Тайван етакчиси АҚШга боришига Пекин ҳарбий машғулотлар билан жавоб қайтарди. Янги уруш яқинми?
Tayvan mojarosi. AQSh—Xitoy to‘qnashuvi yuz berishi haqiqatga qanchalik yaqin?
Download 1.07 Mb.
|
Xitoy taivan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xitoy—Tayvan qarama-qarshiligi qachon va qanday paydo bo‘lgan
Tayvan mojarosi. AQSh—Xitoy to‘qnashuvi yuz berishi haqiqatga qanchalik yaqin?So‘nggi bir necha oyda butun dunyo nigohi Sharqiy Yevropa, Ukrainaga qaratildi. Dunyoning eng kuchli davlatlaridan biri deb aytiluvchi Rossiya mana nechchi oydirki, Ukrainada deyarli muvaffaqiyatga erisha olgani yo‘q. Bu paytda jahonning boshqa burchagida yana bir qaynoq nuqta alangalanmoqda. Bu Sharqiy Osiyodagi Tayvan oroli atrofidagi mojarodir. Bu orol-davlat Xitoy hududiy birligi hisoblanadi, biroq tayvanliklar Xitoyga qo‘shilishiga qarshilik qilmoqda. AQSH esa Tayvanning Xitoy hududi ekanini tan olgan holda uning Xitoyga kuch bilan qo‘shilishiga qarshi chiqyapti. Xitoy ma’muriyati Tayvanni qaytarish uchun harbiy amaliyot o‘tkazishi mumkinligi aytgan bo‘lsa, AQSH prezidenti Jo Bayden orol-davlatni himoya qilish uchun kuch ishlatishga tayyorligini ma’lum qildi. Xo‘sh, Yevropaning sharqidagi urush o‘chog‘i Osiyoning sharqiga ko‘chishi mumkinmi? Dunyo gigantlari: AQSH—Xitoy to‘qnashuvi haqiqatga qanchalik yaqin? “Daryo” kolumnisti Muhammadqodir Sobirov ushbu savolga javob izladi. Xitoy—Tayvan qarama-qarshiligi qachon va qanday paydo bo‘lgan?Tayvan oroli Xitoy yilnomalarida ilk bor milodiy 239-yili qayd etiladi. Shu davrda ilk Xitoy ekspeditsiyasi Tayvanni o‘rganish uchun bu yerga keladi. Hozirgi Xitoy aynan mana shu faktga asoslanib, Tayvan uning tarixiy mulki ekanligini da’vo qiladi. Orol bir necha yuz yillar davomida Xitoydagi imperiyalarning tarkibiy qismi bo‘lib qoladi. 1624-yil Tayvanga ilk yevropaliklar: gollandlar kirib keladi va orolni o‘z mustamlakasiga aylantiradi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay (1683-yil) Xitoydagi Sin sulolasi Tayvanni qaytarib oladi va 1895-yilgacha uni o‘z tarkibida ushlab turadi. XVII asrdan boshlab orolga Xitoydan ko‘plab muhojirlar kela boshlaydi hamda qiyinchiliklar va mahalliy aholi bilan to‘qnashuvlar sabab ularning katta qismi ortga qaytadi. Xitoy Xalq Respublikasi va TayvanFoto: ABC Muhojirlarning aksariyati Fujian (Fukang) provinsiyasidan kelgan xan va Guandun provinsiyasidan kelgan hakka qabilalari edi. Bu ikki qabilaning avlodlari hozir kunda orol aholisining katta qismini tashkil qiladi. 1895-yilda Birinchi Xitoy-Yaponiya urushida Yaponiya g‘alaba qozongach, Sin sulolasi hukumatining Tayvanni Yaponiyaga topshirishdan boshqa chorasi qolmaydi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng urushdagi g‘olib davlatlardan biri bo‘lgan Gomidan tomonidan boshqariluvchi Xitoy Respublikasi ittifoqchilari – AQSH va Buyuk Britaniyaning roziligi bilan Tayvanni boshqara boshlaydi. Mag‘lub Yaponiya esa orolga bo‘lgan da’volaridan voz kechadi. Urush tugagach Xitoyda davom etayotgan kommunistlar va Gomindan o‘rtasidagi fuqarolar urushida Mao Szedun boshliq kommunistlar qo‘li baland kela boshlaydi. Sun Yat Sendan so‘ng Gomindan partiyasi yetakchisiga aylangan Chan Kay Shi qator mag‘lubiyatlardan so‘ng, 1949-yil Gomidan hukumati qoldiqlari bilan Tayvanga qochib keladi. Chan Kay Shi (chapda) va Mao Szedun (o‘ngda)Foto: Bestchinanews Bu guruh Tayvanda qit’alik xitoylar deb ataladi. Ularning soni o‘sha paytda bir yarim million kishi atrofida bo‘lgan. Ushbu guruh tarkibida sobiq harbiylar, hukumat a’zolari va tadbirkorlar bor edi. Mao Szedun boshliq kommunistlar Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tuzilganini e’lon qilgach, Chan Kay Shi Nankindagi Gomindan poytaxtini Tayvanga, Taypey shahriga ko‘chiradi va hududiy Xitoy Respublikasini tuzadi. Shu tariqa Tayvan va Xitoy bir-biriga dushman davlatlarga aylanadi. AQSH hukumati 1979-yilgacha Tayvandagi Gomindan hukumatini qonuniy Xitoy davlati vakili sifatida tan olib keladi. SSSRdagi kommunizm bilan raqobatda bo‘lgan AQSH uchun yana bir yirik kommunistik davlatning tashkil topishi tabiiyki yoqimsiz yangilik edi. Shu bois Qo‘shma Shtatlar Tayvanni faol ravishda qo‘llab-quvvatlaydi va 1954-yil Tayvanga hujum yuz bergan taqdirda uni himoya qilish va’da berilgan mudofaa to‘g‘risida shartnomani imzolaydi. 1979-yil AQSH Xitoy va SSSR munosabatlari yomonlashuvi fonida Xitoy bo‘yicha o‘z siyosatini o‘zgartiradi va XXRni Xitoyning qonuniy hukumati deb tan oladi. Shu yili Taypeydagi AQSH elchixonasi Pekinga ko‘chiriladi va AQSH Tayvan bilan rasmiy aloqalarni to‘xtatadi. Natijada AQSH va Tayvan o‘rtasidagi “mudofaa shartnomasi” amalda o‘z kuchini yo‘qotadi. AQSH buning o‘rniga “Tayvan bilan munosabatlar to‘g‘risida Qonun”ni qabul qiladi. Ushbu qonunda AQSH Tayvanni XXR tajovuzidan himoya qilishga kafolat beradi. Vashington Tayvan XXR hududi ekanini tan olishini, biroq uning kuch bilan qo‘shib olinishiga qarshi ekanini bildiradi. Chan Kay Shi davrida Tayvan iqtisodi o‘sishni boshlaydi. 1950-1965-yillarda Tayvan AQSHdan jami 1,5 milliard dollarlik iqtisodiy, 2,4 milliard dollarlik harbiy yordam oladi. 1965-yilda Tayvan mustahkam moliyaviy bazaga ega bo‘lgach, Amerika yordami to‘xtatiladi. Tayvan erkin bozor qoidalari yordami bilan juda tez gullaydi va dunyodagi eng yirik valyuta zaxiralarga ega davlatga aylanadi. Tan olinmagan Tayvan respublikasi Osiyoning iqtisodiy to‘rt yo‘lbarsidan (Gonkong, Janubiy Koreya va Singapur) biri hisoblanadi. 2000-yildan so‘ng Tayvanda demokratik tuzum o‘rnatiladi. XXR ham bu davrda iqtisodiy va harbiy o‘sishga erishadi. Xitoy jahon siyosatidagi asosiy o‘yinchilardan biri bo‘ldi. Tayvandan farqli o‘laroq, XXR qattiq yakkapartiyaviylik tuzumda qoldi va Kommunistik partiya mamlakatda demokratiya o‘rnatmaydi. 1980-yillarda bir necha o‘n yillik dushmanlik va tajovuzkor ritorikadan so‘ng, Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilana boshlaydi. Foto: Zuma Xitoy “bir mamlakat, ikki tuzum” deb nomlanuvchi formulani ilgari surdi, unga ko‘ra Tayvan Xitoy bilan qayta birlashishga rozi bo‘lsa, unga muhim avtonomiya berilardi. Taklif rad etildi, ammo Tayvan Xitoyga tashrif buyurish va sarmoya kiritish qoidalarini soddalashtiradi. Taypey, shuningdek, 1991-yilda Xitoy Xalq Respublikasi bilan urush tugaganini e’lon qiladi. Ikkala tomonning norasmiy vakillari o‘rtasida ham cheklangan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. XXR’ning Xitoy Respublikasi(Tayvandagi hukumat)ning hokimiyati noqonuniy ekanligi bo‘yicha pozitsiyasi hukumatlar o‘rtasidagi aloqalarga to‘sqinlik qilib keladi. Xitoy 2000-yili Tayvanda mustaqillik tarafdori bo‘lgan Chen Shuyi-byan prezident etib saylanishidan xavotir bildiradi va u 2004-yilda qayta saylanganda, Pekin Tayvan Xitoydan ajralib chiqishga harakat qilsa, unga qarshi “tinch bo‘lmagan vositalar”ni qo‘llash imkonini beradigan bo‘linishga qarshi qonunni qabul qiladi. 2008-yilda Ma Ying Jou orol prezidenti etib saylanadi. U Xitoy bilan munosabatlarni, asosan, iqtisodiy kelishuvlar orqali yaxshilashga intiladi. 2016-yilgi saylovlarda esa yana mustaqillik tarafdori bo‘lgan nomzod, Say Ing Ven Tayvan rahbarligiga saylanadi. Shu yili AQSH prezidentligiga saylangan Donald Tramp bilan telefon suhbati o‘tkazgan Say Ing Ven 1979-yilda aloqalar to‘xtatilgandan so‘ng AQSh rahbariyati bilan rasmiy aloqa o‘rnatgan ilk Tayvan rahbariga aylanadi. 2018-yil davomida Xitoy xalqaro kompaniyalarga o‘z veb-saytlarida Tayvanni Xitoyning bir qismi sifatida ro‘yxatga olish uchun bosimni kuchaytirdi va agar bu talab bajarilmasa, Xitoyda biznes qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi. XXR va Tayvanning ayni paytdagi yetakchilari: Si Szinpin (chapda) va Say Ing Ven (o‘ngda)Foto: Global Look Press Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling