Talabalar malakaviy amaliyotini tashkil qilish, nazorat etish va baholash metodikasi
Download 356.48 Kb.
|
pedagogik amaliyot darslarini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov darsning muhokamasi va tahlili .
Sinov darsni o‘tkazish.
Dars, barcha darslar kabi doimiy ishchi sharoitda o‘tkaziladi. Darsga tashrif buyuruvchilar o‘qituvchi va o‘quvchilarga xalaqit qilmaslik uchun o‘z o‘rnilarini avvalroq egallaydilar. Darsga tashrif buyurgan shaxslar dars vaqtida va o‘quvchilar oldida hech narsaga aralashmaydilar va darsga halal bermasdan o‘qituvchi hamda o‘quvchilarning harakatlarini o‘rganib o‘tiradilar. Darsga tashrif buyurganlar dars beruvchining oldiga qo‘ygan maqsadiga qanday erishishini diqqat bilan kuzatadilar va o‘z fikrlarini tashrif varaqalarida qayd qilib boradilar. Dars o‘tkazilgan kuni darsni tahlil qiluvchilar o‘z fikrlarini o‘zaro muhokama qilib, qaror bayonnomasini tayyorlaydilar. Sinov darsning muhokamasi va tahlili. Darsning tahlili unda qatnashgan o‘quvchilar ishtirokida darsning samaradorlik darajasi aniqlangandan so‘ng o‘tkaziladi. Muhokamaning maqsadi: darsning to‘g‘ri o‘tkazilganligini baholash, tanlangan uslub va vositalarning muvofiqligini aniqlash, dars beruvchiga u tanlagan ayrim uslub va vositalardan foydalanishning samaradorligigi ko‘rsatish. Muhokama quyidagi tarkibda o‘tkazilishi tavsiya qilinadi: dars olib borgan o‘qituvchi; dars tahlilida ishtirok etgan metodistlar; ta’lim muassasasining o‘quv va uslubiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari,fan o‘qituvchisi Muhokama ishtirokchilari to‘liq fikrga ega bo‘lishi uchun dars dars olib borgan o‘qituvchiga birinchi so‘z beriladi. U darsning maqsadi va unga erishish uchun qo‘llangan uslub va foydalanilgan vositalar haqida aniq ma’lumot beradi. Muhokamada so‘zga chiquvchilar darsning barcha yutuq va kamchiliklarini to‘liq ochib berishlari lozim. Muhokamada darsda erishilgan yutuq, qo‘llanilgan uslublarning samaradorligiga, jihoz va texnikaviy vositalardan foydalanish darajasiga alohida e’tibor qaratilishi zarur. Dars olib borgan o‘qituvchi (amaliyotchi) kelgusidagi ishida yordam berish uchun barcha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ortiqcha harakatlar aniq ko‘rsatilishi kerak. Muhokama so‘ngida metodist muhokama qilingan dars haqida yakuniy fikr va taklif berishi kerak. Muhokamada so‘zga chiqqanlar, tahlil qilingan darsning tarbiyaviy tomonini, o‘quvchilarda mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga ta’sirini, ular orqali kelgusida mutaxassisga kerak bo‘lgan sifatlarni shakllantirishdagi o‘rni haqida fikr bildirishlari kerak. Muhokama oqilona va do‘stona vaziyatda, fikr almashish, bahslashish sharoitida o‘tishi lozim[14]. Download 356.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling