Tahririyatga maktub


Maqsadimiz - adashganlar hayotda o’z o’rnini topsin!


Download 256.56 Kb.
bet5/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Maqsadimiz - adashganlar hayotda o’z o’rnini topsin!
Xodimlarimiz adashgan shaxslarni to’g’ri yo’lga solish, ularning ongu tafakkurida ijobiy o’zgarishlar yasash, davlat, jamiyat va o’z oilasiga dahldorlik tuyg’usini shakllantirish borasida tizimli ishlarni yo’lga qo’yib, zimmalariga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarishyapti dedilar o’z so’zlarida. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslarning aksariyati muayan jazoga tortilgach, pushaymon bo’lib, o’zlariga tegishli xulosa chiqarib olishadi. Ammo jazodan to’g’ri xulosa chiqarmaydigan, qayta-qayta qing’ir ishga qo’l uradiganlar ham yo’q emas. Buni ayrim jinoyatlar aynan sudlanganlar tomonidan takroran sodir etilayotganidan ham ko’rish mumkin.
Xodim Kazakbaev Abdulla o’z ishining fidoiysi, jonkuyar, to’g’ri so’z va samimiy xodimlardan biridir. Ular o’z navbatchiligini qabul qilib olar ekan, har doim kulib, xushmuomalalik bilan har bir kamera mahkumlari sog’ligini, hol-ahvolini, tinglab mehribonchilik bilan fidoiy va jonkuyar insondirlar. Ular o’z so’zlarida taqdirning turfa yo’llarida adashmaydigan inson kam albatda. Ammo vaqtida tuzatilmagan birgina xato tufayli og’ri oqibatlar kelib chiqishi, inson bilib bilmay jinoyat ko’chasiga kirib qolishi mumkin. Ana shunday nadomat komida qolganlar esa qani imkon bo’lsa-yu, hayotimni boshqadan boshlasam deya orzu qilishadi. Chin dildan istagan odamga esa bu orzusini amalga oshirish uchun imkon beriladi, derdilar. Bu xodimlar ham o’ziga bildirilgan yuksak ishonchni oqlash ichki ishlar xodimi degan sharafli nomga munosib bo’lish uchun bor bilim va tajribalarini kuch va imkoniyatlarini ishga solib xizmat qilishlari muqaddas burchdir. Hibsxona rahbariyatiga o’z xizmatlarini sidqidildan vijdonan bajarayotgan xodimlarga o’z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ularning oilalariga, kasbu-korlariga, Vatan oldidagi olib borayotgan xizmatlariga hech qachon ko’z tegmasin deyman. Yosh va uddaburon hibsxona rahbariga esa doim el nazarida bo’lish, xodimlar hurmatini qozonib yurishlarini istab qolaman. Mashaqqatli biroq sharafli ishlaringizga omad yor bo’lsin deyman.
Inson qadri uchun o’zbegim bot urmoqda,
Yurtboshim yangi O’zbekiston qurmoqda
O’zgarishlar bo’lmoqda har bir jabhada bugun.
Kelajagi buyuk bo’lgan o’zbegim farzandiman.
Muborak aytar mudom tinchlik bo’lsin shiorimiz
Kim do’st bo’lib tashlar qadam u bizning dost-yorimiz
Shunday yurtda yashashdan mamnun bugun o’g’il qizing
Inson qadri buyuk yurtda o’zbegim farzandiman.
“Vaqt, imkoniyat tashabbus harakatga yarasha baraka”. Bu aqidani hayot yo’llarida o’zi uchun shiorga aylantirgan Tarixov Berdax hamda Kazakbaev Abdulla xodimlar xizmat qilayotgan qahramonlarimiz hayot yo’llariga har gal nazar solganida xizmatdan ko’ngli to’lib qalbi osmon qadar yuksalib, shukrona keltiradilar. Aslida bir inson uchun bundan ortiq baxt bo’lmasa kerak. Har bir ichki ishlar xodimi uchun mardlik, halollik to’g’ri so’z va sadoqatlilikni o’ziga shior qilib olmog’i lozim. Ma’rifatli inson esa albatda zukko bo’ladi. Har qanday qiyin vaziyatda ham o’zini yo’qotib qo’ymaydi, to’g’ri oqilona xulosa chiqaradi. Yuqorida biz nomlarini tilga olayotgan xodimlar ana shunday insonlar sirasiga kiradi. Osoyishtaligimizni himoya qiladigan har bir xodimni men shunday bo’lishlarini tasavvur qilaman. Inson qaysi sohada xizmat qilishidan qat’iy nazar, erishayotgan barcha yutuq va muvaffaqiyatlari zamirida ustozlarining mashaqqatli mehnati borligini unitmasligi kerak. O’z kasbining ustalari bo’lgan ustozlarini doimo ehtirom bilan har gal ular tilga olar ekan, ushbu hibsxona rahbari B.Kenjaevning bosib o’tgan hayot yo’llari hamda ularning xodimlariga hayotiy masalalar yuzasidan ham ko’plab foydali maslahatlar, yo’l-yo’riqlar ko’rsatib, xodimlarining xalq ishonchiga sazavor bo’lishlari katta baxt ekanligidan fahrlanib gapirishi xodimlarni yanada o’z ishiga bo’lgan mehr-muhabbatini va sadoqatini oshiradi. Yillar ko’z ochib yumguncha o’tib ketar ekan. Kechagina ustozlaridan bilmaganlarini o’rgangan B.Kenjaev o’zi ham mana ustoz bo’lib to shu kungacha ko’plab shogirdlar yetishtirib chiqardi. Ularning shogirdlari hozirgi kunda yurtimizning deyarli barcha hududlarida o’z xizmat faoliyatini samarali olib bormoqda. Shogirdlar yutug’i esa bu ustozning yutug’idir.
Ustozim nur deydi - sevadi inson,
So’zlarin dur deydi teradi inson
Bergan ta’limingiz quyosh nuridek
Yo’limiz yoritdi yashnadi zamon.
Ishda ham, oilada ham birdek hurmat va ehtiromga sazavor bo’lgan bu rahbarni shogirdlari haqli ravishda havas qilgudek to’g’ri so’z va mehribon inson desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki xalq ishonchini qozonish har bir ichki ishlar xodimi uchun katta baxt va oliy sharafdir. Ba’zan inson umrini yo’lga qiyoslashadi. Har bir dovon osharkan, ortga nazar tashlab, o’tayotgan umridan mamnunlik hissini tuygan kishilarga chinakam baxt nasib etadi. Har kim baxtni turlicha tushunadi, talqin qiladi. B.Kenjaev kasbga mehr qo’yishni va ardoqlashni baxtiyorlikning muhim omillari deb biladi. Haqiqatda ham shogird kamolida ustozning o’rni beqiyos. Chunki uzoq yillik ish tajribasiga ega bo’lgan ustoz-murabbiy bor bilim va ko’nikmasini o’z shogirdiga baxshida etadi kezi kelganda maslahat beradi, yo’l-yo’riq ko’rsatadi. Buning natijasini bugun shogirdi Tarixov Berdaxning muvaffaqiyatli faoliyatida ko’rish mumkin.

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling