxsat oldim. Oldiniga kichkinasi bilan gaplashdim, u o’rtancha singlimning mazasi bo’lmay kaslaxonada bir necha kun yotib davolanib chiqqani haqida gapirdi. Men qo’rqib ketdim. Ahir uning qandli diabet kasalligi bor edi. Har doim uning o’ziga gapirmasamda ichim bilib uning uchun ko’p qayg’urardim. Eh juda yomon bo’libdi-ku dedim. Hattoki qon ham quyishdi dedi yana u ham xafa bo’lib. Men ozodlikda bo’lganimda, edimi men ham unga o’z qonimdan bermasmidim. Attang. Men ularga kerak paytim bu yerdaligimni qarang. Agar unga ham xudo saqlasin bir gap bo’lganidami, men yana o’zimni kechirolmasdim. Chunki hozir Shahargul yangam azasini ko’tarolmaganda, batamom tamom bo’larkanman-da, dedim ichimdan singlimga bildirmay. Eh, mehribonlarim-a, men noshud opangizni kechiring. Quvongan damingizda, sherik bo’lolmadim, betobligingizda yoningizda turolmadim. Men qanday noshud opangizni kechiring. Allohim sizlarni o’z panohida asrasin dedim, ich-ichimdan. Singlim bilan xayr omonlik so’rashib turganimda xodim ikkinchi liniyani betob singlimni ulab yubordi. Uning tovushini eshitib shundoq quvonib ketdimki, asta qo’yaverasiz omonligini va qachon kasalxonadan sog’ayib chiqqanini so’radim. U hozir nevarasini beshigini chayqayotganini, yaqinda kasalxonadan eson-omon chiqib uyiga qaytgani va hozir shu tobda uning ahvoli oldingidan ancha tuzuk ekanini aytib berdi. Men esa indamay uni eshitib, unsiz ko’zlarimdan oqayotgan yoshni sekin unga bildirmasdan sekin artardim. U mening yig’laganimni eshitsa, yana qon bosimi oshib kasal bo’lib qolmasin derdim. Unga doktor nima dedi desam trombositlar qondagi tushib ketgan , sen qayg’uli joylarga bormasliging, o’zingni asrab-avaylashing, hech narsadan bezovtalanmasliging kerak deb aytganini so’zlab berdi. Men esa unga doktor to’g’ri aytganini, sen unga qat’iy amal qilishing, o’zingni avaylashing, bir etak bolalaring va eringni ham o’ylashing buning uchun uzoq yashashing kerak deya maslahat berib ora-orada ko’z yoshlarimni ham sekin artib qo’yardim. Mening unsiz yig’lab gapirayotganimni hatto u sezmas ham edi. Balkim, u ham menga o’xshab yig’layotgandir, menga bu yig’ini sezdirgisi ham kelmayotgandir degan o’ylar xayolimdan o’tarkan xodim vaqtingiz tugadi deyishi bilan arang zo’rg’a u bilan xayrlashib, hammalariga salom aytishni bazo’r aytib telefon trubkasini joyiga qo’yishga ulgurdim xolos. Undan Shahargul yangamni qirq azasi o’tgani haqida bilib oldim. Mana ha demay, yangamni marakalari ham bo’lib o’tibdi. Xonaga qaytib kelgach, yana ular haqida bir oz fursat ezilib karovatimda uzala yotib o’yladim, bir oz ko’zimga ham yosh keldi. Keyingi kunlarda negadir o’zim ham hayronman ko’p yuragim ezilib, yurganigami, tez-tez xomush tortib o’z-o’zidan sal bir narsani o’ylasam ko’zlarimga quyilib yosh kelaveradigan bo’lib qolganman. Keyingi paytlari yuragim ko’p bo’shashib yuribdi. Buni tinmay hamxonam ham menga eslatib turadigan bo’ldi. Hayronman nega. U tunlari ham yaxshi uxlolmayotganimni, qo’rqinchli hurrak ham tortarmishman shularni aytib gapirganida o’zim ham sog’ligimdan xavotirlandim. Mana bir necha kun bo’ldi-ki, qulog’im shamollagani uchun ukol ham hamshira qilyapti, antibiotik tabletkalar ham qilayapti, qulog’imga tomchi dorilar ham quyyapti shunga yurak kasalim ozgina zo’riqdimikin deya o’ylanib qoldim. Yuragimning ham ozgina mazasi yo’q edi azaldan dedim bularni gapirib hamxonamga qarab. U ham hayron nima deyishni bilmayapti. Meni ko’p qayg’urayaptilar. Ko’p ezilib ketayapsiz deyaptilar, sal narsaga yig’laydigan, ko’z yosh to’kaveradigan bo’lib qolayapsiz, mundoq o’zingizni ham o’ylang, yaqinda bu g’amxonadan ozod bo’lasiz, hurlikga chiqasiz o’zingizni yig’ishtirib oling. O’lgan odam ham o’lib ketdi, sizning yig’ingiz, azangiz bilan u bu dunyoga tirilib kelmaydi-ku. Mana bizning ham ota-onamiz, aka va yangalarimiz, yaqinlarimiz bu dunyodan o’tib ketishgan. Mana men ham ularni tez-tez eslab turaman lekin yig’lamayapmanku, nima qilay bu bilan hayot to’xtamaydi u davom etishi kerak. Siz ham shunday qiling to’xtating yig’i-sig’ini deb menga o’tirib nasihat o’qidi. Men esa ko’z yoshlarimni artib xo’p dedim. Kap-katta ayolsiz, dedi bu sog’lik uchun yaxshimas deb tanbeh ham berib qo’ydi. Mundoq o’ylab qarasam, u to’g’ri gapirayapti, lekin nima qilay jigarlarim, yuragimning bir parchalari dedim sekin ichimdan. Undan ko’ra namozga yiqiling, shu yerda tavbangizni qilib namoz o’qishni ham o’rganib keting dedi. Men ularning bu gap lariga o’ylanib qoldim. Agar namoz o’qib boshlasangiz qalbingiz yanada yorishadi, yig’I sig’iga berilmaysiz. Ham ijodingizni davom ettirasiz, ham ikkinchidan namozxon bo’lasiz dedi. Ularning bu gaplari menga ma’qul tushdi. Rostdan ham bu ikkalasi bir-biriga halaqit bermaydi, qaytanga yaxshi bo’ladi yana bir tomondan poklanaman ham.
Namoz bu Allohimning har bir mo’min musulmon uchun farzi uni ham bajarsam balkim, yuragim ozgina bo’lsada taskin topar, vijdon azoblaridan ham qutularman. O’zimni-o’zim ko’p ayblayapman shundan ham bo’lsa kerak, yuragim bo’shashib ko’zimga yig’I kelaveradi dedim bir oz yengil tortib. Balkim, namozxon bo’lishimga ham Allohim shu ayolni sababchi qilayotgan bo’lishi mumkin ku dedim sekin ularga bir qarab qo’yib. Bu haqiqat. Odam taftini odam oladi deganlari ham aynan shu holat bo’lsa kerak, xayolimdan o’tdi. Darvoqe men namozning harakatlarini bilmasam, buyam qiyinmas ayolning yonida uning qilgan xatti-harakatlariga qunt bilan nazar solamanda o’rganib olaman dedim yana xayolan. Darvoqe o’z tashvishim bilan bo’lib bemor singlim haqidagi bitta hikoyani sizga aytib berishni unutibman dedim hamxonamga tikilib. Ular ham mening bu gaplarim zerikib o’tirganlaridan yoqib tushdimi bilmayman ular xo’sh xo’sh qanday hikoya ekan qani aytib boshlang-chi deb qoldilar. Men bir boshdan singlimdan nega bunchalik qo’rqib xavotir olishim boizi haqida ayta boshladim. Eshiting unda dedim:
Bilasizmi, esingizdami men siz bilan xonaga kelgach, tanishgan kunlarimiz men qoraqalpoqdan bo’lganim bilan shaharning chekka bir tumanida qishloq joyda o’sib katta bo’lganman degandim. Ha ha esimda xo’sh. O’sha azim men uchun qadrli bo’lgan qishlog’imizda biz uchala qiz va akam, eng kichik ukam hammamizning bolaligimiz sho’xchan davri o’tgan. Men oldin oilada to’ng’ich bo’lganim sababli turmushga chiqib ketdim. Keyin esa o’rtancha mendan kichik singlim oradan bir necha yil o’tgach, u ham turmushga chiqdi.
Men o’sha paytlari singlimning uzatish to’yi kuni ikkinchi farzandimni tuqqanman. Hammalari to’yda Bozatauda, men esa tug’ruqxonadaman. Oilalarimiz uchun bu kun qo’shaloq bayram bo’lgan o’ziyam. Men esa tug’masimdan oldin men ham to’yga Bozatauga boraman deb rosa jahl qilib to’polon qilganman. Onam, qaynonam, erim turishing shu ahvol, tug’ay deb turibsan, yana avtobus bilan qancha chaqirim yo’l bosish kerak eh-he Bozatau qayerda-yu, bu yer qayerda deb menga ota uyimizda rosa nasihat qilishgan. Xuddi singlimning aynan uzatilishidan bir kun oldin ota hovlimizda qizlar yig’ini el-yurtga osh berib, hovli oldiga stol-stullar qo’yib, xonandalar ishtirokida katta bazm qilib, ota-onam o’z farzini bajargan kuni birdan meni dard tutib qolsa bo’ladim, arang san’atkorlarning ikkita qo’shig’ini yig’lab turib eshitganman xolos. O’sha kuni o’ziyam deng kuppa-kunduzi aslida menda to’lg’oq bo’lgan. Men uni sezsamda, bildirmaslikga olib ota hovlimiz yaqinidagi tug’ruq kasalxonaga borib, soxryayushiy ukol ham qildirib kelganman. Yoshmanmi, o’sha kezlari yoki aqlim yetmaganmi, xuddi o’sha ukol bolani yana to’y o’tguncha qornimda saqlab turadigandek. Men esa shu orada to’yga singlimni uzatib Bozatauga borib keladiganidek. Allohimning karomatiga qarangki, xuddi “qiz yig’ini” osh kuni meni qattiq to’lg’oq tutsa, ota hovlimizda to’la mehmon, dasturxonlar noz-ne’matlar, qand qurslarga, pishiriqlarga to’lib turibdi. Yaqin qarindoshlar esa to’yona kayfiyatda, bazm qiziyapti, o’yin ketyapti, sozandalar xizmatda. Men esa noiloj tug’ruqxonaga ketdim. Katta o’g’lim o’ris qaynonamning qo’lida qolib ketdi. Qaynonam nevarasini juda yaxshi ko’rar, unga yaxshi qarashini bilganim uchun o’g’limdan ko’nglim to’q edi. Men tug’ruqxonada bir necha kun yotgach, keyin tug’ruqxonadan chiqdim. Keyin oradan bir necha yil o’tdi singlim tuqqanini o’g’il farzand ko’rganini eshitdim. Oradan bir necha kun o’tgach, biz u paytlari qaynona qaynotamdan alohida yangi uyga ko’chgan edik.
Olib borgan mardonavor ishlarini o’z ko’zim bilan ko’rib, qatnashib, bor haqiqatni ushbu kitobimga kiritdim. Ushbu yaratilgan kitob siz aziz o’quvchini befarq qoldirmas degan umiddaman. Agar bu kitob sizga ozgina bo’lsada iliq taassurot qoldirsa, bilingki, bu mahkum va mahbusalar nolalaridandir. Agarda siz azizlarni bu yozgan ayrim so’zlarim bilan ranjitib qo’ysam, buning uchun sizlardan oldindan kechirim so’rab qolaman.
Gohida qo’limga baxmal jildlik Ahmad Yassaviyning kitobini qo’limga olib va hayajon bilan kitob sahifalarini avaylab ochib, o’zim yoqtirgan hikmatni qidirib topgandek bo’laman. So’ngra o’sha izlagan hikmatning ustiga kaftimni bosardim-da, ko’zlarimni uzoqlarga tikkanimcha qoshiqqa monand qiroat ohangida oxista xirgoyi qilardim:
Hech bilmadim nechuk kechdi umrim mening,
So’rar bo’lsa, men bul yerde qilg’aymen?
Netek bo’lg’ay, yo’lga solsang men mahkumni?
So’rar bo’lsa men bul jerde ne qilg’aymen?

Qalamkashning har qanday og’ir mashaqqatlarni yengib, noumid bo’lmay, yashash uchun intilishi, Vataniga bo’lgan sof muhabbati tufayli bo’lib bu kelgusi avlodlarimiz uchun ibratdir. Hikoyalar real voqealarga asoslanib yozilgan. Maqsadimiz har bir inson taqdirining naqadar ayanchli kechgani, ayniqsa “Zulmatdan yorug’lik izlab” hikoyasidagi Muhabbat taqdirining naqadar ayanchli kechgani, uch nafar norasida go’daklarning hali voyaga yetmagan farzandlarining ahvoli, uning faqatgina o’zining aql-zakovati, teran fikri, ruhan tetikligi, jismoniy baquvvatligi, va mehnat qilishni juda sevishi, qolaversa sevgilisi Komilga bo’lgan otashin va sof muhabbati, sadoqati tufayligina bu yerdagi g’am-anduhlarni yenga olgani, uning farzandlariga, ota-onasiga bo’lgan sog’inch kechinmalari bir oddiy inson sifatida tabiatni jon dilidan sevishi, mustahkam iroda sohibi ekanini yoshlar va kelajak avlodga ibratli tomonlarini ko’rsatishdan iborat. Yoshlarni jinoyat ko’chasiga kirib, Muhabbat taqdiri ularni boshiga tushmaslik uchun bir ulgu sifatida yozilgan hikoyadir.


Fursatdan foydalanib, mazkur hikoyaning, kitobning dunyoga kelishiga yaqindan yordam ko’rsatgan ushbu hibsxona boshlig’i B. Kenjaevga hamda uning rahbariyat xodimlariga shuningdek xodimlarning olib borayotgan ishlarida kattadan katta rahmatlar aytib, o’z minnatdorchiligimni bildiraman.
Kitoblardan ayrim obrazlarni taqqoslash joiz bo’lsa, har bir qurilgan oilani katta qo’rg’oncha, kelin va kuyovni esa malika va shahzodalarga o’xshatging keladi. Balki bu qiyoslash ko’pchilikka yoqqani uchun ham ertaklarning aksariyati shahzoda va malikalar haqidadir. Ertaklar hayotga juda-juda yaqin bo’ladi. Ammo…..
Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim o’tgan zamonda mahobatli qasrda shahzoda va malika yasharkan. Nima bo’libdiyu, g’orda yashovchi qirq boshli ajdaho shahzodani sehrlab qo’yibdi. Shahzoda uning quliga aylanib, malikani va davlatni unutibdi, deb boshlanuvchi ertak odatda bir qancha qiyinchiliklardan so’ng malikaning sevgisi shahzodaning sehrdan qutqarib, yana baxtli hayotga qaytarishi bilan tugaydi.
Ushbu hikoyada bayon qilingan hayotiy voqealardagi “shahzoda”ni ham qirq boshli ajdaho sehrlagan, lekin u ulkan g’orda emas, kichkinagina shishada yashaydi. Yigit mashinasidan, farzandlaridan voz kechib, ketib qoladi. O’zi quli bo’lib qolgan shishadagi xojasiga sig’inadi. Eng qizig’I, etaklaridagidan farq qilib, u sehrdan qutulib yana o’z baxtini, farzandlarini o’ylab ularni yoniga baxtli hayot kechirish uchun qaytadi. Hammaning ko’z o’ngida chiroyli oila qo’rg’onlaridan biri qulagan chog’ida yana uni qaytadan tiklashga urinadi.
Bunga kim aybdor? Yigitning ichkilikga, maishatga mukkasidan ketishining sababi nimada? Nega yaqinlari uni bu yo’ldan vaqtida qaytara olmaganlar? Endi bolalarning taqdiri nima bo’ladi? Nimaga begunoh go’daklar ko’zidan yosh oqdi? Nega yoshgina qizning taqdiri uni panjara ortida o’tirishga majbur qildi?
Atrofdagi odamlar-chi ular bu mudhish voqeaga qanday munosabat bildirdilar.
Adolat qaror topishi uchun qizcha tinimsiz kurashdi. Hikoyani o’qir ekansiz bu kabi savollarga birin-ketin javob topa boshlaysiz. Hikoya qahramonlarining qismatlaridan vaqif bo’lgach, ularning fe’l-atvori bilan yaqindan tanishganingizdan keyin siz ham Muhabbat boshidan o’tkazgan ruhiy kechinmalarni guvohi bo’lasiz. Faqat pok niyatlargina o’z iymon e’tiqodiga sodiq qolib, ezgu maqsadlari yo’lidan to’xtamasligini yana bir bor his etishingiz, shubhasiz.



Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling