Ta‟lim vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi
Download 1.79 Mb.
|
AXBOROT VA KODLASH NAZARIYALARI-converted
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tranking aloqada kodlash usullari.
ATM yacheykasi. ATM yacheykasida sarlavha 5 oktetni tashkil qiladi. Xatolar nazorati maydoniga 8 bit ajratilgan. Bu 89% ko‗p bitli xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun yetarli hisoblanadi. ATM yacheykalarining har bir o‗tkazuvchisi sarlavhaning birinchi to‗rtta okteti uchun sarlavhadagi xatolar nazorati maydoni belgilarini hisoblaydi va natijani beshinchi oktet (sarlavhadagi xatolar nazorati maydoni)ga o‗tkazadi. Maydon belgisi (mod 2 bo‗yicha) x8 ko‗paytuvchisining yacheyka sarlavhasi tarkibi (sarlavha nazorati maydonisiz) x8+x2+x+1 ga taqsimoti qoldig‗i sifatida aniqlanadi. O‗tkazuvchi qurilmasi bu qoldiqni hisoblaydi va unga mod 2 bo‗yicha 01010101 belgilangan kombinatsiyani qo‗shadi. Xuddi shu yig‗indi sarlavha xatolar nazorati maydoniga yoziladi. Yuqorida ko‗rsatilgan barcha jarayonlar adaptiv mexanizm yordamida ATM yacheykalar qurilmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ishga tushirilgandan so‗ng qabul qilgich to‗g‗irlash rejimida turadi. Agar bir bitli xato aniqlansa, u holda yacheyka o‗chiriladi. Ikkala holatda ham qabul qilgich detektirlash rejimiga o‗tadi. Qabul qilgichning bunday holatida sarlavhadagi yakka yoki ko‗p xatolar aniqlangan har bir yacheyka o‗chiriladi. Agar sarlavhada xatolar topilmasa, u holda mexanizm to‗g‗irlash holatiga o‗tadi. Tranking aloqada kodlash usullari. APCO 25 standarti raqamli tranking aloqada kodlashning asosiy usullari quyidagilar hisoblanadi: blokli kodlash; panjarali kodlash; ketma-ketlik. Axborotni blokli kodlashda tahrirlovchi kodlarning quyidagi turlari qo‗llaniladi: Xemming kodlari; Rid-Solomon kodlari; Goley kodlari; Aniqlikni nazorat qiluvchi davriy kodlar (CRC-kodlar). Xemming kodlari nutqli xabarlarni kodlashda qo‗llaniladi (nutqli kadrlar, shifrlashning sinxron so‗zlari, aloqa kanalini boshqaruv nutqlari). Rid-Solomon va Goley kodlari esa xabar muqaddimasi uchun qo‗llaniladi. CRC kodlar esa asosan ma‘lumotlarni kodlash uchun qo‗llaniladi va polinom ko‗rinishida tasvirlangan chiquvchi axborot blokini kelib chiqadigan polinomga taqsimlash, mod 2 bo‗yicha aniq bir inversli polinomga ko‗paytirish natijasini ayirish yo‗li bilan shakllanadi. Masalan, axborot nutqlarini kodlash uchun Rid-Solomon kodlarining (36, 20, 17), (24, 16, 9) va (24, 12, 13) parametrli 3 turi qo‗llaniladi. Ularning barchasi qisqartirilgan hisoblanadi va 63 yo‗l uzunlikdagi koddan ko‗proq axborotli belgilarni ayirishdan hosil bo‗ladi. ARSO 25 dagi blokli kodlash tizimli hisoblanadi, ya‘ni, kodli so‗zning birinchi k belgisi axborot belgisining takrorlanishini aks ettiradi, oxirgi (n - k) belgilar tekshiruvchi hisoblanadi. ARSO 25 standartida Goley kodlarining 3 turi qo‗llaniladi: Goleyning (23, 12, 7) parametrli strandart kodlari; (24, 12, 8) kengaytirilgan; (18, 6, 8) qisqartirilgan. Goleyning standart kodi o‗sib boruvchi polinom bilan generatsiyalanadi: G(x)=x11+x10+x6+x5+x4+x3+x2+1, bunda, sakkizlik ko‗rinishidagi qaydda 6165 soni bilan aks ettirish mumkin. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling