Talaba T.G. Azizovaning sinov darsini o‘tkazish natijalari
Sana
|
Fan
|
Muvaffaqiyatli harakatlar (daraja)
|
Muvaffaqiyatsiz (xato) harakatlar
|
15.11.06
|
Adabiyot
|
Muammoli vaziyat yarata oldi (3), bolalarni suhbatga tortdi (2)…
|
Alohida o‘quvchilar bilangina ishladi, doskaga chiroyli yozmadi.
|
16.11.06
|
Ona tili
|
Diktant o‘tkazdi (4), yangi qoidani tushuntirdi (2)…
|
Avvalgi mavzu bilan bog‘lamadi (1), bolalarning javoblariga unchalik e’tibor bermadi (2), hayajonlandi…
|
Hisobot materiallariga quyidagilar kiradi:
Pedagogik amaliyot kundaligi. Bunda talabalar pedagogik faoliyatga tayyorgarlikni o‘zi tashxislash bo‘yicha bajarilgan ishlar turi, o‘z-o‘zini tashxislash natijalari, o‘z-o‘zini rivojlantirish individual dasturi, tanlangan topshiriqlarning bajarilish natijalari aks etadi. Bunga dars konspektlari, sinfdan tashqari tadbirlar ishlanmasi, ko‘rgazmali qo‘llanmalar kirmaydi.
Talabaning pedagogik faoliyatiga tavsifnoma. Mutaxassis chiqaruvchi kafedra, pedagogika, psixologiya kafedrasi va boshqa kafedra o‘qituvchilari hamda talaba amaliyot o‘tayotgan o‘quv muassasasi o‘qituvchisi bilan birgalikda tuziladi. Tavsifnoma tuzish uchun talabaning pedagogik faoliyatini kuzatish va topshiriqlarni bajarish natijalaridan, shuningdek, talabalar bilan suhbatlar, o‘zini tashxislash va yakuniy o‘zini baholash natijalaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |