Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi
Download 356.48 Kb.
|
pedagogik amaliyot darslarini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika fani – 25 ball
- Psixologiya fani – 10 ball
- Bajariladigan ish mazmuni Vazifa soni Bajarish muddati
- Ixtisoslik bo‘yicha metodist tomonidan qo‘yiladigan ballar quyidagicha
- II BOB. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH.
Pedagogik faoliyat tavsifnomasi. Talaba tomonidan topshiriqlarni bajarish natijalarini o‘zi baholash asosida tuziladi. Kafedrada qolish uchun alohida varaqqa yoziladi.
Talabalarining pedagogik amaliyot davridagi ishlarini baholash mezonlari Pedagogik amaliyot davomida talabalarning faoliyatini nazorat qilish va baholash 100 ballik reyting asosida amalga oshiriladi. O‘quv rejasidagi fanning xususiyatidan kelib chiqib, ballar quyidagicha taqsimlanadi. “Pedagogika” fanidan – 25 ball “Psixologiya” fanidan – 10 ball “Gigiyena” fanidan 5- ball Mutaxassislik fanidan – 60 ball Talabalarning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishlari quyidagicha baholanadi: 86 – 100 ball – 5 “a’lo” 76-85 ball – 4 “yaxshi” 55-75 ball – 3 “qoniqarli” Pedagogika fani – 25 ball 1.4-javal
Psixologiya fani – 10 ball
Gigiyena fani – 5 ball
Ixtisoslik bo‘yicha metodist tomonidan qo‘yiladigan ballar quyidagicha
II BOB. PEDAGOGIK AMALIYOT DAVRIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH. 2.1 Dars va unga qo‘yiladigan talablar Dars tiplari. O‘qituvchi (amaliyotchi talaba)ning darsga tayyorgarlik ko‘rishining asosiy bosqichlari. Dars o‘quv muassasi o‘quv ishining asosiy-tashkiliy shakli bo‘lib, unda o‘qituvchi aniq belgilangan vaqt doirasida o‘quvchilarning doimiy tarkibi (sinf) bilan qatiy jadval bo‘yicha shug‘ullanadi, jamoa bilish faoliyatiga rahbarlik qilib, o‘quv dasturiga muvofiq o‘zi belgilaydigan tarbiyaviy va didaktik vazifalarga erishish uchun xilma-xil uslublardan foydalanadi. O‘qituvchi darsda ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadga erishish uchun uni to‘g‘ri rejalashtirishi va tashkil etishi lozim. Darsni tayyorlash va tashkil etishda didaktik, psixologik, axloqiy-etik, gigiyenik va texnik talablar qo‘yiladi. darsga qo‘yiladigan didaktik talablar: dars ta’limiy va tarbiya-viy vazifalarning birligini ta’minlashi; dars ilmiy va uslubiy jihatdan yaxshi rejalashtirilgan, tayyorlangan, jihozlangan va tashkil etilgan bo‘lishi kerak to‘g‘ri tashkil etilgan dars tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, ilmiy yo‘nalish uchun qulay hisoblanadi, o‘quv materiallarini puxta va ongli tarzda o‘zlashtirishga, malaka va ko‘nikmalar shakllanishiga imkon beradi; darsga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tish chog‘ida o‘qitish va tarbiyalashga nisbatan zamonaviy psixologik-pedagogik va uslubiy yondashishni nazarda tutish; dars o‘tilishi shakliga ko‘ra qat’iy bir tizim bo‘yicha olib boriladi: muayyan bog‘lanishdan, darsning maqsadlari va vazifalarini belgilashdan, materialni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlashdan, uy vazifasini berishdan iborat bo‘ladi, darsning qismlari o‘zaro bog‘liq bo‘lishi va har biri keyingisini tayyorlash uchun asos bo‘lishi kerak; darsda didaktik tamoyillarni to‘g‘ri belgilash va o‘qitish usullaridan unumli foydalanish zarur; ko‘rgazmali qurol va texnik vositalardan unumli foydalanishni tashkil etish; o‘qituvchilar o‘qish-bilish faoliyatining samaradorligini o‘qituvchining rahbarlik (yetakchilik) roli bilan qo‘shib olib borish; Download 356.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling