Tahririyatga maktub


Download 256.56 Kb.
bet18/49
Sana08.09.2023
Hajmi256.56 Kb.
#1674347
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49
Bog'liq
637den baslap 231 aqirǵi

Mustaqillik shukuhi.
Mustaqillik berdi bizga ulug’ baxtni.
Kelajakga ishonchimiz hamda ahdni,
Bunday kunda Vatan obod, xalqim ham shod
Vatan uchun yashamoqlik bizga sharaf.
Ushbu satrlarni o’qir ekanman, otajonimning xirgoyi qo’shiqlari-yu, o’lanlari esimga tushib ketdi. Ayniqsa qoraqalpoq
qo’shig’ini otajonim tez-tez xirgoyi qilib aytib yurardilar . Bu qo’shiq juda ham qoraqalpoq o’lanlari orasida juda mashhur bo’lgan. Bu qo’shiqni bolaligimdan otamdan eshitganimda ularning yuzlaridan nur qalqirdi.Keyinchalik qo’shiqning aslini topib tinglab yurganman. Bu go’zal xonish meni ona yurtim Qoraqalpog’istonga sirli bir diyorga yillarcha chorlab turgandek tuyuladi. Ko’nglimga o’tirgan ushbu qo’shiqqa bo’lgan sevgim o’tini yillar shamoli o’chirish o’rniga yanada alanglatadi.
Qoraqalpoq milliy qo’shig’i yangraydi.
Bu so’zlarimdan xonaga yangi kelgan hamxonam to’lqinlanib ketdi. Ammo u har kuni ikkita qizalog’i va bitta o’g’ilchasini aytib, yig’lagani-yig’lagan edi. Mana uning ham xonaga kelganiga bir haftacha vaqt bo’ldi. U o’zi o’zbek bo’lsada onasi va turmush o’rtog’i va uning oilasidagilar ruslar o’zi esa rus ayoli edi. O’zbekchani oz-moz tushunsada, men unga har kuni yangi bitgan she’rlarimni o’qib berardim. U esa bu she’rlarni ruschada tarjima qilib aniq tushunib olardi. U farzandlarini o’ylagan sari men ham nevaralarimni eslab entikdim, bolalarimni, otajonim va yaqinlarimni, oilamni, Vatanimni sog’inganimni ich-ichimdan his qildim. U otajonimning qoraqalpoq o’lanlarini xirgoyi qilib yurishlarini mendan eshitib juda sevindi. Ularga men ham bu o’lanlarni otamdek kuylolmasamda, xirgoyi qilib aytishim bilan juda yoqdi menga dedi. Qoraqalpoqga bormaganman lekin ayrim tumanlari haqida eshitganman. Chunki o’sha tumanlarda mening tanishlarim, kollegalarim yashashadi. Tez-tez ular bilan telefonda gaplashib turamiz.
Har gal ular bilan gaplashganimda meni Qoraqalpog’istonga taklif qilishadi. Bu yerdan eson-omon ozodlikga chiqsam albatda bir mehmon bo’lib borib kelaman. U yerlarni ko’p odam maqtashadi, xalqi mehmondo’st deyishadi. Ayniqsa bizni ishdagilar u joylarning dudlangan baliqi-yu, qora-tau degan zam-zamiga oshiqlar ko’p ekan. Men spirtli ichimlik ichmayman, bu haqda ayniqsa turmush o’rtog’imdan ko’p eshitganman. Hozir bular esimga tushib ketdi dedilar. O’zbeklarni men ham yaxshi ko’raman degan hamxonamning so’zlari mening ham qalbimni to’lqinlantirdi. Ular bilan qoraqalpoq mening yurtim haqidagi suhbatlarimiz bir necha saotgacha cho’zilib ketdi. Bahonada ular bilan suhbat qurar ekanmiz ular ham o’zi tug’ilib o’sgan va bolaligi o’tgan azim shahri Buxoroni esga oldilar. U shahardagi bir umr esda qolarli manzaralarni gapirib berar ekan, ko’zlarimizga uyqu kelmay tingladim. Chunki men o’sha shaharda hech ham bo’lmaganman. Ular sog’inch bilan Buxoroni gapirar ekanlar, ko’z oldimdan qishlog’im bir-bir gavdalanib o’ta boshladi. Qishlog’imizni bezab turgan daraxtlaru, yalangliklar, yosh-yalangu xushbichim sipo qizlar, yon-atrofni qurshagan begona va yoqimli bir go’zallikdan tug’ilgan ajib bir sarmastlik. Bir-biridan chiroyli kiyingan yigit va qizlar, qariyalarning duosi-yu, beshikda yotgan chaqaloqning yig’isi, onalar allasi qay birini ta’riflay. Bularning barini ta’riflashga mening tilim ham, qalamim ham ojizlik qiladi. Men bu yerlarda bo’lib o’tayotgan mahkuma va mahbusalarning hayotiy va ularning boshidan o’tkazayotgan kechinmalarini hammasini oq qog’ozga yozishga qurbim yetmayapti. Turfa taqdir nolalarini eshitaverib qalbim og’riydi. Allohimdan har kuni bu nolalarni eshitib oq qog’ozga to’kishga o’zimga kuch va sabr so’rayapman. Hamxonalarimdan qaysi biri bu g’urbatxonani tark etishsa, ularning o’rnilariga yangi taqdirlar kirib kelaveradi. Ushbu ikki yil davomida men ushbu turfa xil nolalarni eshitib, tinglab, his qilib yozishdan charchamadim. Bu yerlarda esa eski taqdirlarni o’rnini tez-tez yangilari egallaydi. Faqat mengina o’zgarmayman, yangilanmayman xalos. Men haliyam o’sha, o’shaman. Hibsxonama, hibsxona yuraverib ham charchadim hozircha ko’rganim, bilganim, eshitganim va his qilganim shular. Yana bu yerlarni tark etishimga ham roppa-rosa ikki oycha vaqt qoldi. Ungacha yangi taqdirlar bilan yuzma-yuz kelsam ularni ham ketgunimcha albatda yozaman. Bu yerdagi xotiralar, yangi taqdirlar bilan birga yangi-yangi hikoyalar va yangi she’rlarim dunyoga keladi tug’ilaveradi. Nazarimda ijodkor uchun ham eng muhimi shu bo’lsa kerak deb o’ylayman. Hamxonam bilan gurung yarmida ikkovimiz ham o’z tilimizda gapirayotganimiz va bir-birimizni hech bir qiyinchiliksiz tushunayotganimizni sezib qoldik. Hamxonam bilan dardlashib uning kechinmalarini ham tinglar ekanman, mana bu satrlar bitildi:
Onangiz sog’inar sizlarni bolam she’ri yoziladi.
Hamxonam juda mehribon, oqko’ngil, yaxshi ayollar. Ular bilan har kuni soatlab suhbatlashar ekanman, ko’nglidan kechganlarini menga izhor qilar ekanlar mehrli nigohlaridan kuch oldim, ilhomlandim va ularning mehribonchiligidan sevindim ham. O’zbek tili qarluq, qipchoq, o’g’uz lahjalarining ko’pgina unsurlarini o’zida jamlagan turkiy olamning markaziy tili ekanligi haqida gapirsam hamxonam ham bu so’zlarimni ma’qulladilar.
Kitobga oshuftalik, uni o’ziga do’st tutish, oshno bo’lish insonni qalbini yuksaltiradi. Yangi-yangi hikoyalarni, kitoblarni va ixtirolarni buyuk qalb yaratadi. Buyuk qalblar odatda ezgulikka limmo-lim bo’ladi, ulardan hech qachon yomonlik chiqmaydi.
Yoshlar ongu qalbini egallash uchun kurash keskinlashgan, mafkuraviy tahdidlar kuchaygan bugungi zamonda kino san’ati hamda kitoblar yaratish, yangi-yangi she’rlar dunyoga kelib, hikoyalarni mahkumlar bitishi bu juda ajoyib voqea hisoblanadi, deya so’zlagan hamxonamning gaplarini eshitar ekanman ko’nglim tog’dek ko’tarildi. Ijodimga bo’lgan qiziqishim yanada ortdi. Men o’sha kuni oilamdagilar bilan gaplashishga ruxsat oldim. Oldiniga ukam bilan hol-ahvol so’rashdim, keyin undan telefonni otajonimga berishlarini iltimos qildim. Ukam hozir ularga beraman telefonni deyishini kutishim va u shu gaplarni aytgach qalbimdan kechayotgan o’ylar meni tinch qo’ymas va tezroq otamlarning ovozini eshitishga oshiqardim. Ularni tovushini eshitgan zahotim ko’zlarimdan yosh chiqardi. Endi bu ko’z yoshlar sog’inch va quvonch ko’z yoshlari edi. Har gal ular bilan gaplashmasimdan oldin qo’l oyog’imni titroq bosib, xayolimdan allanechuk o’ylar o;tadi. Ishqilib otajonim omonmikin deya o’zimga savol beraman. Xayriyatki, omon ekanlar, deya ularni tovushini eshitgach o’zimga taskin ham berib qo’yaman. Otam bugun ham qachon uyga qaytishimni qo’rayaptilar. 15-dekabr ularni tavallud kunlari o’sha kungacha yetib boraman dedim. Ular esa mening bu gaplarimni eshitib quvondilar. Ko’ngillari tog’dek ko’tarildi. Men ham ularni sog’inganimni aytdim. Ular har kuni men uchun duoda ekanliklarini aytdi. Keyin ular bilan xayrlashar ekanman, kelinim va uning qizlari bilan ham gaplashdim. Ular ham sog’-omon yaxshi yurishgan ekanlar. Kelinim o’qituvchi uni o’tgan bayrami ustozlar kuni bilan ham tabriklab qo’ydim. Bayram o’tib ketgan bo’lsa-da mayliga dedim o’zimga. Bunday joyda va bunday ahvolda qo’limdan nima ham kela olar edi dedim o’zimga.
Yana o’sha kuni eng kichik singlim bilan ham gaplashdim. U bilan ham hol-ahvol so’rashdik. Uni ham yana bir marta o’tgan bayram ustozlar kuni bilan tabrikladim. U tez kunlarda meni ko’rib ketishga kelishini aytdi. Men esa rosa quvondim. U kelsa, uzoq suhbat quramiz deb o’yladim. Keyin suhbatimiz oxirida u menga aytsammi, yo’qmi deb turgan bir gapni aytdi. O’sha gapni eshitib juda yomon ahvolga tushdim. Chunki men qo’ng’iroq qilmasimdan ikki kun oldin biz uchun juda qadrli insonimiz, Shahargul yangamiz og’ir kasallikdan bu dunyoni tark etgan ekanlar. Joylari jannatda bo’lsin ularni. Bu yerdan ozodlikga chiqsam, ularni borib ko’rib kelaman deb o’ylab o’tirgan edim. Afsus diydor mahsharga qoldi. Singlim bilan xayrlashgach, kayfiyatim tushib ketganidan xonaga qanday kelganimni bilmayman. Yangam hali yosh edilar. Endigina bolalarini ulkaytirib qizini yaxshi bir joyga to’y qilib uzatib , nevara ko’rgan bo’lsalarda, hali o’g’illarini endigina kamolga yetkazgan edilar-a attang. Ular yillar davomida tog’am bilan baxtli umr kechirib, bir etak bolali bo’lib, o’qituvchi bo’lib ishlab keldilar. O’qituvchi inson o’zingizga ma’lum o’z mehnati bilan kun ko’radi. Qishloq joylarida bundan boshqa nima ham topish mumkin deysiz. Tomorqaga qarash uy ishlarini hammasini o’zlari bajarib endigina qo’lim oshga yetdi deganidaodam bu dunyoni tark etsa-ya. Tog’am uchun ham bu bir og’ir zarba bo’libdi-ya. Ular bir-birlarini juda yaxshi ko’rishar edi. Tog’am bilan Shahar yangam ikkovlari ham qoraqalpoq. Yangam Bo’zatovlik singlimni qayin opalari edi. Kuyov bolamizni tug’ishgan opasidan ayrilishi juda yomon bo’libdi. Yangam hattoki pashshaga ham ozori yo’q juda mehribon ayol edi. Bu muhim xabarni yaxshiyamki, otajonimga bildirishmabdi. Bo’lmasa ular ham qattiq g’amga botardilar. Otam tog’am va yangamni ham juda yaxshi ko’rar edi. Ularnikiga mehmonga borsalar darrov kelin bir issiqqina qurmush pishirganingda edi, - deb turardilar. Yangam esa kulimsirab ularga qarab, siz bir past o’tirib damingizni olib choy ichib turing, men bir pasda tayyor qilib kelaman deb shoshib-pishib o’choqqa o’tni qalardilar. Eh yangajonim-a. Bunchalaram erta bu dunyoni tashlab ketmasangiz deb ho’m-ho’m yig’ladim. Yana ozgina chidab turganingizda men ham siz bilan rozi rizolik qilib olardim. Sizni oxirgi marta bir bor ko’rib, diydoringizga to’yib qolarmidim-a. Yaxshi kunlarimda to’ylarimga bosh bo’ldingiz, boshimga tashvish enganida dardkash edingiz. Hammadan oldin uyimizga biron bir xabar eshitsangiz yelib yugurib kelardingiz. Siz bilan to’yimiz, tug’ilgan kunlarimiz, bayramlar-u xursandchiligimiz ham fayzli o’tardi-ya. Kulib turishingiz, qarashlaringiz-u, mehringizni endi qaydan topamiz. Onajonim ham tirikligida ularni juda yaxshi ko’rardilar. Ular bir-biriga juda ham mehribon edi. Yangamni siymolari mana ular ketgan bo’lsalarda, lekin ko’z o’ngimdan bir necha kun nari ketmadilar. Men chuqur qayg’u, iztirobga botdim. Men ularni og’ir kasallikga duchor bo’lganliklari haqida yaqinda eshitgan bo’lsamda, hanuz ularni tez bu olamni tark etganlariga gohida ishongim ham kelmayapti. Chunki men ularni juda yaxshi ko’rardim. Ular biron marta bizga qattiq gapirmadilar. Ollohim, ularni o’z dargohiga olgan bo’lsinlar, jannatim, bog’im, gulim edingiz. Ukajonlarimga, tog’amga barcha yaqinlarimga singlim bilan kuyov bolamga sabr ato etgin Ollohim deyman. Ilohim boshlari toshdan bo’lishsin, yaqinlarimni. Shu tobda quyidagi misralar yuragimga taskin berdi.
Farzandlari rohati deb, o’z rohatin tark etgan yangam,
Ular orom olsin deb, ko’zlaridan uyquni quvgan yangam,
Farzandlari oyog’iga kirgan tikan og’rig’ini ulardan oldin o’z qalbida his qilgan yangam.
Farzandi baxti uchun o’z salomatligini ham fido qilgan yangam.
Ketmang bog’im, ketmang gulim biz uchun bir donasiz.
Dardi ko’pdir, darmoni yo’q g’urbatida qolgan yangam.
Sovuq demay, izg’irin demay, so’ngi luqmasiniyam o’zi yemay, bolalariga yedirgan yangam.
Bolalarim o’qisin, yaxshi yashashsin, uyli-joyli bo’lishsin deb o’zini ham o’ylamay o’z jonidan kechgan yangam.
Olloh dargohiga yo’l ochib, so’ngi manzilda ham bolalari va yaqinlariga qarata:
Xotirimga ko’nglingizda bir makon bunyod eting
Qabrim uzra termularman men faqirni yod eting
Deya oxirgi manziliga yo’l olgan suygan gulim Alvido!

Download 256.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling