Dars tiplarining tuzilishi.Dars tuzilishi deganda uning o‘quv vazifasini bajarishga yordam beradigan qismlari, bosqichlari nisbati va ularni amalga oshirish izchilligi tushuniladi.
O‘quv vazifasi va ishning mazmuniga qarab darsning qismlari o‘rtasidagi nisbat o‘zgarib turadi. Ularning ayrimlari darsda asosiy o‘rinni egallaydi, ayrimlari yordamchi ahamiyatga va bo‘ladi yoki umuman ishtirok etmaydi. Darsning har xil tiplari tuzilishiga oid xususiyatlar paydo bo‘ladi. Shu xususiyatlar to‘g‘risida talabalarda aniq tasavvur paydo qilish uchun bir necha dars tiplari tuzilishining sxemasini beramiz.
Ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan dars turlari
2.1-jadval
O‘qituvchi (amaliyotchi-talaba)ning darsga tayyorgarlik ko‘rishining asosiy bosqichlari:
mavzu bo‘yicha dars tizimini ishlab chiqish;
darsning umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarini belgilash;
darsning yetakchi g‘oyasini ajratish. Ular mazmunini ochish uchun aniq materiallar yig‘ish;
o‘quv materialining mazmuni, fanlar aloqasini aniqlash va bog‘liqlik aloqasini o‘rgatish. O‘quvchilarning boshqa fanlardan olgan bilimlaridan rejalashtirilgan darsda qay darajada foydalanish mumkinligini aniqlash;
ko‘rgazmali qurollar va texnik vositalarni tanlash: kino, diafilm, diapozitiv va hokazo.
o‘qitishniig usullarini, vositalarini, uslubiy yo‘nalishini aniqlash (ma’lum dars uchun);
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyati, imkoniyatlari samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash;
dars tuzilishini ishlab chiqish, vaqtga muvofiq darsni mantiqiy qismlarga ajratish;
darsning ayrim bosqichlari uchun tarqatma-didaktik materiallarni tayyorlash;
o‘quvchilar bilimini hisobga olish va uni nazorat qilish uslubini ishlab chiqish, o‘quvchilardan qay biri ma’lum dars nazorati ostida bo‘lishi lozimligini belgilash;
mavzu bo‘yicha sinfdan tashqari ishlar hajmini aniqlash;
uyga berilgan vazifa ustida ishlash, uning mazmuni, hajmini aniqlash, uy ishlarini o‘quvchilarning bevosita kuzatishlari va taassurotlari bilan bog‘lashga intilish;
uy vazifasini qanday bajarish haqida tavsiyalar tayyorlash[13].
Do'stlaringiz bilan baham: |