Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Halaqitga qarshi kodlarni ochish
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yengil” yechimli qaror.
Halaqitga qarshi kodlarni ochish. Tahrirli kodlarni qo‗llash jarayonida ikkilamchi signallarning kanal bo‗ylab shovqinli uzatilishini ko‗rib chiqamiz.
Halaqitga qarshi kodlarni ochishning ikkita usuli mavjud bo‗lib, ular amaldagi sonlarni ketma-ketlikda demodulyatsiya qilinishidan keyin olinishga asoslanadi: ―Qattiq‖ qaror orqali kodni ochish (hard decision decoding). Bu holatda amaldagi songa 0 yoki 1 taqqoslanadi, ya‘ni kanaldan qabul qilingan birliklarga nisbatan ―Qattiq‖ qarorlarni qo‗llash jarayonida qabul qilinayotgan belgilarning inversiyasi ko‗rinishidagi xato paydo bo‗ladi. Bunday holatda maksimal ishonchlilik tamoyili asosida kodni ochish uchun Xemming masofasidan foydalaniladi. ―Yengil‖ yechimli qaror orqali kodni ochish (soft- decision decoding). Kanaldan qabul qilingan birliklar darajalarning berilgan sonida kvantlanadi va darajalar bir nechta intervalda sonlar bilan kodlanadi, masalan, sakkizinchi darajali kvantlanishda -4, -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3, 4 birliklari vositasida kodlanadi. Bunday holatda maksimal ishonchlilik tamoyili asosida kodni ochish uchun odatiy Yevklid masofasidan foydalaniladi. “Yengil” yechimli qaror. Umuman olganda, u yoki bu qarorni tanlashdan oldin aloqa kanalidagi shovqin statistikasini bilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, shuni yodda tutish kerakki, ―Qattiq‖ qaror orqali kodni ochish berilgan kodni ma‘qul darajada tahrirlashni kafolatlovchi boy nazariy bazaga ega. ―Yengil‖ yechimli qaror uchun esa bunday nazariy baza deyarli mavjud emas. Boshqa tomondan olganda, ―Yengil‖ yechimli qarorda kod ochgich tomonidan aniqlangan xatolar miqdori (darajalar sonining ko‗pligi hisobiga) ―Qattiq‖ qarordagiga nisbatan kamroq bo‗lishini kutish mumkin va mos ravishda aynan bitta kod ko‗p miqdordagi xatolarni to‗g‗irlashi mumkin. ―Yengil‖ yechimli qaror orqali kod ochish qo‗llanilishining maqsadga muvofiqligi ma‘lumotlarni tiklash yoki signal qabul qilishdagi shovqin komponenti o‗z tabiatiga ko‗ra diskret emas, balki uzluksiz bo‗lganligi bilan ham asoslanadi. Bu esa qabul qilingan belgilar GF(2m) yakuniy maydonning ikkilamchi belgilari bilan emas, balki, (kuchlanishga mos keluvchi) amaldagi sonlar bilan birmuncha tabiiyroq kvantlanishini bildiradi. ―Yengil‖ yechimli qaror uchun Viterbi algoritmi ―Qattiq‖ yechimli qaror uchun bo‗lgan algoritmdan farq qilmaydi, faqatgina masofalar Xemming bo‗yicha emas, balki Yevklid masofasi bo‗yicha hisoblanishi bundan istisno. Viterbi dekodlashtirish holatlari kabi mantiqiy elementlar 0 va 1 elektrik kuchlanish (-1) va (+1) ni taqdim qiladi. Axborot ketma-ketligi uchun tekshiruvchi simvollar quyidagi tarzda tuziladi: a=(x1,x2,x3,x4). Matritsa shaklidagi xk ketma-ketlikni taqdim qilamiz: L1 L2 x1 x2 x12 L L L x x x 3 4 3 4 24 x13 x 24 Bunda gorizontal va vertikal tekshiriladigan belgilar quyidagi tarzda tuziladi: x12 x1 x2 x13 x1 x3 Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling