Tahririyatga maktub
Download 256.56 Kb.
|
637den baslap 231 aqirǵi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhtaram kitobxonlar!
Madaniyatlar to’qnashuvi.
Yozuvchi bo’lish muhim bir ish emas. Muhimi yaxshi bir inson bo’lishdir. Avvalo musulmon bo’lmoq, eng ahamiyatli ishdir. Yozuvchi rassom kabilar undan keyingi darajadagi masalalardir. Allohning “O’rta yo’lda bo’ling” degan amrini yaxshi bilish hamda haddan oshishlik va o’z ornida me’yordan ortda qolishlikni islomiy mezonlardan ajrata olmog’i kerak. Bir inson juda yaxshi yozuvchi bo’lishi uni qutqarolmaydi…. Yozuvchi bo’lishga intilganing kabi yaxshi musulmon bo’lishga ham harakat qilishing kerak. Shundan so’ng yozuvchilikka e’tibor bersang bo’ladi. Yaxshi musulmon bo’lsang, oz’ingni musulmon bir hinddan yoki sening ta’biringcha musulmon bir lo’lidan ustun emasligingni ko’rasan. Vafotimizdan so’ng qayta tiriladigan olamimizda muhim bo’lgan besh kun bor. Meni yaxshilab tinglang. E’tiqodsiz kishilar uchun dahshatli musulmonlar uchun baxtli kunlar besh turlidir. 1. Qabr 2. Mahshar (hashr) 3. Hisob. 4. Mezon (tarodi) 5. Sirot. Ushbu kunlarning har birida odamlardan irqi, rangi, mavqei, vazni, kasbi, bo’yi, mamlakati, go’zalligi va xunukligi haqida so’ralmaydi. Bandalardan Allohning buyrug’iga qanchalik amal qilib yashaganliklari, imonlarining bor-yo’qligi so’raladi. Endi tanlovingni unitmagil, o’zing hal qil. Ammo unitmang, o’z-o’zidan yiqilganlar ham yig’laydi, azizam. Omina Shenliko’g’li. Mingboshining qizi kitobidan. Qaysidir bir kitobdan ushbu satrlarni o’qir ekanman, chuqur o’yga tolaman. Chunki har bir odam bu dunyoga bir marotaba keladi. Nahot shu umrimizni qolgan qismini chiroyli va baxtli oilamiz atrofida, o’z yaqinlarimiz bilan tinch, totuv o’tkazolmasak aziz ayollar. Sizlarning va mening o’rnim oilamiz davrasida ekanini tushunib yetish nahot shu darajada qiyin bo’lsa ayollar! …… Mahkumalar uchun ajratilgan bobga tushiriladi. Nafs haqida ham yozilgan. Muhtaram kitobxonlar! Siz ushbu kitobni o’qir ekansiz, turfa xil taqdirlar nolasiga duch kelasiz, ularning kechinmalari, g’am-alamlari bilan tanishasiz, misralarga to’kilgan dardlarga, bir oyga ham sig’maydigan qayg’ulariga sherik bo’lasiz. Mahkuma ayollarning o’z yaqinlaridan so’rayotgan kechirimlarini, ko’zlaridan oqayotgan sog’inch yoshlarini shohidi bo’lasiz. Pushaymonliklari esa sizu-bizning qalbimizni larzaga soladi. O’zimiz bilmagan holda ko’zlarimizga yosh keladi, afsus-nadomatlarning esa chegarasi yo’q, ko’rinmaydi. Har bir odam birinchi galda o’z-o’zini tarbiya qilishi lozimligini A.Navoiy bobomiz ham o’z asarlarida ko’p ta’kidlab o’tgan. Bu to’g’rida ko’plab risolalar bitgan. Mazkur kitobdagi satrlarni o’qir ekansiz, bu foniy dunyo - imtihon dunyosi ekanligiga yana bir bor amin bo’lasiz. Donolar so’zlari biz uchun eng katta o’git hisoblanadi. Aytishlaricha, odam bolasi kichik bir gunohga qo’l ursa, shayton unga der ekan, - “Buni qilgil, bunda ko’p ziyon yo’qdir” - Odam bolasi esa shayton so’ziga kirib, kichik bir gunoh qilgach, so’ng kattarog’iga o’tar ekan. Bora-bora ish kufrlik bilan tugar ekan. Shundan so’ng bunday ishni qilgan odam Allohning dargohidan yiroqlashib qolarkan. Kitobdagi hikoyalarni o’qir ekansiz, xuddi ulardagi voqealar bilan hamohang qadam tashlayotgandek, yashayotgandek sezasiz o’zingizni. Ongu shuuringiz ma’naviy ozuqa oladi. Tafakkuringiz kengayib ruhiyatingiz orom olib, qaldingizda eng go’zal his-tuyg’ular uyg’ongandek taasurot olasiz. To’g’ri mahkumalarning hammasidan ham shoir, yozuvchi, rassom chiqmas, lekin ular ma’nan yetuk, sog’lom, ilm va hunarli holda jamiyatga, o’z oilasiga qaytsa, ular qaysi bir kasbning egasi bo’lmasin u adabiyotni, hayotni sevadi, adabiyotni, kitobni sevgan insondan esa yomonlik chiqmaydi, aksincha o’z kasbining fidoiysi bo’lishi aniq. Chunki o’sha mahkumga hayotning o’zi ham katta muallim bo’ladi. Bu haqda (T.Edison) quyidagi misralarni keltirgan. Har bir odam ikki xil tarbiya oladi: Birinchisi; tarbiyani o’z hayot tajribalarini singdirish yo’li bilan ota-ona beradi. Ikkinchisi; yanada muhimrog’ini esa unga hayotning o’zi o’rgatadi. Download 256.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling